1. Muloqot turlari va vazifalari Muloqotning kommunikativ, interaktiv va perseptiv tomonlari. Muloqotning interaktiv tomoni
Download 180.96 Kb. Pdf ko'rish
|
Yo\'dasheva Dilafro\'z 7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazmuniga
Muloqotning perseptiv tomoni
Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o`zaro ta’sir ko`rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to`g`riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog`liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarniig bir-birlarini to`g`ri tushunishlari na aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo`lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A. Bodalev boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik qonuniyatlarni kuzatgan. Bunday mexanizmlarga: 1. identifikatsiya; 2. refleksiya; 3. stereotipizatsiya kiradi. Identifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-birlarini to`g`riroq idrok qilish uchun o`zlarini bir-birlarining o`rniga qo`yib ko`rishga harakat qiladilar. Ya’ni, o`zidagi bilimlar, tasavvurlar, hislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o`zini birov bilan solishtirish (ongli yoki ongsiz) identifikatsiyadir. Masalan, birinchi marta uchrashuvga ketayotgan yigitning ichki holatini uning o`rtog`i yoki akasi tushunishi mumkin. Refleksiya muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan, xolatidan turib, o`zini tasavvur qilishdir, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo`lib o`ziga birovning ko`zi bilan qarashga intilishdir. Chunki, busiz odam muloqot jarayonida o`zini aniq bilmasligi, noto`g`ri muloqot formalarini tanlashi mumkin. Stereotipizatsiya odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o`rnashib qolgan ko`nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy stereotiplar har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. A.A. Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to`g`ri yo`nalganligini ta’minlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo`lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga “kauza" — sabab, “atrebutsio" — bermoq, qo`shib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, o`qituvchi bilan hamsuhbat bo`lib qolgan odamda suhbat boshidayoq “hozir odob- ahloqdan dars berishni boshlamasmikan" degan shubha paydo bo`lishi mumkin. Bu ham stereotipga misol bo`la oladi. Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar real muloqot amaliyotida amalga oshiriladi. Mazmun-maqsadlari va vositalariga ko‘ra muloqotni bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Mazmuniga ko‘ra, u moddiy (faoliyat jismlari va mahsulotlari almashinuvi), kognitiv (bilimlar almashinuvi), konditsiv (ruhiy va jismoniy holatlar almashinuvi), motivatsion (xohishlar, maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar almashinuvi), faoliyatli (harakatlar, muolajalar, malakalar, ko‘nikmalar almashinuvi) bo‘lishi mumkin. Moddiy muloqotda sub’ektlar, shaxsiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan holda, uning mahsulotlari bilan almashadilar, ular o‘z navbatida dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Konditsiyali muloqotda odamlar o‘zlarini ma’lum jismoniy yoki ruhiy holatga keltirishga mo‘ljallangan bir-birlariga nisbatan o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar. Masalan, kayfiyatni ko‘tarish yoki, aksincha, uni tushirib yuborish; bir-birini qo‘zg‘atib yuborish yoki tinchlantirish, va, oqibatda, bir-birining kayfiyatiga ma’lum ta’sir o‘tkazish. Motivatsiyali muloqotning mazmuni bir-biriga ma’lum istak, mayllarni etkazish yoki ma’lum yo‘nalishda harakatlanishga shay bo‘lishlikdan iborat. Bunday muloqot sifatida insondagi biror maqsadga, boshqa odamda biror-bir intilishning paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi, kimdadir harakatga bo‘lgan ma’lum maylning yuzaga kelishi, qandaydir ehtiyojning dolzablashtirilishi uchun etishish istagining kuchliligi kabi vaziyatlarni keltirish mumkin. Kognitiv va faoliyatli muloqotning ifodasi bilish yoki o‘quv faoliyatining turlari bilan bog‘liq muloqot bo‘la oladi. Bunda sub’ektdan sub’ektga dunyoqarashni kengaytiruvchi, layoqatlarni rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi axborot etkaziladi. Download 180.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling