1. Nobank kredit tashkilotlari va ularning zarurligi. Nobank kredit tashkilotlarining aktiv va passiv operatsiyalari


Kuyidagi xujjatlar kredit uyushmalari faoliyatini tartibga soladi


Download 19.61 Kb.
bet6/8
Sana31.01.2024
Hajmi19.61 Kb.
#1817770
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Nobank kredit tashkilotlari va ularning zarurligi. Nobank kre

Kuyidagi xujjatlar kredit uyushmalari faoliyatini tartibga soladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;

  • O‘zbekiston Respublikasi “Kredit uyushmalari tug‘risida”gi qonuni;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining me’yoriy hujjatlari.
    Kredit uyushmasining ta’sis hujjati bo‘lib uning ustavi hisoblanadi. Ustav kredit uyushmasi muassislarining umumiy yig‘ilishida qabul qilinishi kerak. Kredit uyushmasi a’zosi, auditor, istalgan manfaatdor shaxsning talabiga ko‘ra kredit uyushmasi unga ustav bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadigan kredit uyushmasi o‘z ishtirokchilariga moliyaviy mahsulot va xizmatlar taqdim etadi – ya’ni, u siyosat yoki hukumatga emas, balki ishtirokchilarga mo‘ljallangan. Kredit uyushmasining faoliyati moliyaviy subsidiyalarga bog‘liq emas. Kreditlash uchun mo‘ljallangan mablag‘larning asosiy manbai jamg‘arma depozitlari hisoblanadi. Ushbu mablag‘larning o‘sishi jamg‘armalarni safarbar qilishning o‘sishiga, kredit uyushmasining ichida esa – kapitallashtirish (taqsimlanmagan foyda) orqali o‘sishga bog‘liqdir.

    Kredit uyushmasi (KU) kooperativ bo‘lib, unga a’zo bo‘lgan har bir kishi uning sherik egasiga aylanadi. Sizning uyushmadagi pay hisob varag‘ingiz sizning “ulushingiz”ni bildiradi. Biroq pay badallari birjadagi kursi o‘sishi yoki tushib ketishi mumkin bo‘lgan aksiyalardan farq qiladi. Pay badallari hisob varaqlari bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Kredit uyushmasi kooperativ bo‘lganligi sababli u amalda ishlab topilgan ortiqcha foydanigina taqsimlay oladi.


NOBANK KREDIT TAShKILOTLARI VA ULARNING TURLARI

3. Nobank kredit tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdoriga qo‘yiladigan talablar.

Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari.

Ixtisoslashtirilgan banklarning turdagi sifatida investitsiya, jamg‘arma, rivojlanish va tarakkiyot banklarini keltirish mumkin. Kredit tizimining yana bir kismi nobank kredit muassasalari bo‘lib, davlat va korxonalarni moliyashtirishi, uzok muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi. Uzbekistonda 1997 yilda nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida qonun loyixasi ko‘rib chiqildi. Sug‘urta kompaniyalari, nafaka fondlari va boshqa fondlarning mablag‘laridan oqilona foydalanish va bu mablag‘larning samaradorligini ta’minlash masalasi qo‘yilgan. Xar bir mamlakatning kredit tizimi o‘z xususiyatiga ega bo‘lib, rivojlangan yirik universal banklar tarmoklarining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Germaniya bank tizimi eng yukori darajada rivojlangan davlat xisoblanadi. Quyidagi sxemadagi Germaniya bank tizimi keltiriladi.Germaniyaning kredit tizimi boshida Bundesbank turadi.


Download 19.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling