Nizo va stressni boshqarish
Reja:
1. Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari.
2. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar.
3. Ishlab chiqarishdagi nizolarning oldini olish va bartaraf etish.
4. Stress va uni boshqarish.
1. Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari
O’zbek tilining izohli lug’atida nizo tushunchasi quyidagicha talqin qilinadi:
“Nizo — bu o’zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug’ilg’an holat, munosabat; ixtilof, nifoq”.
Adovat, ixtilof, nifoq tufayli o’zaro janjallar sodir bo’ladi. Odamlar janjal haqida o’ylaganlarida dushmanlik, qo’rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi.
Boshqarish jarayonida nizo — bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o’rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
Ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi va ularning ish qobiliyatini pasaytiradi, jamoadagi "ruhiy iqlim" ni yomonlashtiradi, kadrlar qo’nimsizligini ko’paytiradi. Shuning uchun bu masalalarga doimo e’tibor berish, mehnat jamoalarini boshqarishni, kadrlar turg’unligini ta’minlovchi shartlardan biridir. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar oldini olishning barcha imkoniyatlaridan foydalanish lozim.
Nizo qanday xarakterga ega bo’lmasin va u qay darajada katta bo’lmasin, barcha hollarda nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat bilan tahlil qilinishi lozim. Rahbar har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va obyektivlik bilan yetishi, tegishli xulosalar chiqarishi kerak.
Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko’ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan:
* mehnatni tashqil qilishdagi kamchiliklarni;
*haq to’lashning takomillashtirilmagani;
*yomon mehnat sharoitlarini;
*mehnat haqidagi qonunlarni buzishni;
*rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini;
Do'stlaringiz bilan baham: |