1. Multikollinearlik, yuzaga kelish sabablari, bartaraf etish yo‘llari


Download 34.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.11.2023
Hajmi34.68 Kb.
#1794014
  1   2
Bog'liq
Ekonometrika



26-variant 
 
1. Multikollinearlik, yuzaga kelish sabablari, bartaraf etish yo‘llari. 
2. Mamlakat tumanlari bo’yicha 2022 yil may oyi uchun quyidagi ma’lumatlar 
berilgan: 
Janubiy tumanlar 
Tovar aylanmasi,
mlrd. so‘m x
Muomla xarajatlari 
mlrd. so‘m y 

364 
520 

336 
539 

409 
540 

452 
682 

367 
537 

328 
589 

460 
626 

380 
521 

439 
626 
10 
344 
521 
1. Chiziqli juft regressiya tenglamalarining parametrlarini hisoblang. 
2. Korrelyatsiya va determinatsiya ko’rsatkichlari orqali bog’lanish zichligini 
baholang. 
3. Approksimatsiyaning o’rtacha xatoligi yordamida tenglama sifatini baholang. 
Javob 
Multikollinearlik va uni bartaraf etish usullari 
Agar modelga ikki yoki undan ko’p zich chiziqli korrelyasion o’zaro 
bog’langan omil kiritilsa, u holda regressiya tenglamasi bilan bir qatorda boshqa 
chiziqli bog’liqlik ham paydo bo’ladi. Multikollinearlik deb nomlanuvchi bunday 
hodisa regressiya koeffisiyentlarining miqdorini buzib ko’rsatadi va ularning 
iqtisodiy talqinini kiyinlashtiradi. 
Multikollinearlik - bu modelga kiritilgan omillar o’rtasidagi jips bog’liqlik. 
Multikollinearlik ta’siri ostida yuzaga keldigan o’zgarishlar: 
- modeldagi oshish tendensiyasiga ega bo’lgan parametrlar miqdorini buzib 
ko’rsatadi; 
- regressiya koeffisiyentlari iqtisodiy talqini ma’noning o’zgarishiga olib 
keladi; 
- normal tenglamalar tizimining zaif shartlanganligini keltirib chiqaradi; 
- eng muhim omilli belgilarni aniqlash jarayonini murakkablashtiradi. 
Multikollinearlik muammosini hal etishda bir necha bosqichlarni ajratish 
mumkin. Multikollinearlik muammosini hal etish bosqichlari kuyidagilardan 
iborat: 
1. Multikollinearlikning mavjudligini aniqlash, 
2. Multikollinearlik paydo bulishining sabablarini aniqlash. 
3. Multikollinearlikni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish. 


Omillar o’rtasida multikollinearlikning paydo bo’lishining asosiy sabablari 
sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin. 
1.O’rganilayotgan omillar hodisa yoki jarayonning bir tomonini tavsiflaydi 
(masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va asosiy fondlar o’rtacha yillik 
qiymati ko’rsatkichlarini modelga bir vaqtning o’zida kiritish tavsiya etilmaydi
chunki ularning ikkalasi ham korxonaning o’lchamini tavsiflaydi). 
2. Umumiy qiymati doimiy kattalikni o’zida namoyon etuvchi omillar 
sifatida foydalanish (masalan, asosiy fondlarning yaroqlilik koeffisiyenta va 
eskirish koeffisiyenti). 
3.Bir-birining elementlari hisoblangan omillar (masalan, mahsulotni ishlab 
chiqarish xarajatlari va mahsulot birligining tannarxi). 
4. Bir-birini takrorlovchi iqtisodiy ma’no buyicha omillar (masalan, foyda 
va mahsulotning rentabelligi). 
Multikollinearlikning bor-yo’qligini aniqlash uchun dastlab juft korrelyasiya 
koeffisiyentlarining matrisasini tahlil silish. Agar 
8
,
0

j
i
x
x
r
bolsa, x
i
va x
j
omillar 
kollinear deb e’tirof etilishi mumkin. 
Keyin esa X'X matrisani tadqiq etish lozim. Agar X'X matrisa aniqlovchisi 
nolga yakin bo’lsa, u xolda bu multikollinearlikning mavjudligidan dalolat beradi. 
Multikollinearlikni korrelyasion modeldan bir yoki bir necha chiziqli bog’langan 
omillarni chikarib tashlash yoki boshlang’ich omillarni yangi, yiriklashtirilgan 
omillarga aylantirish yo’li bilan bartaraf etish mumkin. Omillardan kaysisini 
chikarib tashlash masalasi o’rganilayotgan hodisani sifat va mantiqiy jixatdan tahlil 
qilish asosida hal etiladi. 
Multikollinearlikni bartaraf etish yoki kamaytirish uchun bir necha 
usullardan foydalanish mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: 
- korrelyasiya chiziqli koeffisiyentlarining kiymatlarini taqqoslash; 
- omillarni kiritish usuli (qadamli regressiya usuli); 
- omillarni chiqarib tashlash usuli. 
Multikollinearlikni bartaraf etish yoki kamaytirish usullarining moxiyatini 
kuyidagicha tavsiflash mumkin: 
1.Korrelyasiya 
chiziqli 
koeffisiyentlarining 
qiymatlarini 
taqqoslash 
usulining mohiyati. Omillarni tanlab olishda natijaviy omil bilan boshqa omillarga 
qaraganda jipsroq bog’langan omil afzal ko’riladi. Bunda ushbu omillarningu bilan 
bog’liqligi uning boshka omil bilan bog’liqligiga qaraganda yuqori bo’lishi kerak, 
ya’ni 

Download 34.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling