1. Neft tarkibini fizik va kimyoviy usullar bilan o‘rganish


Download 24.96 Kb.
bet1/4
Sana25.04.2023
Hajmi24.96 Kb.
#1397826
  1   2   3   4
Bog'liq
NEFT TARKIBINI FIZIK VA KIMYOVIY USULLAR BILAN O‘RGANISH


NEFT TARKIBINI FIZIK VA KIMYOVIY USULLAR BILAN O‘RGANISH
Reja
1. Neft tarkibini fizik va kimyoviy
2. Neft tarkibini fizik va kimyoviy usullar bilan o‘rganish

Neft va uning fraksiyalari tarkibini o‘rganish, asosan neftni qayta ishlash jarayonining eng engil va to‘g‘ri yo‘lini topish uchun, neftni qayta ishlash jarayonini modellash uchun, neftni qayta ishlash zavodlari quvvatini asoslash uchun va neftning paydo bo‘lish haqidagi nazaryani rivojlantirish uchun kerak.


Neft va neft maxsulotlarni taxlil qilish bir necha turlarga bo‘linadi: 1. Elementar. 2. Individual. 3. Gurux. 4. Struktura – guruhli. Texnikaning fizik - kimyovy taxlil usullari rivojlanishi neftning element tarkibini aniqlashdan, to gurux va individual tarkibini aniqlashga olib keladi.


Neftning element tarkibini aniqlash

Neftning qayta ishlash jarayonini to‘g‘ri tanlash, material balansini xisoblash uchun uning element tarkibini bilish kerak.


Neft tarkibida oltingugurt, azot va kislorodli birikmalar bo‘lishi maxsus tozalash kurilmalarini kurishni talab qiladi. Shuning uchun neft tarkibida oltingugurt, azot va kislorodli birikmalarning qancha ekanligini bilish kerak.
Oltingugurt, azot va kislorod, neftda 3-4% mass. tashkil qiladi, xar bir massa birligiga 15-20% mass. uglevodorod radikallari to‘g‘ri keladi. Uglevodorod qismiga esa neft umumiy og‘irligining 40- 50% mass. to‘gri keladi.
Neftning asosiy qismini uglerod 83 - 87% va vodorod 12 - 14% tashkil qiladi. Neftda bo‘lgan vodorod, uglerodlar miqdorini va nisbatini bilish, ba'zi bir jarayonlarni olib borish uchun tuziladigan xisoblarda kerak. Masalan: gidrokreking jarayonida kerakli bo‘lgan fraksiyani olish uchun qancha vodorod berish kerak bo‘ladi?


C-R1-R2 + H2  H - R1 + H - R2 + CH4

Neftning element tarkibini bilish yonish, gazlashtirish gidrogenizatsyalash va kokslash jarayonlarini xisoblash uchun kerak bo‘ladi.


Uglerod va vodorodning element taxlili neft va neft maxsulotlarining organik qismini kislorod yordamida qoldiqsiz CO2 va suvgacha yoqilib, ular miqdori bo‘yicha uglerod va vodorod aniqlanadi.
Neft maxsulotlaridagi oltingugurt miqdori lampa usuli yoki kvars trubada yondirish usuli bilan aniqlanadi.
Lampa usulida neft maxsuloti maxsus lampalarda tutunsiz alanga xosil qilib yondiriladi. Yonishdan xosil bo‘lgan SO2 gazi absorberda sodaning 10% (Na2SO3) eritmasida yuttiriladi va ortiqcha soda xlorid kislota bilan titrlanadi. SO2 ni bog‘lashga ketgan soda miqdori topilib, oltingugurt miqdori aniqlanadi.
Kvars trubkada yoqish usuli lampa usulidan kam farq qiladi. Faqat xosil bo‘lgan SO2 gazi suv bilan SO3 gacha oksidlanadi va SO3 sodali eritmaga yuttirilib, titrlab oltingugurt miqdori topiladi. o‘rta va og‘ir neft maxsulotlari tarkibidagi oltingugurt kalorimetrik bombada yoqish usuli bilan aniqlanadi. Bosim ostida kislorod berilib yoqiladi. Buning uchun kalorimetrik bombaga 10cm3 suv quyiladi. Neft maxsuloti yoqilgandan sung bomba ishidagi maxsulotlar yuvib olinib qaynatiladi. CO2 xaydab, sungra suvli bariy xlorid (BaCl2) solinadi. Chukmaga tushgan bariy sulfat (BaSO4) olib, yuvib quritiladi va uning og‘irligi bo‘yicha oltingugurt miqdori aniqlanadi.
Neft va neft maxsulotlaridagi azot miqdori, Keldal usuli bilan aniqlanadi. Bu usulda neft maxsulotlari konsentrlangan sulfat kislota (H2SO4) bilan oksidlanadi, xosil bo‘lgan ammony sulfat (NH4SO4) ishkor bilan ishlanib, xosil bo‘lgan ammiak (NH3) kislota eritmasi bilan titrlab aniqlanadi.

Download 24.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling