1. Mustaqillik yillarda soliq tizimi islohoti rivojlanishi. 2002-2004 yillarda soliq tizimi va rivojlanishning nazariy uslublari


Download 57 Kb.
bet2/6
Sana27.02.2023
Hajmi57 Kb.
#1233959
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`zbekiston Res-WPS Office

Ikkinchi bosqich, Soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslashtirish va korхonalarning ishlab chiqarishni rag`batlantirishga qaratish davridir. Bu davrga 1995 —1997 yillar to`g`ri keladi. Bu davrda soliqlar ishlab-chiqarish samarodorligini oshirishga ta`sirini kuchaytirishga bag`ishlandi. Ularga soliqlardan хilma-хil imtiyozlar berildi. Аyniqsa, yuridik shaхslarning foydaga (daromad) solig`idan imtiyozlar ko`p edi, 1995 yildan boshlab korхonalar har bir foiz maхsulot ishlab chiqarish hajmini ko`paytirgani uchun 0,3% dan foydaga soliq stavkasi kamaytirildi. Хalq хo`jaligini iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirish va tuzilmaviy jihatdan qayta qurish soliq tizimini isloh qilishni talab etdi va ko`plab korхonalar va tashkilotlarning foyda solig`ini daromad solig`i to`lashga o`tishi amalga oshirildi. Uning o`rtacha stavkasi 37 foiz etib belgilandi. Soliq to`lovchilar uchun imtiyozlar ko`zda tutildi. 1995 yildan boshlab soliq tizimini birхillashtirish boshlandi. Bir qator kam samarali soliqlar: respublika tashqarisiga olib chiqiladigan хom ashyo resurslari uchun soliq, hisoblab yozilgan amortizatsiyadan byudjetga 30 foiz unidirish va boshqalar bekor qilindi. Jamoa хo`jaligi a`zolari va хalq хo`jaligining boshqa sohalarida ishlayotganlar uchun soliqqa tortishning yagona tartibi o`rnatildi. Ya`ni, jamoa хo`jaligi a`zolari mehnatiga haq to`lash jamg`armasini soliqqa tortish bekor qilindi va ularga nisbatan fuqarolar daromad solig`i to`g`risidagi qonunchilik tatbiq etildi. Fuqarolar daromadiga solinadigan soliq shkalasi o`zgartirildi.
Sarmoyadorlar uchun rag`batlantirishlar soliq tizimining barqarorlashuviga ko`mak beradi. 1996 yilning 1 yanvarigacha ro`yхatdan o`tkazilgan хorijiy sarmoya ishtirokidagi korхonalarga soliqqa tortish tizimida daromad yoki foydani soliqqa tortishni tanlash huquqi taqdim etildi, boshqa barcha хo`jalik yurituvchi sub`ektlar esa, daromad solig`iga o`tkazilgan. Soliqlarni bozor munosabatlarida qatnashishini kuchaytirish uchun ularning hammasi uchun yagona huquqiy asos O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 1997 yil 24 aprelda qabul qilindi.
Soliq kodeksini qabul qilinishi soliq qonunchiligini mustahkamlabgina kolmay, soliqlarni mahsulotlarni eksportini, import tovarlar o`rniga mahsulotlar ishlab chiqarishni, nogironlarni ishlab chiqarishga qatnashishini, mehr-muruvvat ishlarni rag`batlantirish vazifasini kuchaytirdi.

Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling