1. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari Ijtimoiy bozor xo’jaligi konsepsiyasi Chikago monetarizm maktabi


Download 30.85 Kb.
bet3/8
Sana04.02.2023
Hajmi30.85 Kb.
#1163749
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-MAVZU.

3. Chikago monetarizm maktabi
Keynchilikka muqobil ravishda AQShda neoliberalizmning Chikago maktabi vujudga keldi, uning monitar (pul bilan bog’liq) g’oyalari Chikago universitetida 20 yy. paydo bo’ldi. Ammo neoliberal yo’nalish xarakatida amerika monetarizmi mustaqil keyinchalik ilg’orlik pozisiyalarni faqat 50-yillar ohiri - 60-yillar boshida egalladi. Bunda M.Fridmen (1912) nashrlari muhim ahamiyat kasb yetdi (1976 yilgi iqtisodiyot bo’yicha Novbel mukofoti laureati). Fridmen va uning safdoshlari Keynsning pulsiz omillari (masalan, investisiyalar) o’rniga aynan pulli omillarni afzal ko’rdilar.
1958 yil A.U.Fillipsning yempirik egri chizig’i paydo bo’lishi bilan pul hisobidagi ish haqining yillik foiz o’zgarishi va ishsizlik darajasi (hissasi) o’rtasidagi bog’lanish aniqlandi. Bunda 1861-1913 yillar Angliyadagi real ma’lumotlardan foydalanilgan. 1964 yil P.Samulson o’zining mashhur «Ekonomiks» darsligining 6 nashriga shu grafikni kiritdi va uni Fillips egri chizig’i deb atadi. Avvalgi tadqiqotlarda (masalan, Keyns) inflyasiyasiz to’la bandlik iqtisodiy siyosatning maqsadi sifatida qarab kelinar edi. Bu egri chiziqqa ko’ra, baholar mo’tadilligi va ishsizlik nomuvofiq xodisalar bo’lib chiqdi, askincha konflikli maqsadlar yekan: ishsizlikni kamaytirish inflyasiyani kuchaytirish yo’li bilan yerishiladi, inflyasiyani pasaytirish esa odatda ishsizlar ko’payishini taqozo etadi. Shunday qilib, bir vaqining o’zida turg’un baholar va to’la bandlikka bo’lgan ishonch, barqaror baho va to’la bandlik o’rtasida tanlash bilan o’rin almashdi.
M.Fridmen va uning safdoshlari Fillips egri chizig’ini har tomonlama o’rganib, u (egri chiziq) har doim ham turg’un emasligi ma’lum bo’ldi, ayniqsa 60-yillar ohirida ko’pgina mamlakatlarda inflyasiya o’sishi «mantiq»qa qarama-qarshi ishsizlikning pasayishi emas, balki uning o’sishi va 70-yillar boshida esa inflyasiya va ishsizlikning bir vaqtda o’sishi bilan ro’y berdi.
M.Fridmen iqtisodiy jarayonlarda pul, pul massasi va pul muomalasi ahamiyatini ko’tarishga harakat qildi. Pulning aslida neoliberal monetar konsepsiyasi AQShning respublika (1969-1970yillar Nikson prezidentligi davrida) hukumati tomonidan sinovdan o’tdi (bunda M.Fridmen prezident maslahatchisi edi). Ammo monetar iqtisodiy g’oyalar AQShning keyingi prezidenti davrida yaxshi natija berdi. Tarixda va iqtisodiyotda reygonomika deb nom olgan bu siyosat dollar real mustahkamlangan bir sharoitda inflyasiyani kamaytirish mumkin bo’ldi, R.Reygan prezidentlik davrida yangi 14 million millioner - tadbirkor paydo bo’ldi. Demokrat B.Klinton (8 yil) prezidentligi davrida ham shu siyosat davom yettirildi va yaxshi natija berdi.
Fridmen konsepsiyasi asosiy masala davlatning qattiqqo’l pul siyosatidir (boshqalardan, masalan, Keynsdan farqi). Bu Fridmenning «ishsizlik tabiiy normasi» tushunchasi bilan bog’liq bo’lib, kon’yutura holatiga bog’lanmagan holda, har yili pul massasi 3-4 foizga doim va turg’un (stabil) ravishda oshirib borilishi kerak. AQSh ning qator yillar davomida yalpi milliy mahsuloti o’sishi o’rtacha sur’atlarini hisobga olib, milliy iqtisodiyotning maksimal mumkin bo’lgan darajasi aniqlanadi.
Fridmenning «ishsizlik tabiiy normasi» konsepsiyasi institutsional, shuningdek qonuniy hujjatlarga asoslanadi (masalan, kasaba qo’mitalari, minimal ish haqi to’g’risidagi qonun).

Download 30.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling