1. Mustaqillik yillarda soliq tizimi islohoti rivojlanishi. 2002-2004 yillarda soliq tizimi va rivojlanishning nazariy uslublari


Yangilangan soliq tizimidagi oʻzgarishlarning tasnifi


Download 57 Kb.
bet5/6
Sana27.02.2023
Hajmi57 Kb.
#1233959
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`zbekiston Res-WPS Office

Yangilangan soliq tizimidagi oʻzgarishlarning tasnifi.
2023 yildan boshlab tadbirkorlar uchun QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushirilishi natijasida ular ixtiyorida qo‘shimcha 13 trln so‘m aylanma mablag‘ qolishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 1 apreldan boshlab budjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi. Dushanba kuni quyi palataning navbatdagi yig‘ilishida so‘zga chiqqan moliya vaziri Timur Ishmetov budjet daromadlarining oltin narxlariga bog‘liqligi yildan-yilga kamayishiga erishilayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yil budjeti daromadlari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, xom-ashyo tovarlarining jahon bozoridagi kutilayotgan narxlariga, soliq siyosatidagi o‘zgarishlar hamda soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirishdan kelib chiqib rejalashtirilgan. Vazirning aytishicha, 2023 yil uchun belgilangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalari foyda solig‘ining bazaviy stavkasi 15 foiz, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 12 foiz, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,5 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda. Shu bilan birgalikda, respublikada investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish maqsadida 2023 yil soliq siyosatini belgilashda bir qator muhim o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda.
Birinchidan, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash borasida soliq stavkalarini pasaytirish va unifikatsiya qilish hamda qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida quyidagilar taklif qilinmoqda. “Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi amaldagi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi. Bu soliq siyosatimizdagi tarixiy muhim o‘zgarishdir. Soliq stavkasining 3 foiz bandga pasaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida qo‘shimcha 13 trillion so‘m aylanma mablag‘ qolishi kutilmoqda”, dedi vazir o‘z nutqida. Shu bilan birga, 2023 yilda ushbu soliq bo‘yicha tushumlar joriy yilga nisbatan 16 trillion so‘mga ko‘p bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarga qo‘shimcha yengilliklar yaratish uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 14 ta faoliyat turi bo‘yicha 4 foizdan 25 foizgacha belgilangan stavkalari unifikatsiya qilinib, yagona 4 foiz etib belgilanmoqda. Ma’lumot uchun, tadbirkorlar bilan bo‘lgan muloqotda prezident korxonalarni yillik aylanmasiga qarab, 1 mlrd so‘mgacha — mikro, 10 mlrd so‘mgacha — kichik hamda 100 mlrd so‘mgacha bo‘lganini — o‘rta biznes sifatida toifalarga ajratish taklifini ilgari surgandi. Shundan kelib chiqib, ishbilarmonlarga bir qator imtiyozlar taqdim etiladi. Bunda, hudud va faoliyat turiga qarab, 1 foizdan 3 foizgacha belgilangan pasaytirilgan stavkalar saqlab qolinadi. Tovar aylanmasi 500 million so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar uchun yiliga 20 million so‘m, aylanmasi 500 million so‘mdan yuqori bo‘lganlar uchun 30 million so‘m miqdorida qat’iy belgilangan soliqni har oyda teng ulushlarda to‘lash huquqi berilmoqda. Ushbu soliq to‘lovchilar buxgalteriya hisobini yuritishdan hamda foydasidan to‘lanadigan dividend solig‘idan ozod etiladi. Shu qatori, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida tovar aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan kichik biznes toifasiga kiruvchi tadbirkorlar uchun 1 yil davomida foyda solig‘i stavkasini 2 baravarga pasaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling