1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot
Bog`lovchisiz qo`shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
Download 0.62 Mb.
|
1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot. Ergashish yo’li bilan t
Bog`lovchisiz qo`shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
Bog`lovchisiz qo`shma gaplarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi: 1. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlaridan bir paytda yoki ketma-ket ro`y beradigan voqea-hodisalar anglashilsa, ular bir-biridan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Qushbegiga qaradim, ul ham manim og`zimga qarab turar edi. (A.Qodiriy). Siz marg`ilonlik og`aynilarni qipchoqlarga qarshi oyoqlantirmoqchi bo`lasiz, buni ham yaxshi bilamiz... (A.Qodiriy). 2. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari mazmun jihatdan mustaqilroq bo`lsa yoki ular turkibida vergul ishlatilgan bo`lsa, qo`shma gap tarkibidagi qismlar bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratilib yoziladi. Masalan: Ishing bo`lmasa kitob o`qi, husnixat ol; sen kulolning qizi emassan... (A.Qodiriy). YOsh chog`ida ... qattiqchilikda o`sdi; uning ba’zi yarashmagan harakatlari balki o`sha qattiqchilikning ruhga singib qolgan yomon ta’sirdir. (A.Qodiriy). 3. Bog`lovchisiz qo`shma gap tarkibidagi ikkinchi gap birinchi gapning biror bo`lagini izohlasa, uning mazmunini to`ldirsa, qismlar orasiga ikki nuqta qo`yiladi. Masalan: Arslonbob yong`oqlariga kelganda shuni aytmoqchiman: bular nihoyatda noyob, zotli yong`oqlar. (J.Abdullaxonov). Xolbek bir narsani endi sezmoqda edi: Avaz bilan Hulkar unga negadir kerak edi. (P.Qodirov). 4. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari bir-biridan tire orqali ajratiladi. Quyidagi holatlarda qo`shma gap qismlari orasiga tire qo`yiladi: 1) qo`shma tarkibidagi gaplar mazmunan zid bo`lsa: Kiygan to`ning eskiydi – kiydirganing eskimas. (Maqol). 2) birinchi gap ikkinchi gap kesimidan anglashilgan ish-harakatning bajarilish natijasi yoki shartini bildirsa: Qaring bor – barang bor. (Maqol). 3) birinchi gap mazmuni ikkinchi gap mazmuniga o`xshatilsa: Qor yog`di – don yog`di. (Maqol). Vaqting ketdi – baxting ketdi. (Maqol). 4) qismlardan tez almashinuvchi voqea-hodisalar anglashilsa: - Hoy, oyimcha, sen yaxshi bo`lding – biz yomon bo`lib qoldikmi hali?... (P.Qodirov). SHu payt oy bulutlar orasidan suzib chiqdi – kamtigi bulutning chetiga urilib, sho`x bir silkinib qo`yganday ko`rindi. (P.Qodirov). Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling