5) Arab tilida yozilgan manbalar haqida ma’lumot bering.
Arab tilida yozilgan manbalar. Madoiniy. Abulhasan Ali ibn Muhammad alMadoi-niy (840 yili vafot etgan) yirik arab tarixchisi. Ara-biston, Xuroson, O’rta Osiyo va O’zbekistonning VII— VIII asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga oid 200 dan ortiqasar yozib qoldirgan olim. «Axbor ul-xulafo» («Xalifalar haqida xabarlar»), «Kitob al-mag’oziy» («Urushlar haqida kitob»), «Kitob futuh ash-Shom» («Shomning bosib olinishi haqida kitob»), «Tarix al-buldon» («Mamlakatlar tarixi»), «Axbor ash-shuaro («Sho-irlar haqida kitob»), «Nasr ibn Sayyor haqida kitob» ana shu asarlar jumlasidandir. Bulardan «Kitob al-ma-g’oziy» va Xuroson hokimlari Asad ibn Abdulloh (725-727, 735-738-yy.) hamda Nasr ibn Sayyor (738-748-yy.) ga bag’ishlangan kitoblari Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyo va O’zbekistonning arablar istilosi va VIII asrning birinchi yarmidagi siyosiy tarixi bo’yicha muxim manbalar-dan hisoblanadi. Afsuski, al-Madoiniyning mazkur asarlari bizgacha yetib kelmagan, lekin ayrim parchalari Balazuriy va Ta-bariy (q.) asarlarida saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |