NOBANK KREDIT TAShKILOTLARI VA ULARNING TURLARI
2. O‘zbekistonda nobank kredit tashkilotlari. Nobank kredit tashkilotlarining turlari va ular
faoliyatining zarurligi. Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllanishi.
Ilk marotaba kredit kooperativini tashkil etish konsepsiyasi 1850 yilda Germaniyada, aholining kam ta’minlangan qatlamlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo‘lgan. Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German Shulse-Delich va kredit uyushmalari faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo‘lib bayon etgan hamda keyinroq kredit uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko‘mak bergan Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng bu inson birinchi bo‘lib kredit uyushmalar uchun faoliyat prinsiplarini yozadi va keyinchalik KREDIT UYUSHMALARI ASSOTSIATSIYASIni tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta’minlash bilan shug‘ullangan.
Kredit uyushmalari – kooperativ moliya tashkiloti bo‘lib, u uyushma a’zolariga tegishli va ularga demokratik prinsiplar asosida xizmat ko‘rsatadi. Kredit uyushmasining maqsadi jamg‘armalarni jalb qilish, umumiy mablag‘lardan a’zolarga kreditlar berishda foydalanish va uyushma a’zolarining moliyaviy ahvolini yaxshilovchi boshqa moliya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
Kredit uyushmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziya berishni amalga oshiruvchi organ bo‘lib “Markaziy bank tug‘risida”gi qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi. Yukorida aytilganidek, kredit uyushmalarining asosiy maksadi bo‘lib o‘zining a’zolariga yuqori sifatli va tezkor hizmatlar ko‘rsatishdan iboratdir.
NOBANK KREDIT TAShKILOTLARI VA ULARNING TURLARI
Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunga, “Kredit uyushmalari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra kredit uyushmalari faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tartibga soladi. U kredit uyushmalari uchun majburiy bo‘lgan moliya operatsiyalarini o‘tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |