1. Nam tuyingan bug’,quruq tuyingan bug’,o’ta qizigan bug’
Download 0.92 Mb.
|
1. Nam tuyingan bug’,quruq tuyingan bug’,o’ta qizigan bug’
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Bug’lanish va bug’ni qayta suvga aylanishi
1.Nam tuyingan bug’,quruq tuyingan bug’,o’ta qizigan bug’ Toʻyingan bugʻ - suyuqlik (yoki qattiq jism) bilan bir xil kimyoviy tarkibga ega va u bilan termodinamik muvozanatda boʻlgan bugʻ. Suyuklik bilan uning Toʻyingan bugʻi oʻrtasida dinamik muvozant mavjud: vaqt birligi ichida suyuklikdan chiqayotgan bugʻ molekulalari soni shu vaqt ichida suyuklikka qaytib tushayotgan bugʻ molekulalari soniga teng. Suyuqlikning bugʻ bilan termodinamik muvozanatda boʻlish trasi va bosimida har bir bosimga Toʻyingan bugʻ trasining aniq qiymati toʻgʻri keladi. Toʻyingan bugʻ bosimining traga bogʻliqligini ifodalovchi egri chiziq qaynash (yoki kondensatlanish) trasining bosimga bogʻliqligini ham ifodalaydi. Suyuqlik bilan Toʻyingan bugʻning zichliklari gʻam bir-biriga bogʻliq. Traning ortishi bilan Toʻyingan bugʻ bosimi va zichligi ortadi, suyuqlikning zichligi esa kamayadi.Suyuqlik oʻzining bugʻi bilan dinamik muvozanatda boʻlgan holdagi hajmga bogʻliq boʻlmagan va faqat temperaturaga bogʻliq boʻlgan bosim toʻyingan bugʻ bosimi deyiladi. Suyuqlik bilan dinamik muvozanatdagi bug‘ to‘yingan bug‘ deyiladi. Suyuqlikning erkin sirti ustidagi bo‘shliqni to‘yintiradigan bug‘ga nam bug‘ deyiladi. To‘yingan nam bug‘da mayda suv tomchilari bo‘ladi. Hosil qilingan nam bug‘ga yana qo‘shimcha issiqlik miqdori uzatilsa, uning tarkibidagi juda mayda suv tomchilari bug‘ holatiga o‘tadi va to‘yingan quruq bug‘ hosil bo‘ladi. 2.Bug’lanish va bug’ni qayta suvga aylanishi Bug'lanish va qaynatish suyuqlikning gazga (bug'ga) aylanishining ikkita usulidir. Bunday o'tish jarayoni bug'lanish deb ataladi. Ya'ni bug'lanish va qaynatish bug'lanish usullaridir. Ushbu ikki usul o'rtasida sezilarli farqlar mavjud.Bug'lanish faqat suyuqlik yuzasidan sodir bo'ladi. Bu har qanday suyuqlik molekulalarining doimiy ravishda harakatlanishi natijasidir. Bundan tashqari, molekulalarning tezligi har xil. Etarlicha yuqori tezlikka ega bo'lgan molekulalar sirtga chiqqanda, boshqa molekulalarning tortishish kuchini engib, havoga tushishi mumkin. Havoda alohida joylashgan suv molekulalari shunchaki bug' hosil qiladi. Biz suv bug'i sifatida ko'rgan narsa allaqachon kondensatsiya (bug'lanishning teskari jarayoni) natijasidir, bug' sovutish paytida mayda tomchilar shaklida to'planadi.Bug'lanish natijasida suyuqlikning o'zi soviydi, chunki eng tez molekulalar uni tark etadi. Ma'lumki, harorat faqat moddaning molekulalarining harakat tezligi, ya'ni ularning kinetik energiyasi bilan belgilanadi.Bug'lanish tezligi ko'plab omillarga bog'liq. Birinchidan, bu suyuqlikning haroratiga bog'liq. Harorat qanchalik baland bo'lsa, bug'lanish tezroq bo'ladi. Kondensatsiya (lot. condensatio -quyuqlanish, zichlashish), kondensatlanish — 1) gazsimon holatdagi moddaning sovishi yoki siqilishi natijasida suyuq yoki qattiq holatga utishi. K. — bug'lanishning aksi. K. muayyan modda uchun kritik temperaturadan past temperaturadagina sodir boʻladi. Kritik nuqta bilan uchlama nuqta orasidagi temperaturaviy oralikda modda suyuq holatga, yanada pastroq temperaturalarda esa kristall holatga oʻtadi. Suyuq yoki kristall holatlar orasida muvozanatli K. yuz berib, gaz holatdan suyuq yoki qattiq holatga oʻtayotganida maʼlum miqdorda issiqlik ajraladi. Bu issiqlik moddaning shu temperatura va bosimda bugʻlanishiga sarflangan issiqlikka teng . K.ning solishtirma issikligi solishtirma bugʻlanish issikligiga teng . Bugʻlanish va K. bir vaqtda roʻy beradi. Qattiq jism yoki suyuqlik sirtida hosil boʻluvchi sirtq i K., aerozol, gaz ionlarining bugʻ hajmi ichida, bugʻning zichlashish joylaridagi zichlik fluktuatsiyasi (oʻrtacha qiymatdan ogʻishi) oqibatida hosil boʻluvchi hajmiy K. mavjud. Suv bugʻining kondensatlanishi natijasida atmosferada bulut, tuman, shud-ring va qirov hosil boʻladi. K. turli xil issiqlik almashinish apparatlarida qoʻllaniladi, u distillashnpt asosi hisoblanadi; 2) organik moddalar bir nechta molekulalarining birikish reaksiyasi; bunda, suv, ammiak va boshqa oddiy moddalar ajraladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling