1. Nobank kredit tashkilotlari va ularni tashkil etish Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari Mikrokredit tashkilotlari


Lombardlar va ularning tashkil topishi


Download 24.27 Kb.
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi24.27 Kb.
#1516745
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-мавзу маьруза

Lombardlar va ularning tashkil topishi
Lombardlar - ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo'lib, asosiy faoliyati fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida, qisqa muddatli kreditlar berish va buyumlarni saqlash bilan shug'ullanadi. Lombardlarning ixtisoslashganlik darajasiga qarab buyumlar, oltin buyumlar va avtoulovlar garov sifatida qabul qilinadi. Buyumlar tomonlaming o'zaro kelishuvi asosida baholanadi. Lombard va kredit oluvchi shaxs o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida kredit beriladi.
Dastlabki lombardlar XV asrlarda Fransiyaning Lombard shahrida savdogarlar tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunda amaliyotda qo'llanilib kelinayotgan "lombard" termini shu tariqa paydo bo'lgan.
Lombardlarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ushbu muassasalar mijozning ehtiyoji uchun zarur bo’lgan summani juda tez fursatda berish imkoniyatiga egaligidir. Bunda lombard va qarz oluvchi o'rtasida, ko'pchilik hollarda qimmatbaho buyumlar garov sifatida foydalaniladi. Lombard tashkiloti berilgan kredit uchun undirilishi lozim bo'lgan foiz to'lovini, ko'pchilik hollarda, oldindan kredit summasidan chegirib qoladi.
Lombard kredit uchun hisoblanadigan foiz summalari quyidagi tartibda hisoblanadi.
Masalan, kredit summasi - 1,0 mln so'm, oylik foiz to'lovi - 3 %, kreditdan foydalanish muddati - 20 kun.
Kredit summasidan kelib chiqib, ushbu kredit summasiga nisbatan to'lanadigan foiz to'lovi quyidagicha aniqlanadi: 1000000*0,003*20=60000 so'm. O'zbekistonda lombardlar bank tizimining ikkinchi pog'onasidagi kredit muassasalari tarkibiga kiradi.
Bobga oid savollar

  1. Mikromoliyaviy tashkilotlarning mohiyati.

  2. Kredit uyushmalari va ularning vazifalari.

  3. Kredit uyushmalarini tashkil etishga qo'yilgan talablar.

  4. Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari.

  5. Kredit uyushmalari passiv operatsiyalari.

  6. Kredit uyushmalarining daromadlari.

  7. Kredit uyushmalarining xarajatlari.

  8. Lombardlarning tashkil etishning zarurligi.

  9. Lombardlarni ro'yxatga olish va litsenziya berish.

10. Lombardlarning kredit operatsiyalari.


Download 24.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling