1. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari Ijtimoiy bozor xo’jaligi konsepsiyasi Chikago monetarizm maktabi


Download 30.85 Kb.
bet8/8
Sana04.02.2023
Hajmi30.85 Kb.
#1163749
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-MAVZU.

QISQACHA XULOSALAR

XX asrda vujudga kelgan va avvalgilaridan ko’ra ko’p sohalarda farq qiladigan iqtisodiy ta’limotlar hozirgi zamon nazariyalari hisoblanadi. Ularning muhim xususiyatlari shuki, xayot tajribasi asosida muhim yangi xulosalar va yangi takliflar yuzaga keldi. Masalan, o’z davrida faqat sof holdagi tadqiqotlar xaqidagina gap borgan bo’lsa (erkin bozorda davlat roli deyarli yo’q, buyruqbozlik iqtisodiyotida ishlab chiqarish va istemol bo’yicha qarorlar davlat tomonidan qabul qilinadi), endilikda odatda "aralash iqtisodiyot" to’g’risida gap boradi va bozor munosabatlari saqlangan xolda davlat ham xo’jalikka turli yo’llar va sabablarga ko’ra aralashadi. Endigi nazariy xulosalar hayotga tobora yaqinlashib bormoqda.


Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarida uch asosiy yo’nalish (yangi klassik, keynschilik va institusional) yaqqol ko’zga tashlanadi. Institusionalizmda subyektiv omillar, jamiyat tashkilotlari, oila, xuquq, psixologiya va davlat tashkilotlari roli hal qiluvchi qilib ko’rsatiladi. Keyns ta’limotida davlat roli kuchayadi,aralash iqtisodiyot tan olinadi, investisiya roli to’g’ri hal etiladi.
Neoklassik yo’nalish avvlgidek iqtisodiyotga davlatning aralashuvini cheklash tarafdori, ammo ijtimoiy yo’naltirilgan bozorni(Oyken, Relke,Ryustov) qo’llaydi. M.Fridmen iqtisodiyotda pulning roliga yetakchi o’rin beradi(monetar siyosat).


Tayanch ibora va tushunchalar.
Institusionalizm evolyusiyasi; institusionalizm oqimlari: ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-huquqiy, kon’yuktura – statistik; Keynsning iqtisodiy ta’limoti; «umumiy-bandlik nazariyasi»; «kapitalning eng yuqori samaradorligi"; foiz normasi va likvidlik afzalligi, multiplikator; akselerator; neoklassik maktab va neoliberalizm; Fridmanning monetar maktabi, neoinstitusionalizm; Gelbreytning konvergensiya nazariyasi.
Download 30.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling