1. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar
Download 34.07 Kb.
|
2 5411103513818180423 ha
birinchidan iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. SHuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;
ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart; uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni barcha hech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim; to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak; beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning ob’ektiv qonun-larini e’tiborga olib, yaqin o’tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyutsion yo’l bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning evolyutsiya yo’lining tanlab olinganligi o’zining an’anaviy og’ir-bosiqligi, puxta o’ylab qaror qabul qilishga ruhan moyilligi hamda tinchliksevarligi tufayli bir holatdan ikkinchisiga, ayniqsa turmush tarzida, sakrab o’tishga rag’bati yo’q o’zbek xalqining fikrlash tarziga aynan mosdir. Yana shu narsa ham g’oyat muhimdirki, bozor taraqqiyotining bosqichli jarayoni davlatning tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni ahillik vaziyatida, jamiyatning qo’llab-quvvatlashiga tayanib amalga oshirish imkonini beradi. Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida avval-boshdan ana shu nozik jihatga alohida e’tibor qaratildi. Barcha o’zgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo’yildi. Bugungi kunda ham o’zgarishlar jarayonining mohiyatida islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun, degan tamoyil mujassamdir. Shunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlar esa o’z o’rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda. Xulosa Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondoshuvning naqadar to’g’ri bo’lganini va uzoqni ko’zlaganini tasdiqlab bermoqda. Mas’uliyatli paytlarda, keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o’z yo’limiz bor va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so’z va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda. O’zbekiston mustaqil taraqqiyot va istiqlol yo’lida, yangi jamiyat, erkin va farovon hayot qurish yo’lida ko’p tajribaga ega bo’layotgan ekan, hech shubhasiz o’zbek xalqi uchun muqaddas va aziz bo’lmish O’zbekiston zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan insonlar uchun muhim bir haqiqat tobora aniq va ravshan bo’lib bormoqda. Bu O’zbekistonning yer yuzida baquvvat asoslarga ega bo’lgan zabardast davlat bo’la olishiga mustahkam ishonchdir. Download 34.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling