QISQACHA XULOSALAR
Neoliberalizm keynschilik ta’limoti davrida yuzaga keldi, ammo davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat «sport sud’yasi» vazifasini bajarishi, ya’ni erkin iqtisodiyot qonun-qoidalarini tartibga solishi kerak, xolos. Bu yo’nalishning yirik uch markazi Germaniya, AQSh va Angliya paydo bo’ldi. Germaniya ijtimoiy bozor xo’jaligi konsepsiyasi ilgari surildi va amalda yaxshi natijalar berdi, davlat iqtisodiy siyosati darajasiga ko’tarildi. Ijtimoiy va boshqa mamlakatlarda, xususan, mustaqil O’zbekistonda ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Chikagoda paydo bo’lgan monetarizm maktabi M.Fridman nomi bilan mashhur bo’ldi, uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning qattiqqo’l pul siyosatidir, har yili kon’yukturaga bog’lanmagan holda pul massasini 3-4% oshirish taklif etiladi, bu yo’l AQShda yaxshi natija berdi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Neoliberalizm; davlat roli; «sport sud’yasi»; «Lippman kollokviumi»; ijtimoiy bozor xo’jaligi; Rebke, Ryustov, Oyken, Yedxard; ordoliberalizm; «rasmiylashgan jamiyat»; iqtisodiy tizim tiplari; monetarizm; Fillips egri chizig’i; Fridman; «ishsizlik tabiiy normasi»
Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko’zin qorasi javhari ham biz,
To’garak jahonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz, uning ko’zi-gavhari ham biz
Umar Xayyom
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLARI EVOLYUTSIYASI
1. Hozirgi davr iqtisodiy ta’limotlarining asosiy xususiyatlari.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishining shakllanishi va rivojlanishi.
3. Keynsning iqtisodiy qarashlari,keynschilik,yangi keynschilik.
1. Hozirgi davr iqtisodiy ta’limotlarining asosiy xususiyatlari
Bozor munosabatlarining amalda namoyon bo’lishi, turli mamlakatlar, sohalar va tarmoqlarda bir-biridan farq qilganligi tarixdan ma’lum. Shuningdek, bozor munosabatlari to’g’risidagi g’oya va qarashlar o’z xususiyatlariga ega bo’lgan. Biroq XIX asr oxiri va XX asr boshiga kelib, iqtisodiy munosabatlar rivojidagi xususiyatlar yangicha yondashuv, tahlil va talqinlarni taqozo eta boshlagan. Bu esa, tadqiqotlarning yo’nalishlarida namayon bo’ldi. Nazariy tadqiqotlar amaliy faoliyatni chuqurroq o’z ichiga qamrab olishi bilan bir qatorda, amaliyotda ham nazariy qoidalarni qo’llash uchun intilish kuchaydi,ya’ni nazariya va amaliyot birligi muhimdir.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bunday sharoit, hozirgi davr iqtisodiy g’oyalarining shakllanishi va rivojlanishi uchun boshlang’ich nuqta bo’ldi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixida mazkur g’oyalarning vujudga kelishi va rivojlanishi asosan uch xil yo’nalishga ajratib o’rganilmoqda:
Bular: 1. Ijtimoiy-institusional; 2. Keynschilik va yangi keynschilik; 3. Neoklassik.
Do'stlaringiz bilan baham: |