1. Muhimi g'alaba emas, muhimi ishtirok. Diqqat savolda bir so'zda bir necha harf tushib qolgan


Download 24.03 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi24.03 Kb.
#1421673
Bog'liq
Savollar paketi. 20- aprel


1. Muhimi g'alaba emas, muhimi ishtirok.
Diqqat savolda bir so'zda bir necha harf tushib qolgan.

IGRA yunonchadan tarjima qilinganda ustki yozuv degan ma'noni anglatadi, Qadimgi Yunonistonda vafot etgan insonning umr yo'lini qisqa qilib qabrtoshga yozilishini IGRA deyiladi. Abdulla Qahhor o'zining IGRAlari bilan ham ancha mashxur. Biz ham yuqorida IGRAdan foydalandik. Diqqat savol tushirib qoldirilgan so'zni topgan bo'lsanggiz uni asl holida yozib bering.


J: Epigraf


Adabiyot janrida butun hikoyanining mohiyatini ochib beruvchi teran ma'noli gaplarni epigraf deyiladi va u hikoya yoki asar boshida keladi. Abdulla Qahhor ham o'zining epigraflari bilan mashxur. Biz ham yuqorida epigrafdan foydalandik.
2. Diqqat tarqatma material, yozib oling:525

Bu norasmiy tilning lug'atida jami 2800 ta so'z mavjud bo'lib, ulardan 7 tasi bir asosli, 49 tasi ikki asosli, 343 ta uch asosli va 2401 ta to'rt asosli so'zlardir. Bu tilda sinonim va omonim so'zlar mavjud emas. Diqqat tarqatma materialdan foydalangan holda siz menga shu tilning nomini 1 so'zda ayting.

J: Solresol

Izoh: Solresol bu o'ziga xos til bo'lib, bunda harflar o'rniga notalardan foydalaniladi. Savol matnidagi 7 ta 1 asosli so'z jumlasi sizni javobga yaqinlashtirishi kerak edi. Qolaversa tarqatma materialdagi 5 soni bu 5- nota Solni 2 soni esa 2- nota Re ni ifodalar edi.


3. Jamoalar tinchlikni saqlang, o'zinggizni qimmatli vaqtingizni yo'qotyapsiz.

Bu so'zning kelib chiqishi nemischa "Taler" so'zi bilan bog'liq bo'lib, fonetik o'zgarishlar asosida biz bilgan ko'rinishga kelgan. Uni biz bilgan ko'rinishidan tashqari Avstraliya, Bermud kabi turlari mavjud. Diqqat savol siz menga uni yoki uning belgisini yozib bering.

J: Dollar
Fikrimcha izohga hojat yoq
4.Bu savolga erta javob berishga shoshilmang, zero sizning javobingiz apelyatsiyada sizga qarshi ishlashi mumkin.

1966- yilda Arizona shtatida UNGA odam o'g'rilash jinoyatini sodir etganlikda ayblaydi va uni hibsga oladi. Yangilanayotgan konstitutsiyamizga ham ushbu insonga aloqador band qo'shilishi kutilmoqda Diqqat kutilmagan savol uning kimligini ayting?

J: Miranda
Izoh: Kinolardagi sukut saqlashga haqqingiz bor, sizning har bir gapingiz sudda sizga qarshi ishlatilishi mumkin degan qoida Miranda qoidasi deb ataladi. Savolning kirish qismidagi podskazkani o'ylaymanki to'g'ri qabul qildinggiz.
5. Tog'risini aytaman ushbu savolga mening aloqam yo'q. Savollar muallifi boshqa kishi
Bloger Nurbek Alimov 2019- yili o'z hayotini eslar ekan, qo'shni uyda tandirga o'tin sifatida UNI yoqishayotgani haqida gapiradi. "To'g'risi juda hayratda edim yonib turgan UNI qo'limga olib qaradim. Taqdir hazilini qarangki UNING nomi X edi" deydi bloger. Diqqat savol X nima ekanligini aniq ayting.

J: Farengeyt boyicha 451 daraja asari.


Savol matnidagi UNI yoqish so'zi sizlarga kichkinagina yordam edi)
6.Statistikaga ko'ra so'nggi 3 yilda 3500 ta kompaniya BU ISHNI QILMASLIK uchun qasddan bankrot bo'lgan ekan. 2015- yilda Leo Messi " El Mundo" nashrini MESSI BU ISHNI QILMADI degan xabari uchun sudga beradi. Diqqat savol BU ISH nima ekanligini aniq ayting.

J: Soliq to'lash


7. Bu savolni sizga Tolstoy. beradi.
Bu insonning biz bilgan maqomidan tashqari polkovniklik unvoni ham bor ekan. Balki bunga sabab qilib Moskvadagi harbiy xizmatini ko'rsatish mumkindir. Qolaversa u hamkasblari ichida bu individual titulni yutgan yagona inson. Bu titulni qo'lga kiritganlar ro'yxati ichida Luis Suaresni ham ko'rish mumkin. Diqqat savol siz menga ushbu insonning ism familiyasi aniq ayting.

J: Lev Yashin


Izoh: Lev Yashinga podpolkovnik unvoni berilgan. Qolaversa u darvozabonlar ichida oltin topni qolga kiritgan yagona inson hisoblanadi. Darvoqea Luis Suares deganda biz bilgan Urugvaylik emas, balki 1960- yilda Oltin topni qolga kiritgan ispaniyalikni nazarda tutgan edik.
8. Buyuk avstraliyalik tennischi Roy Emerson kortlarda muvaffaqiyat qozonishini bolaligida u doimo bir ish bilan shug'ullangani, natijada qo'llarini yaxshi rivojlantirishi va kuchaytirishi bilan izohladi. Ushbu ishning afzalliklariga qaramay, Kavkazda bu ishni qilish haqiqiy erkakka loyiq emas, deb hisoblashadi.
Diqqat savol: Roy bolaligidan nima ish bilan shug'ullanganini bir xil harf bilan boshlanuvchi 2 so'zda ayting.

J: Sigir sog'ish.


Qabul: Sut sog'ish
9- savolga o'tishimizdan oldin sizlarga bir narsani eslatib o'tmoqchi edim. 2- savolning javobi Solresol bo'lganidan keyin to 9- savolgacha javoblarning boshidagi harflar 7 ta nota bilan boshlanar edi. Faqatgina Lev Yashin haqidagi savolda 2 ta so'zning bosh harflari nota vazifasini bajargan. O'ylaymanki bundan oldingi Garri Poter asarlari to'plami konsepsiyasi asosida tuzilgan savollar paketidan keyin bu konsepsiyani juda oson topdinggiz.
9. Yadro tarkibi proton neytrondan, ularning ichida esa kvarklar joylashgan va ular o'zaro gluyon yordamida bog'langan, gluyon xuddi prujina kabi ishlaydi. Uning vazifasi kvarklarni ushlab turish, agar kuch ishlatib kvarklar prujinadan uzib olinsa, uning o'rnida darhol boshqa kvark hosil bo'ladi. D/s shu mexanizmga asoslangan maqolada qaysi hayvon eslab o'tiladi?

J: Gidra
Izoh: Gidrada ham regeneratsiya yaxshi rivojlangan, xatto 200 ta bo'lakka bo'lib tashlaganda ham har biridan yangi gidralar hosil bo'ladi.


10. ViVo smartfon ishlab chiqaruvchi brend o'z istemolchilariga ajoyib aksiya uyushtirdi. Unga ko'ra 2022- yilning 1- avgustidan to 30- sentabrigacha bo'lgam davr mobaynida ViVo telefonlarini sotib olgan istemolchilar Qatar-2022 o'yinlariga chiptani yutib olishlari mumkin edi. Eng asosiy sovrin esa Qatar-2022 final o'yini uchun chipta edi. Bu haqidagi xabarni ViVo brendi o'z saytida elon qilar ekan matn sarlavhasini FK deb nomladi. Biz ham ushbu savoldan keyin sizlarga FK deymiz. Diqqat savol FK o'rnidagi 2 so'zni toping.

J: Finalda ko'rishguncha


Izoh: FK bu ushbu sozlarning bosh harflari edi. Biz ham sizga Finalda ko'rishguncha deymiz.
Shunday qilib Temurmalik Boqijanovning Rektor Kubogi navbatdagi turi uchun tayyorlagan paket o'z nihoyasiga yetdi. Savollar haqidagi fikrlaringgizni ijtimoiy tarmoqlarda bemalol bildirishinggiz mumkin. Zero fikringizni so'rash bahona edi fikrlar ichidan senikini izladim))))
Download 24.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling