1-mustaqil ish hisoboti reja: ma’lumotlar bazasini boshqarish ma’lumotlar bazasini loyihalash


Ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayoni


Download 79.47 Kb.
bet2/3
Sana01.04.2023
Hajmi79.47 Kb.
#1314663
1   2   3
Bog'liq
malumotlar bazasi 1-mi

Ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayoni
Yaxshi tuzilgan ma’lumotlar bazasi:

  • Ortiqcha (takrorlanuvchi) ma’lumotlarni bartaraf qilish orqali xotirani tejaydi.

  • Ma’lumotlarning aniqligi va yaxlitligini saqlaydi.

  • Ma’lumotlarga turli usullar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi.

Samarali va foydali MBni loyihalashtirish quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:

  1. Talablarni tahlil qilish yoki ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash

  2. Ma’lumotlarni jadvallarga ajratish

  3. Asosiy kalitlarni (primary key) ko’rsatish va munosabatlarni tahlil qilish

  4. Jadvallarni standartlashtirish uchun normallashtirish

Keling, har bir qadamni batafsil ko’rib chiqaylik. Maʼlumotlar bazasining turli modellari juda ham koʻp, biz esa ushbu qo’llanmada eng koʻp ishlatiladigan relyatsion ma’lumotlar bazasi modelidan (relational model) foydalanamiz.
Yuqoridagi jarayonlarni koʻrishdan avval Relational Model bilan tanishaylik
Relational Database Model
Eng keng tarqalgan model, relyatsion model, ma’lumotlarni jadvallarga ajratadi. Har bir jadval ustunlar va qatorlardan iborat. Har bir ustunda biror obyektga oid atributlar keltirilgan, masalan mahsulot narx, foydalanuvchi ismi yoki tug’ilgan sanasi, pochta indeksi va hokazo. Bu atributlar birgalikda domen deb ataladi. Jadvalning qatorlari esa aynan bitta obyekt (buyum, shaxs, joy) haqidagi maʼlumotlarni saqlaydi.
Quyida biz Foydalanuvchilar haqida maʼlumot saqlash uchun Foydalanuvchilar jadvaliniyaratdik. Jadvaladagi ID, Ism, Familiya, Telefon foydalanuvchining attributlari hisoblanadi. Birgalikda esa attributlar domen deb ataladi.
MB bir nechta jadvallardan iborat boʻlishi tabiiy. Misol uchun Mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni saqlash uchun alohida jadval, Xaridlar uchun alohida jadval, Mijozlar uchun alhoida jadval va hokazo. Biror jadvalni boshqa jadvlaga bogʻlash uchun jadval attributlaridan biri (yoki attriburtlar birikmasi) primary (asosiy) kalit etib tayinlanadi. Boshqa jadvallar esa bu attributga foreign key deb murojaat qiladi.
Relational Model jadvallar oʻrtasidagi munosabatlarni ham tartibga soladi. Masalan mijozlar va ular sotib olgan mahsulotlar jadvali, yoki talabalar va ular o’qiyotgan fanlar alohida jadvallarda saqlansada, ular o’rtasidagi munosabat relational model yordamida ko’rsatiladi. Bunday munosabatlar one-to-one (birga-bir), one-to-many (birga-koʻp) yoki many-to-many (koʻpga-koʻp) koʻrinishida boʻlishi mumkin.

Download 79.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling