1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot


KO'CHIRMA GAPLI QURILMANING TARKIBIY


Download 0.62 Mb.
bet7/29
Sana03.06.2024
Hajmi0.62 Mb.
#1841705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot. Ergashish yo’li bilan t

KO'CHIRMA GAPLI QURILMANING TARKIBIY
Ko`chirma gap o`zlashtirilma gapga aylantirilganda, ko`chirma gapli qo`shma gap sodda gap shaklini oladi. Haydarov otadan so`radi: «Qayergacha quvib bordingiz?» - Haydarov otadan qayergacha quvib borganligini so`radi.

Ko`chirma gap quyidagi shakliy o`zgarishlar bilan o`zlashtirma gapga aylanadi:


  • darak gap shaklidagi ko`chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to`ldiruvchiga aylanadi: «Qo`li gullar cho`lni bo`ston etar», - dedi bobom. – Bobom qo`li gullar cho`lni bo`ston etishini aytdi.


  • ko`chirma gapning egasi o`zlashtirma gapda qaratqich aniqlovchiga aylanadi: Bola dedi: «O`zim ham boshqa mamlakatdan kelib qolganman». – Bola o`zining boshqa mamlakatdan kelib qolganligini aytdi.


  • muallif gapining kesimi – dedi - o`zlashtirma gapda – aytdi – so`zi bilan almashtiriladi: «Kitob – aqlning kaliti», - dedi o`qituvchimiz. – O`qituvchimiz kitobning aql kaliti ekanligini aytdi.


  • muallif gapining egasi ko`chirma gap egasi bo`lib, gap boshida keladi: «Asli ismim Akramjon», - dedi yigit. – Yigit asli ismi Akramjon ekanligini aytdi.


  • so`roq, buyruq shaklidagi ko`chirma gaplar o`zlashtirma gapda darak gapga aylanadi: O`ktam so`radi: «Qanday yangiliklar bor?» - O`ktam qanday yangiliklar borligini so`radi.


  • ko`chirma gap tarkibidagi undalma o`zlashtirma gapda chiqish kelishigi shaklidagi to`ldiruvchiga aylantiriladi: «Nodira, bugun biznikiga kelmaysanmi?» - deb so`radi Fotima. – Fotima Nodiradan bugun ularnikiga kelishini so`radi.


  • ko`chirma gap tarkibidagi undov, kirish so`zlar tushirib qoldiriladi: «Etib keldik, shekilli», - dedi Ochil. – Ochil yetib kelishganini aytdi.




NUTQ USLUBLARI HAQIDA MA’LUMOT

Uslubiyat – tilshunoslikning bir bo`limi bo`lib, nutq jaoayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi, nutq uslubi hisoblanadi. So`zlar ham ma’lum nutq uslubigi oslanish-xoslanmaslik belgisigi ko`ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so`zlarga bo`linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo`llanadigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlar sanaladi. Masalan: qish, maktab, yomg`ir, eski, yangi, o`qish, ishlamoq, men, biz, bormoqko`cha kabi so`zlar uslubiy betaraf so`zlar bo`lib, barcha uslublarda qo`llana oladi. Taklif qildi, jilvalandi, zimiston, tavassum kabi so`zlar kitobiy uslubga, do`ndirdi, misol uchun, maza, qaytlaring kabi shakllar esa uslubiy xoslangan – faqat so`zlashuv uslubiga xos so`zlardir.

Nutq so`zlovchining til materiallari bilan fikr ifodalash vositasidir. Nutq hissiy-ta’siriy ifodalangan bo`lishi yoki usiz betaraf ifodalangan bo`lishi mumkin. Masalan: Rais ularning qo`ynini puch yong`oqqa to`latib jo`natdi. Rais ularni aldab jo`natdi. Bu birliklarning birinchisida fikr hissiy-ta’siriy bo`yoq bilan, ikkinchisida esa bo`yoqsiz ifodalangan. Daroz, to`la, vadbashara, iflos, tirjaymoq, yoqimtoy kabi so`zlar uslubiy bo`yoqdor so`zlardir.

O`zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud:

1.So`zlashuv uslubi

2.Publitsistik uslub

3.Ilmiy uslub

4.Rasmiy uslub

5.Badiiy uslub

Bulardan so`zlashuv uslubi og`zaki; qolganlari yozma nutqqa xosdir. Nutq uslublarini o`rganuvchi tilshunoslik sohasiga uslubshunoslik deyiladi. Arabshunos olimlardan Istahriy, Ibn Havqal, al-Muhaddasiy va boshqalar Shosh Biloyati haqida yozganda uning markazi Binkat shahri deb ko`rsatganlar.Binkat hozirgi Hadra, Eski Jo`va va Chor su oralig`ida bo`lgan.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling