1-mustaqil ish mavzu
Modellashtirish bosqichlari
Download 28.25 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
- Beshinchi bosqich
Modellashtirish bosqichlariIqtisodiy-matematik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi. Ularni alohida ko‘rib chiqaylik: Birinchi bosqich. Iqtisodiy jarayon har tomonlama nazariy sifat jihatdan tahlil qilinadi va uning parametrlari, ichki va tashqi informatsion aloqalar, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda izlanayotgan noma’lum o‘zgaruvchilar nima, qanday maqsadni ko‘zda tutadi, natija nimalarga olib keladi kabi savollar aniqlangan bo‘lishi kerak. Uchinchi bosqich. Modellashtirilayotgan jarayonning iqtisodiy-matematik modeli tenglamalari va tengsizliklar tizimi shaklida ifodalanadi. To‘rtinchi bosqich. Ko‘rilgan iqtisodiy-matematik modelning miqdor yechimini aniqlaydigan usul tanlanadi. Beshinchi bosqich. Masalani yechish uchun kerak bo‘lgan barcha iqtisodiy ma’lumotlar to‘planadi. Oltinchi bosqich. Olingan ma’lumotlar statistik tahlil qilinib, EHMda tanlangan usul orqali qo‘yilgan vazifa yechiladi. Yettinchi bosqich. Olingan natija iqtisodiy tahlil qilinadi va optimal variant tanlanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va biri ikkinchisini to‘ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, masalani elektron hisoblash mashinalari orqali hal etish uchun standart dasturlar bo‘lishi kerak, agar unday dasturlar bo‘lmasa, ularni tuzishga to‘g‘ri keladi. Har bir ishlab chiqarish jarayonining matematik modelini formula orqali ifodalash mumkin. Masalan, bir nechta tarmoqlarda (j=l,2,..n) korxonalar bor. (i=l,2,..m ). Ularning har biri 𝑋𝑖𝑗 mahsulot chiqaradi. Mahsulotlarining birligidan olinadigan daromadni 𝐶𝑖𝑗 bilan belgilaymiz. Undan keyin yalpi daromadni 1 1∑ 𝑋𝑖𝑗𝐶𝑖𝑗 С X, ni hisoblash mumkin. Maqsad, shu daromadni, albatta, iloji boricha ko‘p olish kerak. Ya’ni ∑ ∑ 𝑋𝑖𝑗𝐶𝑖𝑗 → max, maksimumga intiladi. Transport masalasida 3 xil ikkilamchi baholar mavjud. 1) U, -potentsiali ishlab chiqarish korxonalarini baholaydi. 2) 1/; -potentsiali iste'mol talabini baholaydi. 3) I/; -potentsiali xo'jalik aloqalarini baholaydi. Agar optimal yechimga kirmagan aloqalar qo'llansa, umumiy harajatlar har bir mahsulot birligining miqdoriga oshadi . !1'i = U; + Vi - (;i -potentsiali ish lab chiqarish korxonasining quvvati bir birlikka o'zgarsa, umumiy transport harajatlari qanchaga o'zgarishini ko'rsatadi. {I; - manfiy bo'isa kamayadi, [J; - musbat bo'isa ko'payadi. Ij -potentsiali talab hajmi bir birlikka o'zgarsa. umumiy harajat qanchaga o'zgarishini ko'rsatadi. Manfiy bo'lsa kamayadi musbat bo'isa oshadi. Ko'p bosqichli transport masalasi mahsulot ishlab chiqarish punktidan iste'mol qiluvchi punktiga yetib borish jarayonida vositachi orqali yetib boradi. BLI masalaning 2 xii ko'rinishi bo'lishi mumkin: l)A~C 2)A~B~C Bu erda A - ishlab chiqarish punktlar B - vositachi yoki baza C - iste'mol qiluvchi punktlar. Birinchi turdagi masalada ishlab chiqarish punktlar bilan iste'mol qiluvchi punktlar orasida to'g'ri aloqalar yo'q va mahsulot albatta vositachi orqali yetkazib beriladi. Ikkinchi turdagi masalada mahsulotning ayrim qismi bevosita ishlab chiqarish punktidan iste'mol qiluvchi punktiga yetkazib berilishi mumkin, ya'ni ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilar orasida to'g'ri aloqalar mavjud. Download 28.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling