1. Musiqa akustikasi?


Elektromexanik o‘zgartirishlar?


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/57
Sana10.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1184711
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57
Bog'liq
Akustika Yakuniy nazorat savollari

41. Elektromexanik o‘zgartirishlar? 
Eshittirish tovushlarini uzatish, ovoz eshittirish elektr kanali orqali amalga oshiriladi, ovoz 
eshittirish elektr kanalining boshida akustik energiyani elektr energiyaga o‘zgartiradigan 
o‘zgartirgich–mikrofon chiqishida esa, elektr energiyani akustik energiyaga o‘zgartiradigan 
o‘zgartirgich - radiokarnay o‘rnatilgan. Signallarni bir shakldan ikkinchi shaklga 
o‘zgartiradigan boshqa apparatlar turi ham mavjud. Masalan: grammofon plastinkasidagi 
yozuvni qayta eshittirganda adapter, ignaning mexanik tebranishini elektr kuchlanishga; quloq 
telefoni, quloq eshitish yo‘lakchasida telefonga berilgan tovush chastota tonini tovush bosimiga 
o‘zgartiradi. 
Signallarni bir turdan ikkinchi turga o‘zgaradigan apparatlar elektromexanik o‘zgartirgichlar 
deb ataladi. 
Agarda o‘zgartirgich, elektr energiyani mexanik yoki akustik energiyaga yoki akustik aylantirsa 
bu - o‘zgartirgich-dvigatel. Agarda, o‘zgartirgich mexanik energiyani elektr energiyaga 
o‘zgartirsa, bunday o‘zgartirgich o‘zgartirgich - generator deb ataladi. 


O‘zgartirgich-dvigatelga radiokarnaylar, o‘zgartirgich-generatorga mikrofonlar misol bo‘la 
oladi. Elektroakustika fanining asosiy vazifasi tuzilishi va belgilanishi turlariga qarab tovush 
chastota tebranishlarini elektromexanik o‘zgartiruvchi asboblarni loyihalash va hisoblashdan 
iborat. 
O‘zgartirgichlarning umumiy nazariyasi to‘rt qutbliklar nazariyasiga asoslanadi. 
Akustik signallarni elektr signallarga va aksincha, elektr signallarni akustik signallarga 
o‘zgartirish eshittirish kanalining uzatish va qabul qilish tomonlarida amalga oshiriladi. 
Yuqorida aytilgandek, bunday o‘zgartirishlarni amalga oshiradigan apparatlar, elektromexanik 
o‘zgartirgichlar deb ataladi, ya’ni mexanik tebranishlarni elektr tebranishlarga aylantiradigan 
o‘zgartirgichlar - generator, elektr tebranishlarni mexanik tebranishlarga aylantira 
o‘zgartirgichlar-dvigatel deb ataladi. 
Signallarni o‘zgartirish nochiziqli buzilishlarga olib kelmasligi uchun, eshittirish texnikasida 
qo‘llaniladigan elektromexanik o‘zgartirtirgichlar yetarli aniqlikda chiziqli o‘zgartirish shartini 
qanoatlantirishi kerak. Bu shart vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan qiymat, o‘zgartirgichning ikki 
tomonidagi elektr va mexanik signallar o‘zaro chiziqli tenglamalar bilan bog‘langan. 
Ko‘pchilik elektromexanik o‘zgartirgichlar qaytariluvchan, ya’ni ular o‘zgartirishni ikki 
tomonlama bajaradi. Qaytarilmaydigan o‘zgartirgichlar turi kam, ularga ko‘mirli mikrofonlar 
misol bo‘laoladi. 
Ishlash prinsipiga qarab o‘zgartirgichlar induktivli va sig‘imli turlarga bo‘linadi. 
Induktivli o‘zgartirgichlarda siljituvchi kuch toklarning o‘zaro ta’siri tufayli paydo bo‘ladi, 
elektr yurituvchi kuch esa, magnit oqimi o‘zgarishiga bog‘liq. 
Sig‘imli o‘zgartirgichlarda siljituvchi kuch zaryadlarning o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘ladi, 
hosil bo‘lgan o‘zgaruvchan kuchlanish esa, sig‘imlarning o‘zgarishi natijasidir. 
Pezoelektr o‘zgartirgichlarni alohida guruhga kiritadilar ammo, rasmiy ravishda ular sig‘imli 
turdagi o‘zgartirgichlarga kiradi 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling