1. Nazariy qism
Download 0.58 Mb.
|
oltin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. MURAKKAB TARKIBLI OLTIN SAQLOVCHI RUDALARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIK SXEMASINI TANLASH.
2. TEXNOLOGIK QISM.
2.1. MURAKKAB TARKIBLI OLTIN SAQLOVCHI RUDALARNING TASNIFLANISHI. Kokpatas oltin koni Bukantau tog’ida joylashgan bo’lib, Uchquduq shahri shimoliy-sharqidan 35 kilometr masofada joylashgan. Kokpatas kareyeri (o’rtacha maydoni 70 kv.kl) skubraxiantal submeridianal yuvilishlar(cho’zilmalar, taramlar) o’rab olgan. Bu yerning hamma joyida karbanatlarning yadrosi rivojlangan bo’lib, ular proterozoy metamarfizirlashgan va birlashgan cho’kindi qatlami qorashox va ko’kpatas tog’ jins tizmasiga mansub bo’lib, yuqori polizoy qatlamining katta miqdori yuqoriga yorib chiqqan. Konda ko’plab turli marfalogiyadagi parchalanish bo’linish rudalari mavjud. Konning katta kengliklarga tarqalganligi bir qancha afzalliklarga ega bo’lib, oltintarkibli mayin zarrali rudalarni turli shaklda bo’lishini nazorat qiluvchi xossaga ega. Jadval № 4. Ko‘kpatas koni sulfidli rudalarining kimyoviy tarkibi.
Jadval № 5. Ko‘kpatas koni sulfidli rudalarining kimyoviy tarkibi.
Alohida uchastkalarda ko‘rinmas oltin miqdorining 3% gacha pirit kristallari aniqlangan, aftidan u klaster shaklida bo‘ladi. Bu uning klasterli nanozarra ko‘rinishida bo‘lishini tasdiqlaydi. Kimyoviy tahlil ma'lumotlariga ko‘ra juda sulfidlashgan jinslarda oltin miqdori ortadi (1,96-4,5 g/t), kvars-karbonatli jinslarda oltin oz miqdorda (0,12-0,28 g/t) bo‘ladi. Gravikonsentratda oltin miqdori 19,6 g/t yetadi va to‘g‘ri pirit va arsenopirit konsentratsiyasiga mutanosib (proporsional). Kvars yorig‘ida va slanetsning piritli va rangsiz ruda birikmali kvarslangan zonasida sof kumushning yakka zarralari topilgan. Kumush o‘lchami 4 dan 25 mkm.gacha. Shakli noto‘g‘ri va ovalli (uzunchoq). Kumushning asosiy qismi element-aralashma ko‘rinishida yuqori probali oltin (Ag-20-25%) tarkibiga kiradi. Elementning ozgina qismi rangsiz ruda-tetraedritda bo‘lishi mumkin. 2.2. MURAKKAB TARKIBLI OLTIN SAQLOVCHI RUDALARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIK SXEMASINI TANLASH. Flotatsiya sxemasini ishlab chiqish nazorat va qayta tozalash operatsiyalarining belgilangan sonini, turli usullar bilan oltinni flotatsiya qoldiqlarini ajratib olish tajribalarini, 2 yoki 3 bosqichda flotatsiyani o‘tkazishni, qumli flotatsiyalash reagentlariga ajratishli ishlov berish bilan flotatsiya sxemasini sinashni va b.larni o‘z ichiga oladi. Nazorat va qayta tozalash operatsiyalarining sonini aniqlashda quyidagilarga tayanish mumkin: - yuqori sifatli (qiymatdor) va qiyin flotatsiyalanuvchi oltin mavjud rudalarni va boshqa qimmatbaho minerallarni flotatsiyalashda nazorat operatsiyalari sonini oshirish mumkin. - agar nisbatan kamqiymat (kamsifat) rudadan yuqori sifatli konsentrat olish talab qilinsa, minerallarni ajratib olish yaxshi flotatsiyalanishi bilan ajralib tursa, qayta tozalash operatsiyalari soni yetarlicha ko‘p (5-6 gacha) bo‘lishi mumkin. Nisbatan yirik qiyin flotatsiyalanadigan oltin, flotatsiyada qora konsentratga o‘tib, qayta tozalash operatsiyalari jarayonida ma'lum miqdorda sanoat mahsulotiga beriladi. Tozalashning aralash sxemasini qo‘llab, bunday oltinning sanoat mahsulotiga o‘tishini sezilardi darajada qisqartirish mumkin. Oxirgisi ham flotatsiyani ham gidrotsiklonda boyitishni o‘z ichiga oladi. Qora konsentratni, keyinchalik quyilishni qayta tozalash bilan, gidrotsiklon orqali o‘tkazish bilan eng yaxshi natijalar olinadi. Bu holatda gidrotsiklonlar qumlardan va quyilishning flotatsiyali qayta tozalanishidan tuzilgan konsentrat tayyor mahsulot hisoblanadi. Nazorat va qayta tozalash operatsiyalarida olingan sanoat mahsulotlar moddali tarkibini aniqlashni binokulyar mikroskop ostida o‘rganish zarur. Sanoat mahsuloti moddali tarkibini bilish chiqindilar va konsentratlarning eng moddali tarkibini ko‘zda tutish imkonini beradi. Birqancha holatlarda fraksiya qumlari yig‘gichlariga ishlov berishni alohida davrda (siklda) flotatsiyalash bilan, chiqindi flotatsiyasini shlamlar va aralashma flotatsiyasini birlashtirish bilan ishlov berishni ko‘zda tutuvchi sxema yanada samaraliroq bo‘lishi mumkin. Ushbu sxemaga mos ravishda qumlar zich bo‘tanada (pulpada), shlamsiz flotatsiyalanadi, shlamlar esa qumlar bilan birga flotatsiyalanadi, bu tanlab ajratilmagan (selektiv bo‘lmagan) flokkullar hosil bo‘lishini kamaytiradi va bo‘tana (pulpa) yelimshakligini pasaytiradi. Shunday qilib, shlamlarning qumlar flotatsiyasiga salbiy ta'siriga yo‘l qo‘yilmaydi, lekin oxirgilarning shlamlar flotatsiyasiga ijobiy ta'siri saqlanib qoladi. Alohida tajribalar bilan flotatsiyaning alohida sharoitlari belgilangandan so‘ng jarayonnning to‘liq sxemasi tuziladi. Sxemada barcha asosiy va yordamchi operatsiyalar, shuningdek, sanoat mahsuloti harakatlanish yo‘li ham ko‘zda tutilishi lozim. Sanoat mahsuloti qaytish nuqtasini tanlashda ushbu mahsulotlarning moddali tarkibiga va olingan konsentrat sifatiga talablarga tayanish mumkin. Agar sanoat mahsulot flotatsiya boshiga yuborilsa, unda foydali qazilmalarning anchagina qismi barcha sxema bo‘yicha ko‘p martali flotatsiya jarayonida yo‘qotilgan bo‘lishi mumkin. Agar har bir sanoat mahsuloti oldingi operatsiyaga qaytarilsa, unda oxirgi konsentrat sifati ko‘p darajada yomonlashadi, lekin unga foydali komponentni ajratib olish yuqori bo‘ladi. Ko‘pincha sanoat mahsuloti qaytish nuqtasini tanlashda faqatgina unga oltin va boshqa foydali komponentlarni qo‘shishga amal qilinadi. Bu holatda sanoat mahsuloti ajratib olingan komponentlar miqdori, taxminan, sanoat mahsulotidagi miqdor bilan bir xil bo‘lgan materialga qo‘shiladi. Bunday rasmiy uslubni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi, chunki foydali komponent miqdori hali ularning flotatsiyada o‘zini tutishini aniqlamaydi. Ayrim sanoat mahsulotlarida oltin va metallar miqdori shunday shaklda bo‘ladiki, ularni flotatsiya bilan umumiy sxemada ajratib olish mumkin bo‘lmaydi. Bunday mahsulotlar uchun teskari operatsiyalar tuzish zarur. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling