SODDA GAPLAR VA ULARDA TINISH BELGILARINING QO`LLANISHI
Darak gaplar. Mazmuniga ko`ra xabar beruvchi, tinch ohang bilan aytiluvchi gaplardir va bu xil gaplar oxirida nuqta qo`yiladi: valijondan salom. Oydin kecha. Havo sof va salqin.
His-hayajon ifodalangan darak gaplardan keyin undov belgisi yoki ko`p nuqta qo`yilishi mumkin: Minglab gulistondan afzaldir bu joy.
So`roq gaplar. Biron narsa, Voqea hodisa to`g`risida xabar berishni so`ragan gaplardir. Bu xil gaplar so`roq olmoshlari, yuklamalari ohangi orqali tuziladi va ulardan so`ng so`roq belgisi qo`yiladi:Sinovlarga qanday tayyorlanayapsiz? Zarur – Zarur adabiyotlarni? Agar so`roq gap qo`shimcha mazmun ifodalasa, undan so`ng undov belgisi, so`roq belgisidan tashqari, ko`p nuqta va boshqa belgilar qo`yiladi:kurashadi ikki to`lqin qarab turaymi!? Nahotki daryolar teskari oqar?! Siz bu ishga qanday qilib qo`l urdingiz!
Undov gaplar. Mazmuniga ko`ra ikki guruhni tashkil etadi.
-mazmunidan buyruq, iltimos, tashBiq, maslahat, tilak – orzu, kinoya, do`q ma’nolari anglashilgan undov gaplar (bunday gaplarni buyruq gaplar ham deyiladi);
-faqat his-hayajon anglatuvchi undov gaplar birinchi turdagi undov gaplarning kesimi buyruq fe’li yoki shart fe’llari bilan ifodalanadi bu xil gaplardan so`ng ko`proq undov belgisi. Ba’zan mazmuniga qarab ko`p nuqta, undov belgisi bilan ko`p nuqta ba’zan birdan ortiq undov belgisi qo`yiladi. Undov gaplarning ikkinchi turi sof his-hayajon bildiruvchi gaplardir bu turdagi undov gaplar, undov so`zlar, nisbiy olmoshlar, ohang va bu vositalarning birlashishi bilan ifodalanadi: Ey bola paqir – yey! Eshikka tomon yurar ekan: essiz, essiz, ey bechora!...-dedi o`zicha.
O`h u kapshanchilar qishlog`i shunaqa chiroylimi! Bu qanday bedodlik, bu qanday zulm!!!
Bu qanday adolatsizlikki, bola onasiz qolsa!
Qanday quvonch!
Do'stlaringiz bilan baham: |