1-Mustaqil ish Mavzu: Hisoblash texnikasining asosiy tushunchalari
Jorj Bul ham Leybnitsning bu g’oyasini “ Mantiqning matematik tahlili
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad al-Xorazmiy
Jorj Bul
ham Leybnitsning bu g’oyasini “ Mantiqning matematik tahlili ” asarida yanada rivojlantiradi. Ya’ni e’tiborli tomoni shundaki Jorj Bu lning asaridagi har qanday miqdor va mantiqiy amallar natijasi faqat 0 yoki 1 qiymatni qabul qiladi. Shunday qilib matematikada Bul algebrasi yo’nalishi vujudga keladi. Bul algebrasi hisoblash mashinalari kashfiyotchilari uchun juda katta imkoniyat ochib berdi. Chunki zamonaviy kompyuterlar faqat 0 va 1 qiymatlarni tushunadi va shularga asoslanib mantiqiy bog’liqlik asosida ishlaydi.Bundan tashqari IX-asrda hisoblash texnikasining rivojiga vatandoshim Muhammad al-Xorazmiy "Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”, ”Hind hisobi haqida kitob” va Qo’shish va ayirish haqida kitob” asarlari orqali kata hissa qo’shgan.Asosan Muhammad al-Xorazmiy o’z asarlarida hindlarning sanoq sistemasini tartibga solgan va mukammallashtirib arifmetik ammallarni bajarish tartib qoidalarni ishlab chiqqan hamda algoritm nazariyasiga turtki bergan algebra faniga asos solgan Asta sekin yillar o’tib al-Xorazmiy bobomizning asarlari Yevropaga kirib boradi va shunday qilib pozitsiyali sanoq sistemasi butun dunyoga tarqaladi.Hozirgi kunga kelib ham zamonaviy kompyuterlarimizda pozitsiyali sanoq sistemasidan foydalaniladi. II: Hisoblash texnikasi - hisoblash jarayonlarini, axborotlarni toʻplash, saqlash va uzatish masalalarini hal qilishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari majmui; texnikannng hisoblash mashinalari va qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Vaqtni hisoblash, yer maydonlarining sathini aniqlash, savdosotiq hisoblari va boshqa yumushlar bilan bogʻliq masalalar qadimdan maʼlum. Hisoblashlarni mexanizatsiyalashtiruvchi dastlabki sodda qurilmalar — abak, xitoy choʻti va oddiy hisoblash masalalarini yechish qoidalari miloddan avvalgi vujudga kelgan. Neper shkalasi, logarifmik lineyka, B.Paskalning (Fransiya) arifmetik mashinalariga oʻxshash hisoblash qurilmalari 17-asrdayoqmaʼlum edi. 18 — 19-asrlardagi sanoat inqilobi Hisoblash texnikasi rivojlanishiga turtki boʻldi. 1833-yilda ingliz olimi Ch.Bebbij arifmetik va xotira qurilmali dasturli boshqariladigan katta arifmometr — "analitik mashina" loyihasini ishlab chiqdi, lekin uning loyihasi 100 yil dan keyingina muhanlislar diqqatini oʻziga jalb qildi. 1944-yil AK,Sh da elektromagnit releda ishlaydigan "MARK-1" dasturli boshqariladigan raqamli hisoblash mashinasi (RHM) qurildi. 20-asr 40-yillarida dasturli boshqariladigan elektron RHMning yaratilishi Hisoblash texnikasi taraqqiyotida keskin burilish yasadi. Keyinchalik RHMning texnik parametrlari takomillashti-rilib borildi, ularning ishlash tezligi va xotira hajmi bir necha marta orttirildi. 1950-yilda Ukraina Fanlar akademiyasi akademik S.A.Lebedev rahbarligida birinchi elektron RHM "MESM" (kichik elektron hisoblash mashinasi) qurildi. 1953-yilda S.A.Lebedev rahbarligida Aniq mexanika va hisoblash texnikasi institutida "BESM" (tez ishlaydigan elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. Elektron texnikasining rivojlanishi Hisoblash texnikasi ning tez takomilla- shishiga sabab boʻldi. Dastlabki EHM lari lampali boʻlgan, keyinchalik ular yarimoʻtkazgichlardan tayyorlana boshladi. Bunday EHMlarning bir necha avlodi yaratildi. Hozir asosan kompyuterlar ishlatiladi (qarang Kiber-netika ). Axborotlarni qayta ishlash tizimlarida, kemalar, samolyotlar, kosmik obʼyektlar va boshqalarning koordinatlarini tez va aniq belgilashda, kutubxonalardagi jarayonlarni va bibliografik ishlarni mexanizatsiyalashda, bank, omonat kassalar va boshqa moliya muassasalarining ishlarni markazlashtirishda Hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi. Hisoblash texnikasi asosan 4 ta davrga bo’linadi.Ular bir biridan ishlash prinsipi tezligi va boshqa qurilmalari bilan ajralib turadi.Ularga quyidagilar kiradi: 1. Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr. 2. Mexanik mashinalar davri. 3. Elektromexanik davri. 4. Elektron hisoblash mashinalari davri. Asosan biz mexanik mashinalargacha bo’lgan davrga kelsak bu davrda insonlar hisoblashlashga ehtiyoj seza boshlaydi va ular dastlabki hisoblash vositasi sifatida barmoqlaridan foydalaniladilar.Shu sababli inson tabiiy hisoblash vositasi hisoblanadigan qo’l va oyoq barmoqlaridan foydalanib faqat sanash ishlarini bajarishgan.Keyinchalik insonlar hisoblash bilan bog’liq muommolarni hal etish uchun asta sekin turli tuman sun’iy hisoblash vositalarni ixtiro qila boshlaganlar.Shulardan birinchisi eramizdan 6-5 asr avval foydalanilgan cho’pxatdir.Cho’pxat bu birka – belgi qo’yib biron narsa hisobi olib boriladigan tayoqcha ya’ni taxtachadir. Keyingi e’tiborli hisoblash vositalari bo’lib Shotland matematigi Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling