1-mustaqil ish mavzu
Download 28,25 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-Mustaqil ish
1-MUSTAQIL ISH MAVZU: Logistika iqtisodiy-matematik usullar va modellar Matematik modellashtirish va kompyuterli hisoblash eksperimenti hozirgi vaqtda ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning eng muhim tashkil etuvchilaridan biriga aylandi. Mavjud moddiy, mehnat, energiya va vaqt resurslaridan samarali va oqilona foydalanish talabining ahamiyati ortib borayotganligi ilmiy izlanishlarda matematik va kompyuterli modellashtirish usullarining tobora kengroq qo‘llanishini taqozo etmoqda. Matematik usullarning bugungi kun ilmiy tadqiqotchilari, texnik va iqtisodchi mutaxasislar ijodiy faoliyatidagi ahamiyati haqida so‘z yuritilganda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimlarning fikrlarini alohida ta’kidlash lozim. Buyuk italyan fizigi va astronomi, aniq tabiiy fanlar asoschilaridan biri Galileo Galiley (1564-1642) shunday degan edi: “Tabiatshunoslik kitobi matematika tilida yozilgan”. Nemis klassik falsafasining asoschisi Emmanuil Kant (1742-1804) fikriga ko‘ra, “Har qanday fanda qancha matematika bo‘lsa, unda shunchalik haqiqat mavjud”. Taniqli nemis matematigi va mantiqchisi David Gilbert (1862- 1943) ta’kidlaganidek, “Matematika – barcha aniq tabiatshunoslikning asosidir”. Buyuk matematik olim L.Eyler (1707-1783) esa yanada aniqroq qilib: “Dunyoda ro‘y beradigan hech bir hodisa yo‘qki, unga maksimal yoki minimal qiymatni topish ma’nosini berish mumkin bo‘lmasin” – deb aytgan edi. Buyuk olimlarning bu fikrlari matematik modellashtirishning barcha mutaxasislar ilmiy-nazariy va amaliy faoliyatidagi yetakchi roli va ahamiyati to‘g‘risida hech bir qo‘shimcha izohlarsiz to‘liq tasavvur beradi. Matematik modellashtirish – hodisalar, jarayonlar va tizimlarning matematik modellarini qurish va ularni tadqiq etish asosida amalga oshiriladigan nazariyeksperimental usuldir. Matematik modellashtirish usullari jadal rivojlanmoqda, murakkab iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishdek yangi sohalarni qamrab olmoqda. Texnikada, logistikada, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, iqtisod, sotsiologiya, demografiya va boshqa fanlarda matematik usullarni tadbiq etish jarayoni faol davom etmoqda. Matematik modellarni o‘rganish va ularni amaliy masalalarga qo‘llashda o‘zbek olimlari ham faol qatnashib kelmoqdalar. Bunda akademiklar S.X.Sirojiddinov, T.A.Sarimsoqov, V.Q.Qobulov, T.J.Jo‘raev, M.S.Salohiddinov, T.A.Azlarov, N.Yu.Satimov, M.M. Kamilov kabi ustozlarning yaratgan ilmiy maktablari va ularning izdoshlarining matematik usullar rivojidagi xizmatlarini ta’kidlash joyizdir. Matematik usullar va modellarning ahamiyatini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
Download 28,25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling