1. Natija olishdagi o’lchashlar O’lchash kattaliklarini taxlil qilish


O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari


Download 492.59 Kb.
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi492.59 Kb.
#1005821
1   2   3
Bog'liq
Abdulloh Doston aka

O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari

  • O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari
  • Har qanday o‘lchash asbobini tanlashda eng avvalo uning metrologik tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi.
  • O‘zgartirish funksiyasi – buni analogli o‘lchash asboblarida shkala tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o‘zgartirish funktsiyasi chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv xatoliklarni esa kamaytiradi.
  • O`LCHASH SEZGIRLIGI. Umuman sezgirlik – bu o‘lchash vositasining tashqi signalga nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o‘lchash vositasining chiqish signali orttirmasini, kirish signali orttirmasiga nisbatidan aniqlanadi:

O’lchash kattaliklarini taxlil qilish

  • O`lchov vositalari o`lchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasi, roliga qarab ishchi, namunaviy va etalon o`lchov asboblariga bo`linadi. Ishchi o`lchov vositalari xalq xo`jaligining barcha tarmoklarida amaliy o`lchashlar uchun mo`ljallangan. Ular anikligi orttirilgan o`lchov vositalariga va texnik o`lchov vositalariga bo`linadi. Namunaviy o`lchov vositalari ish o`lchov asboblarini tekshirish va ularni o`zlari bo`yicha darajalashga xizmat qiladi. Etalonlar fizik kattalik birliklarini qayta tiklash va saqlash, ularning o`lchamlarini namuna o`lchov asboblari orkali xalq xo`jaligida qo`llanadigan ish o`lchov vositalariga o`tkazishga xizmat kiladi. Fizik kattaliklarning birliklari o`lchami shu usul bilan etalonlardan namuna o`lchov asboblari yordamida boshqa o`lchov asboblariga o`tkaziladi.

O`lchash usullari.

  • O`lchashlar yana absolyut va nisbiy o`lchashlarga bo`linadi. Bitta yoki bir necha asosiy kattaliklarni fizik konstantalar qiymatlaridan foydalanib yoki foydalanmasdan bevosita o`lchash absolyut o`lchash deb ataladi. Masalan, shtangensirkul yordamida bajarilgan o`lchashlar absolyut o`lchashdir, chunki unda o`lchanayotgan kattalik kiymati bevosita olinadi. Biror kattalikning shu ismli birlik rolini o`ynayotgan kattalikka nisbatini o`lchash yoki kattalikni shu ismli birlik kattalik deb kabul kilingan kattalik bo`yicha o`lchash nisbiy o`lchash deb ataladi. Masalan, optmetr yoki pishangli skoba yordamidagi o`lchashlar nisbiydir: avval oxirgi o`lchov yoki oxirgi o`lchov bloki qo`yiladi va o`lchash vositalari shkaladagi ko`rsatkich nolga teng bo`ladigan qilib sozlanadi, so`ngra o`lchanadigan detalni joylashtiriladi va sanoq olinadi, ya`ni strelka detal o`lchamining oxirgi o`lchov yoki blokniig ma`lum o`lchamidan chetga chikishini ko`rsatadi.

Download 492.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling