1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot
Download 0.62 Mb.
|
1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot. Ergashish yo’li bilan t
2. Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nishtar bilan tilsinlar, men sizdan ajralmayman. (Hamza)
Murakkab qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro qanday vositalar yordamida bog`lanayotganini aniqlang. Murakkab qo‘shma gap tarkibida nechta sodda gap borligini va ularning o‘zaro qanday bog'langanini aniqlang. 1. Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo‘lsin, turmushimiz fajovon bo‘lsin, mustaqilligimiz barqaror bo‘lsin. (O. Sharafuddinov) 2. JSdamlarimizning huquqiy ongi yuksak bo‘lsa, har kirn o‘z haqini taBrsa~va o‘zini-o‘zi himoya qilishni bilsa^ demokratik jamiyatga erishgan bo‘lamiz. 3. Kimning bilagida kuchi Ixrlsa, kim ishning havosini olsa, kim qilayotgan ishidan bir nima chiqishiga ishonsa, o‘sha zarbdor bo‘ladi. {Abdulla Qahhor) 4. Tol ekdik suv bo‘yiga, Soya-salqin bo‘lsin deb, G`ayrat qilgan botirlar yotib damin olsin deb. (Qo‘shiq) Murakkab qo‘shma gap tarkibida nechta ergash gap mavjudligi va ularning qanday ergash gap ekanligini aniqlang. 1. Shunday bo‘lmog`iga barcha asoslar bor edi, chunki ular bir qishloqda o‘sib-ulg`aygan edilar, bunisining asrori unisiga besh qo‘lday ayon edi. {Murod Muhammad Do 'st) 2. To‘g`risi shuki, keksa professor unga yoqib qolgan edi, uning samimiy maslahatlaridan qoniqadi, doim bu oqil odamga munosib bo‘lishga tirishar edi. (M.Hazratqulov) 3. Agar siz yoqtirgan odam sizga mehr-muruwatini ayamasa, e'tibor bilan qarasa, bu olam-olam quvonchbag`ishlaydi. (Qamchibek Kenja) 4. Kun shu qadar isidiki, chumchuqlarning ham ovozi chiqmay qoldi, hamtna o‘zini salqinga oldi. (M.Pirmatov) Berilgan gap tarkibida nechta sodda gap borligini aniqlang. 0'zbek yoshlarining peshonasi shuning uchun ham yorug`, iqboli balandki, ularning 0'zbekistondek jannatmonand yurti bor. Murakkab qo‘shma gap tarkibida qanday bosh gaplar mavjudligini aniqlang. 1. G`anim kelsa, xonumoni kul bo‘lur, o‘z yurtida pachaqlash ma'qul bo‘lur. (G`afur G`ulom) 2. Boshimda o‘ynar qamchilar, qon ko‘zlarimdan tomchilar, Bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa. (Komil Yashin) 3. Qo‘shnilaring ko‘nsa, hammalaring yerlaringni qo‘shib yaxlit qilinglar, bir kunda haydatib beraman. (Abdulla Qahhor) 4. Bu gap kutilmagan bo‘lsa ham, Mirha-midxo‘janing yoshiga munosib ravishda tarang va tiniq qizil yuzi oqarishdi, oq oralagan cho‘qqi soqoli xiyol titradi. (Abdulla Qahhor) Murakkab qo‘shma gaplarni topib, tarkibida qanday qo‘shma gaplar mavjudligini aniqlang. 1. Butun dunyoga ma'lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz. (J. Yusupov) 2. Kimki tez-tez dalalarga chiqib tursa, bahri-dili ochiladi, tanasiga quvvat yuguradi. (Oybek) 3. Kimdir mendan zulm emas, mehr topa olsa, bu — mening eng katta yutug`imdir, insonlarga tekkan eng katta foydamdir. (Q.Ergasheva) 4. Chindan ham odam yurakdan yayrab kulsa, sog`lig`i yaxshilanadi, yengi] tortadi, ruhi tetiklashadi, ishtahasi ochiladi, umri uzayadi. (G`afur G`ulom) Murakkab qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni va ularni o‘zaro bog'lovchi vositalarni aniqlang. l. Shu narsa ayonki, hamma shu narsani yaxshi biladiki, odobsiz kishilar hech qachon e'tibor qozonmaydi. 2. Kimki ota-onasini hurmat qilsa, u boshqalardan izzat topadi, el orasida yaxshi deb nom qozonadi. 3. Shirinsuxanlik shunday boylikki, u senga obro1 keltiradi, u orqali bitmagan ishlaring bitadi, do‘stlaring ko‘payadi. 4. Kimki umid bilan daraxt o‘tqazsa, bir kuni kelib bu daraxt shig`il meva beradi, uni ekkan egasiga olqish-u rahmatlar yog`diradi. 5. Kimning qalbi pok bo‘lsa, uning ishlari o‘z-o‘zidan yurishib ketaveradi, hamma unga madadkor bo‘ladi. Berilgan gap qismlarini aniqlang. 1. Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz, va butun umidimiz sizlardan. (Gazetadan) 2. Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qilibdi. Murakkab qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang. Ularni o‘zaro bog'lovchi vositalami belgilang. 1.Akang armiyadan kelsa, issiqxonani ishga solamiz, lekin sen akangga yordamchilik qilasan. («Fidokon>) 2. Ko‘lga yetib kelsak, birdaniga miltiq gumburladi va suv yuzida pitirlayotgan ikki-uchta o‘rdak ko‘rindi. (Mirzo Karim) 3. Shuni unutmaki, sen yer farzandisan va yerni ardoqlash, uni obod qilish sening vazifangdir. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling