All Teams Champions League 4th season Qoidalar
Download 17,62 Kb.
|
All Teams Champions League RULES1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sariq kartochka
- Qizil kartochka
- Qoidalar qatiy va ularga so’zsiz itoat qilinadi
All Teams Champions League 4th season Qoidalar: 1.O’yin oldi sozlamalar quyidagicha bo’lishi kerak ! O’yin vaqti 8 daqiqalik bitta o’yin. Extra daqiqalar va penaltilar yoqilgan bo’lishi kerak. 5+1 ta zahira o’yinchilarini tushurish mumkun bo’ladi, o’yinchilar kayfiyati Excellent ( otlichno ) qilib sozlanadi. Guruh bosqichi 2 davradan iborat bo’ladi, play off bosqichi ham shu tarzda o’tkazilinadi. 2. Raqibingiz yomon internet tezligi bn o’ynayotganin sezsangiz, shu zahoti qotayotganini isbotlash uchun videoga oling va o’yinni tark eting. Isbotsiz (videosiz) etirozlar qabul qilinmaydi 3. O’yin davomida vaqt cho’zish mumkun emas. Agar raqibingiz hisobni ushlab qolish uchun himoyadagi haddan ziyod ko’p passlar bilan vaqt cho’zilganini sezsangiz, isbot (video) bilan hakamlarga murojat qiling. 4. Har bir o’yin oldidan ishtirokchilardan telegram guruhidagi videochatga kirishlari va selfie kamerasini yoqishi talab etiladi. Agarda qaysidur ishtirokchi qo’shimcha (leviy) akkauntdan foydalanayotgani aniqlansa o’sh ishtirokchi turnirdan chetlatilinadi va qoidabuzarlik sodir bo’lgan matchda mag’lubiyat yoziladi. 5. Avto mag’lubiyatga tayanib deadline yakuniga sanoqli soatlar qolgunicha vaqt cho’zish mumkun emas. Jamoa sardorlariga har bir baxsda 3 tagacha ishtirokchisini zahiradan tushirish imkoni bo’ladi. Shu sababli online bo’lmayotgan o’yinchi zahira vakili bn almashtirilishi kerak. 6. O’yinlar vaqtida o’yin uchun ochilgan guruhda o’yinchilar bir biriga nisbatan hurmatni saqlashi qat’iy ravishda takidlanadi. Agarda birorta jamoa a’zosi guruhda haqoratli gaplarni ishlatsa janjal chiqarsa o’sha ishtirokchiga sariq kartochka beriladi. Har qanday vaziyatda o’zingizni boshqarib turishingiz, hurmatsizlik qilmaslik va sokinmaslik talab qilinadi. Agar haq tomon nohaq tomonning provakatsyasiga berilib o’zini boshqara olmay qolsa, aynan ularga (haq tomonga) jazo qo’llaniladi. 7. O’yinlarni tashkilotchi belgilagan vaqtgacha o’ynab natijalarni to’liq holatda jamoa sardorlari turnir tashkilotchisiga topshirishi kerak bo’ladi. Kechikkanlar kechirilmaydi. Agarda belgilangan vaqtgacha o’yin natijasi taqdim etilmasa guruh bosqichi bo’lsa ikkala jamoaga ham achko berilmaydi. Agarda Play Off bosqichi bo’lsa ikkala jamoa ham chetlatiladi. Sariq kartochka – Ogohlantirish sifatida tashkilotchi tomonidan jamoa sardoriga yoki jamoa a’zosiga ko’rsatiladi. Sariq kartochka qoidani buzganligi haqida ogohlantirish hisoblanib agarda bir o’yinchi, bitta o’yinda 2ta sariq kartochka olsa u qizilga aylanadi va o’sha matchdan chetlatilinib, o’sha ishtirokchiga mag’lubiyat yoziladi. Agarda bitta jamoadan 1ta o’yinda 2ta o’yinchi qizil olsa o’sha bahs uchun jamoaga mag’lubiyat yoziladi. Qizil kartochka – Tashkilotchi tomonidan beriladigan jamoa sardoriga yoki o’yinchiga beriladigan qoidani qo’pol ravishda buzganlik uchun jazo sifatida beriladi. Qizil kartochka olgan ishtirokchi, 2ta turga chetlatilinadi, bir ishtirokchi turnir davomida 2 martta qizil kartochka olsa u turnir bn xayrlashadi. Jamoasidan 2ta azo qizil olgan jamoa sardori, keying 2 ta o’yinda jamoasining asosiy tarkibini tanlash huquqidan mahrum etiladi. Qoidalar qatiy va ularga so’zsiz itoat qilinadi. Har bir muhokamali vaziyat uchun turnir tashkilotchilariga faqatgina jamoa sardorlari murojat qilishlari mumkun. Barchaga omad bo’lajak chempionlar ! Download 17,62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling