1. Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari Muloqotning inson filogenetik va ontogenetik rivojlanishidagi ahamiyati


Muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida tushuncha


Download 34.19 Kb.
bet4/7
Sana21.01.2023
Hajmi34.19 Kb.
#1105498
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11- Muloqat (1)

5. Muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida tushuncha
Muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog’liq bo’lib, shaxslararo munosabat barkamol avlod, komil inson g’oyalari qaror topishiga xizmat qiladi. Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi fazilatlar, sifatlar namoyon bo’lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot tashqi ijobiy ta’sirlar, namunalar asosida o’zini-o’zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ro’yobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi. Odamlar o’rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida g’ayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish - o’zini-o’zi mukammallashtirish, ro’yobga chiqarish, boshqarish, baholash, o’ziga - o’zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir. Shuning uchun ichki va tashqi taqlidni tushunish hamda bosqichma-bosqich egallab borish - bo’lg’usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir. Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - o’zini-o’zi ortiqcha yoki past baholash tufayli o’ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto’g’ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo’lib, asosan, quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samara beradi: 1) hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari o’rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish; 2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay mavqeini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; 3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to’g’risidagi axborotni egallashiga oid maxsus mashg’ulotlarni uyushtirish. 4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo’ljallangan ishbilarmonlik o’yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish. L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, A.R.Luriya, D.B.Elkonin tadqiqotlariga ko’ra, bolaning dastlabki ijtim oiy ehtiyojlaridan biri bu - muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V.Zaporojes va M.l.Lisina izlanishlarida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlarda rivojlanib boradi: 1) e’tibor va xayrixohlikka ehtiyoj paydo bo’ladi; 2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug’iladi; 3) avvalgi barcha ehtiyojlarning kattalar tomonidan hurmat qilinishiga ehtiyoj tug’iladi; 4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o’zaro bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi. Inson o’zini idora qilish, turli vaziyatlarda o’zini tutish fazilatlari o’zlashtirilayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamkorlik jarayonida ma’lum yutuqlarga erishadi:
1. Ijtimoiy hodisalarning tashqi voqe bo’lishi ichki ruhiy holat va uning mazmunini aks ettirib ikki tomonlama aloqa tufayli mazkur jarayon yuzaga keladi.
2. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi obyektlarga yo’naltirilganligi va to’planganligi turli omillar ta’siri tufayli samaradorlik darajasini pasaytiradi, asabiy holat ishchanlikni kamaytirib, muloqot maromiga putur yetkazadi.
3. Inson o’zini erkin, ozod, bemalol his etish xislatini o’zlashtirishi uchun jismoniy keskinlik, asabiy taranglik, aqliy zo’riqish orqali ko’zlangan maqsadiga yetishi mumkin.

Download 34.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling