41. Bimetallizm deganda nima tushuniladi?
a) Oltin va kumushga qonuniy tartibda umumiy ekvivalent rolini biriktirib qoʻyilishi tushuniladi
b) Bitta metallga barcha tovarlar qiymatini oʻzida aks ettiruvchi umumiy ekvivalent rolining biriktirib qoʻyilishi tushuniladi
c) Pulni olqishlovchi nazariya tushuniladi
d) Oltinni pulning barcha vazifalarini bajarishdan mahrum etilishi tushuniladi
42. Inflyatsiya deganda nima tushuniladi?
a) Muomalada keragidan ortiqcha pulning paydo boʻlishi tushuniladi
b) Narx-navo oʻsib ketishi tushuniladi
c) Pulning qadr-qiymati va xarid qobiliyatining pasayishi tushuniladi
d) Pulning qadrsizlanishi, obroʻsizlanishi tushuniladi
43, Monometallizm deganda nima tushuniladi?
a) Parallel valyuta tizimiga qonuniy tartibda umumiy ekvivalent rolining biriktirib qoʻyilishi tushuniladi
b) Ikki yoqlama valyuta tizimiga qonuniy tartibda umumiy ekvivalent rolining biriktirib qoʻyilishi tushuniladi
c) “Oqsoqlanuvchi” valyuta tizimiga qonuniy tartibda umumiy ekvivalent rolining biriktirib qoʻyilishi tushuniladi
d) Bitta metallga barcha tovarlar qiymatini oʻzida aks ettiruvchi umumiy ekvivalent rolining biriktirib qoʻyilishi tushuniladi
44. Parallel valyuta tizimi qaysi holatda qoʻllaniladi?
a) Oltin va kumush tangalar qonuniy toʻlov vositalari hisoblangan boʻlsalar-da, kumush tangalarni zarb etish yopiq tarzda, oltin tangalarni zarb etish esa, erkin xolda amalga oshirilganda
b) Oltin va kumush tangalar oʻrtasidagi nisbat davlat tomonidan belgilab qoʻyilganda
c) Oltin va kumush tangalar oʻrtasidagi nisbat bozor baholariga mos ravishda stixiyali tarzda oʻrnatilganda
d) Bimetallizm oʻzining kumush oyogʻida oqsab qolganda
45, Oltinni demonetizatsiya qilish deganda nima tushuniladi?
a) Erkin zarb etilishi va muomalada bemalol harakatda boʻlishi tushuniladi
b) Pulning barcha vazifalarini bajarishdan mahrum etilishi tushuniladi
c) Oltindan tezavratsiya maqsadlarida foydalanish tushuniladi
d) Jismoniy shaxslar va davlatlar oʻrtasida cheklangan miqdorda harakat qilishi tushuniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |