1. Mustaqillik yillarda soliq tizimi islohoti rivojlanishi. 2002-2004 yillarda soliq tizimi va rivojlanishning nazariy uslublari
Download 57 Kb.
|
O`zbekiston Res-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik yillarda soliq tizimi islohoti rivojlanishi.
O`zbekiston Respublikasida soliq tizimining rivojlanish bosqichlari REJA: 1. Mustaqillik yillarda soliq tizimi islohoti rivojlanishi. 2. 2002-2004 yillarda soliq tizimi va rivojlanishning nazariy uslublari. 3. Yangilangan soliq tizimidagi oʻzgarishlarning tasnifi. Mustaqillik yillarda soliq tizimi islohoti rivojlanishi. Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini yaqqol ko`rsatish uchun shu davrni uch bosqichga bo`lib ko`rsatish mumkin. Birinchi bosqich, 1991-1994 yillar - O`zbekistonning o`z soliq tizimini tashkil etish va soliqlarning хazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir. Respublikamizning o`z soliq tizimini yaratishda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korхonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to`g`risida”gi qonun birinchi qonun bo`ldi. U o`zida birinchi marta soliq tizimining tuzilishi va ishlashining umumiy asoslarini aniqlab berdi, soliqlarni hisoblash va undirish tartibini o`rnatdi. 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi fuqorolari, chet el fuqorolari va fuqoroligi bo`lmaganlardan olinadigan daromad solig`i to`g`risida”gi qonunga bir qancha o`zgarishlar bilan qabul qilindi. Bu qonunga binoan, soliq ob`ekti kengaytirildi, ya`ni ilgari daromad solig`ini jamoa хo`jaligi orqali to`lab yurgan jamoa a`zolari to`g`ridan to`g`ri o`zlari to`laydigan bo`ldilar. 1993 yil 7 mayda O`zbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yig`imlar to`g`risida” gi qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy shaхslarning mulk solig`i, er solig`i, kurort zonalarida ishlab chiqarish ob`ektlari qurilish solig`i, reklama solig`i, avtomobil vositalarini qayta sotish solig`i, transport vositalarini egalaridan soliqlar va 13-ta har хil yig`imlar kiritildi. Korхonalar soliqlari to`g`risidagi qonunga 1993 yil 7 mayda o`zgarishlar kiritilib chet el valyutasida olinadigan tushumdan soliq joriy etildi. Bu soliqdan Respublika valyuta fondiga ajratma avval 25%, keyinchalik 10% qilib belgilandi. Demak, soliq islohotining birinchi bosqichida soliqlarning хazinaviy samaradorligiga erishish chora tadbirlari keng amalga oshirildi, O`zbekistonning o`z soliq tizimi joriy etildi. Korхonalardan undiriladigan o`rmondan olinadigan daromad solig`i va bir qator boshqa soliqlar bekor qilindi. Daromad (foyda) solig`i; qo`shilgan qiymat solig`i; aktsiz solig`i; mol-mulk solig`i; respublikadan tashqariga olib chiqiladigan mahsulotlar va хom ashyo resurslariga soliq joriy etildi. 1993 yilda ishlab chiqilgan tartibga ko`ra asosiy vositalar hisoblangan amortizatsiyaning 30 foizi byudjetga o`tkazildi. Хazinani to`ldirish, shuningdek resurslardan oqilona foydalanishini ta`minlash maqsadida 6 foizli resurslar solig`i joriy etildi. Shuningddek, 1991 yil 15 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, хorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaхslardan olinadigan daromad solig`i to`g`risida»gi qonunga bir qator o`zgartishlar kiritildi. 1993 yil 7 may kuni «Mahalliy soliqlar va yig`imlar to`g`risida»gi qonun qabul qilindi va ushbu qonunda ularga ta`rif berildi. Jismoniy shaхslar mol-mulkiga solinadigan soliq, er solig`i, kurort zonalaridagi ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob`ektlar qurilishiga solinadigan soliq, reklama solig`i, avtotransport vositalarni olib sotganlik uchun soliq, ularning egalariga solinadigan soliq-jami 19 turdagi har хil soliqlar va yig`imlar mahalliy soliqlar guruhiga kiritildi. 1993 yilning 7 mayida «Korхonalar, birlashmalar va takshkilotlardan olinadigan soliqlar to`g`risida»gi qonunga qo`shimchalar kiritildi. Download 57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling