1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari


Download 79.46 Kb.
bet21/27
Sana17.06.2023
Hajmi79.46 Kb.
#1526675
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa

An’anaviy tilshunoslik: har kanday gap tarkibida ega-kesim munosabati yotadi. Qolgan bo‘laklar ikkinchi darajali va ular gap mazmunini kengaytiradi.
Gap bo‘laklarini belgilashda bosh mezon sintaktik birliklarning tobe aloqasi sanalishi. Bu aloqaga kirishmagan sintaktik birliklar gap bo‘laklari doirasidan chetda qolishi.
Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat bir butunlik ekanligi. Gapning sintaktik strukturasi sintaktik shakllar (gap bo‘laklari)dan iboratligi.


23.Morfemik va so‘z yasalish sathi. Morfemalar va ularning turlari, so‘z yasash usullari. (ularning tillarda turlicha bo‘lishi)
Morfemik sath asosini morfemalar tashkil qiladi. U so‘z va grammatik formalar tarkibiga kiradi, talaffuzda fonemalar yig‘indisidan iborat va grammatik shakllar tarkibida variantlarga ega bo‘ladi. Morfema — (grekcha - shakl) tilning asosiy birliklaridan biri. Ma’lum fonetik shaklga (ifodalovchiga) aniq ma’no (ifodalanmish) teng keladigan minimal birlik sifatida boshqa shu turdagi birliklarga ajralmaydi. Morfema nutqiy matnni ikki tomonlama — tilni belgilarga ajratuvchi birinchi bo‘linishning (A.Martine) mahsuli sifatida o‘zi bilan muayyan bir ierarxik qatorga joylashgan va bir tomonlama formal bo‘linish sanalgan ikkinchi turdagi bo‘linishning mahsuli bo‘g‘indan farq qilishi bilan xarakterlanadi. Morfema eng kichik ma’noli birlik bo‘lib, nutqiy jarayonida variantlar orqali voqelanadi. Ayrim ilmiy manbalarda morfema variantlari morf yoki allomorf deb yuritiladi. L.V.Shcherbaning ta’kidlashicha, tilshunoslikka "morfema" atamasini I.A.Boduen-Kurtene olib kirgan. U bu atama orqali so‘zning eng kichik ma’noli qismini belgilagan. Uning fikricha, uzviy bog‘liq muayyan nutq gaplarga yoki iboralarga, gaplar so‘zlarga, so‘zlar morfologik bo‘g‘inlar yoki morfemalarga, morfemalar fonemalarga bo‘linadi.
V.M.Solnsev morfema atamasini turli manbalarda bir-biridan farq qiluvchi muayyan belgilar asosida ajratilishini hisobga olib, ularni umumlashtirgan holda quyidagicha izohlashni taklif qiladi.

Download 79.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling