1. Nazariy qism


FLOTATSIYA JARAYONI USKUNALARINI TANLASH VA HISOBLASH


Download 0.58 Mb.
bet11/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1526957
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
oltin

2.4. FLOTATSIYA JARAYONI USKUNALARINI TANLASH VA HISOBLASH.
Bo’tanani aralashtirish va aerastiyalash usuliga ko’ra flotatsiya mashinalari mexanik, pnevmomexanik va pnevmatik mashinalarga bo’linadi.
Mexanik mashinalar pnevmatik mashinalarga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega:

  1. Qiyin flotatsiyalanuvchi foydali qazilmalarni boyitishda va tarkibi qimmatbaho komponentga boy bo’lgan boyitma olish zarur bo’lganda va turg’un texnologik ko’rsatgichlarga ega bo’lishi.

  2. Kam namlikdagi boyitma olinadi, bu esa boyitmani quyiltirishsiz suzishga yuborish imkonini beradi, masalan ko’mirni boyitishda.

  3. mexanik mashinalarda aerator ichida kichik vakuum hosil qilinishi hisobiga oraliq maxsulotlarni kayta flotatsiyalashda so’rib olishni amalga oshiradi. Bu qulaylik asosan qiyinflotatsiyalanuvchi polimetall rudalarni flotatsiyalashda nasoslar sonini aytarli darajadaqisqartirishga olib keladi.

4. mexanik mashinalarda aralashtirish jadal borganligi sababli yirik zarralarni qattiq maxsulot mikdori katta bo’lganda xam flotatsiyalash imkoni tug’iladi va qiyin eriydigan reagentlar kam.
Mexanik mashinalarning pnevmatik mashinalarga nisbatan quyidagi kamchiliklari mavjud:

  1. tuzilishining murakkabligi va shuning uchun mashinaning ish unumdorligi birligi bo’yicha qimmatligi.

  2. bir tonna boyitiladigan maxsulotga sarflanadigan energiyaniig ko’pligi (oddiy aeroliftli mashinaga nisbatan 1,5...4 marta ko’p)

  3. almashtiriladigan qismlarining tez yiylanishi va sozlashning kimmatligi

  4. mashinani o’rnatish uchun kerak bo’ladigan maydonning katgaligi.

Pnevmomexanik mashinalar texnika iqtisodiy ko’rsatgichlari bo’yicha mexanik va pnevmatik mashinalar o’rtasidan joy oladi. Mexannk mashinalarga nisbatan ular ancha oddiy tuzilishga ega bo’lib, og’irligi va narxi, bo’tana aerastiyasining sozlanishi, energayatejamkorligi va sozlashning arzonligi bilan ajralib turadi. Pnevmomexanik mashinalarda maxsulotni so’rib olish mumkin emas. Shuning uchun ular polimetal rudalarni flotatsiyalashda ko’llanilganda oralik maxsulotlarni olibberishda nasoslarningsoni ko’payadi.
Mexannk mashinalarni quyidagi xollarda ko’llash mumkin: murakkab boyitish sxemasiga ega bo’lgan foydali qazilmalarni flotatsiyalashda; yuqori foydali komponent miqdoriga ega bo’lgan boyitma olish zarurati bo’lganda; dag’al yanchilgan maxsulotlarni flotatsiyalashda hamda katta zichlikka ega bo’tanani flotatsiyalashda.
Qolgan hollarda pnevmatik va pnevmomexanik mashinalar iqtisodiy samaraliroq bo’ladi. Alohida jarayon uchun flotatsiya dovomiyligi minerallarni dastlabki flotatsiyalanishga moyilligini tadqiq qilish yoki shu turdagi maxsulotni boyituvchi fabrikaning amaliyotiga tayangan holda aniqlanadn. Flotatsiya davomiyligi bo’tanani aerastiyalashga bog’lik.
Flotatsiya mashinalari kameralari soni uning hajmini oshishi bilan kamayadi. Shuning uchui mashinani o’rnatish uchun kerakli maydon kamayadi, mashinaga xizmat ko’rsatish osonlashadi, elektr ta’minoti qiskaradi va boyitish maxsulotlarini tashish osonlashadi. Ammo kameraning maksimal hajmi quyidagi talablar bilan chegaralanadi:

  • kambag’al chiqindi olish uchun asosiy va nazorat flotatsiyasida kameralar sonining yig’indisi 6-8 tadan kam bo’lmasligi kerak;

  • boyitmani tozalashda yaxshi natijaga erishish uchun kameralar soni 1—2 tadan kam bo’lmasligi kerak;

  • kameradan o’tayotgan bo’tana mexanik mashinalarda minutiga 1,2 Vk dan 2,0 Vk gacha oralig’idabo’lishi kerak, bunda, Vk — kameraning geometrik hajmi, m3.

Bu talabni asosiy massa o’tadigan jarayonlarda, ya’ni asosiy va nazorat flotatsiyalarida ko’llash zarur, tozalash jarabyonlari uchun, ya’ni kam maxsulat boradigan jarayonlarda nisbatan kam debitga ruxsat etiladi.
Mexanik va pnevmomexanik mashinalarning kamerasi kerakli soni har bir jarayon uchun quyidagicha aniklanadi:
n=
Bu erda,
V- flotatsiyalanayotgan bo’tananing sutkalik hajmi, m3 /sutka
t- flotatsiya davomiyligi, min
Vk -kameraning gsomstrik xajmi, m3, 8
k - kameradagi bo’tana hajmining kameraning geometrik hajmiga nisbati (0,7 - 0,8).
Har bir jarayonga alohida flotatsiya mashinasining o’lchami va kamerasi soni quyidagicha aniqlanadi:

Jarayon

V,m3/soat

t, min

Vk, m3

k

n, dona

n, dona

Sikllararo flotatsiya

1292,88

9

70

0,75

3,7

4

Asosiy flotatsiya

1609,34

11

70

0,75

5,6

6

I nazarat flotatsiyasi

1565,66

8

70

0,75

4,0

4

II nazorat flotatsiyasi

1593,86

8

70

0,75

4,0

4

I tozalash flotatsiyasi

57,59

5

8,5

0,75

0,8

1

II tozalash flotatsiyasi

42,93

5

8,5

0,75

0,6

1

Laboratoriya va yarim sanoat tajribalaridan ma’lumki, bitta flotatsiya mashinasida: flotatsiyalash vaqti quyidagicha:


Sikllararo flotatsiyada - 9 min;
Asosiy flotatsiyada - 11 min;
Nazorat flotatsiyasida - 8 min;
Tozalashda - 5 min.
Shunday qilib, ushbu loyihada RIF turdagi pnevmomexanik flotatsiya mashinasi qo’llaniladi:

  • Sikllararo flotatsiyaga 4 dona RIF-70

  • Asosiy flotatsiyaga 6 dona RIF-70

  • Nazorat flotatsiyasiga 8 dona RIF-70

  • Tozalash flotatsiyasiga 2 dona RIF-8,5 mashinasi o’rnatiladi.




Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling