21, Quyida qayd etilgan pul shakllarining qaysi biri “banknot” deb yuritiladi?
a) Tovar shaklidagi pul (b.a.o.VII asrgacha)
b) Tanga pullar (b.a.o. VII – XIX asrgacha)
c) Qogʻoz pullar (XIX-XX asr)
d) A va V javoblar toʻgʻri
22. Banknot nima?
a) Fuqaro, korxona, firma yoki bankning mablagʻ yetishmasligidan oʻz majburiyatlari boʻyicha qarzlarni toʻlashga qurbi yetmasligi
b) Markaziy emissiya banklari tomonidan chiqariladigan foizsiz kredit biletlaridir
c) Belgilangan muddatda qarz pulini toʻlash uchun berilgan tilxat
d) Pulning xarid qobiliyatining pasayib ketishi
23. Chek nima?:
a) Markaziy emissiya banklari tomonidan chiqariladigan foizsiz kredit biletidir
b) Qoʻshimcha mahsulotning pul shakli
c) Aksioner jamiyat foydasining aksiya egasiga tegadigan, binobarin, uning daromadiga aylangan qismi
d) Imzolaganning joriy hisobidan muayyan summani berish yoki boshqa hisobga oʻtkazish haqida bankka berilgan yozma farmoyishni ifoda etuvchi hujjat
24. Veksel nima?
a) Sotilishi mumkin
b) Kredit shaklida berilishi mumkin va toʻlov vositasi vazifasini bajarishi mumkin
c) Oldi-sotdi bitimida hisob-kitob sifatida ishlatilishi mumkin
d) Barcha javoblar toʻgʻri
25. Vekselning amal qilish muddatini choʻzish nimani anglatadi?
a) Vekselni inkassatsiya qilishni anglatadi
b) Vekselni domitsillyatsiya qilishni anglatadi
c) Vekselni prolongatsiya qilishni anglatadi
d) Vekselni diskont qilishni anglatadi
26. Mijoz topshirigʻi asosida veksel boʻyicha toʻlov olish operatsiyasi nima?
a) Veksellarni diskont qilish deb yuritiladi
b) Veksellarni prolongatsiya qilish deb yuritiladi
c) Vekselni domitsillyatsiya qilishni anglatadi
d) Veksellarni inkassatsiya qilish yordamida bajariladi
27. Oʻtkazma veksel egasi nima deb yuritiladi?
a) Trassant deb yuritiladi
b) Trassat deb yuritiladi
c) Tratta deb yuritiladi
d) Indossament deb yuritiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |