1. Норматив-ҳуқуқий ҳужжат тушунчаси ва турлари. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг ўзаро нисбати. J
Юридик шахс тушунчаси ва турлари. Юридик шахснинг ҳуқуқ лаёқати
Download 101.11 Kb.
|
umumiy savol-javoblar(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 89. Битимлар тушунчасига таъриф беринг. Битимларнинг қандай турлари мавжуд Шартнома билан битимнинг фарқи.
88. Юридик шахс тушунчаси ва турлари. Юридик шахснинг ҳуқуқ лаёқати. Yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati bir vaqtda roʻyxatdan oʻtishi bilan vujudga keladi. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi (FK, 41-modda). Aynan ushbu holat yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati doirasini kengaytirib, istalgan qonuniy harakatni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Yuridik shaxs oʻz ta’sis hujjatlari (ustavi, nizomi yoki ta’sis shartnomasi) asosida harakat qiladi. Yuridik shaxsning huquq layoqati, uning ta’sis hujjati tasdiqlangan paytdan boshlab yoxud tegishli vakolatli idora ushbu yuridik shaxsni tashkil etish haqida qaror chiqargandan keyin vujudga keladi. Yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi (FK, 44-modda, 4-qism). Turlari: Tijoratchi va notijoratchi
89. Битимлар тушунчасига таъриф беринг. Битимларнинг қандай турлари мавжуд? Шартнома билан битимнинг фарқи. Bitimlar deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlarga aytiladi (FK 101-modda). Bitimlar oʻzlarining belgilari boʻyicha quyidagi turlarga boʻlinadi (klassifikatsiya qilinadi): 1. Bir, ikki va koʻp tomonlama bitimlar FKning 102-moddasida belgilangan boʻlib, unda bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki koʻp taraflama (shartnomalar) boʻlishi mumkinligi, bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli boʻlsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanishi, shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim) yoki uch yoxud undan koʻp taraf (koʻp taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan boʻlishi kerakligi belgilangan. Har qanday shartnoma bitim hisoblansa ham, har qanday bitim shartnoma boʻla olmaydi. Aksariyat bitimlar shartnoma hisoblanishi mumkin. Shu sababli shartnomaga aksariyat hollarda bitim qoidalari qoʻllaniladi. Shartnomaga odatdagidek bitimning bir turi sifatida qaramaslik lozim. Shartnoma bitim turlaridan faqatgina bittasi hisoblanmaydi, u yuridik hujjat boʻlib, uning vositasida fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning ishtirokidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy munosabatlar tartibga solib boriladi. 2. Haq baravariga va tekinga tuziladigan bitimlar. Haq baravariga tuziladigan bitimlar boʻyicha tomonlardan har biri qarshi tomon foydasiga muayyan bir mulkni topshirish, pul toʻlash, ishni bajarish, biror bir xizmat koʻrsatish singari harakatlarni qilish majburiyatini oladi. Tekin, ya’ni haq toʻlanmay tuziladigan bitimlar asosida tomonlardan birigina ikkinchi tomon foydasiga biror-bir harakat qilish majburiyatini oladi. Bu yerda qarshi (muqobil) ijro yoʻq. Masalan, hadya, foizsiz qarz, mulkdan tekin foydalanish (ssuda) toʻgʻrisidagi shartnomalarni koʻrsatish mumkin. 3. Konsensual va real bitimlar. Konsensual1 bitim deb, huquq va majburiyatlarni oʻzaro kelishish va bunday kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish paytda vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi. Real2 bitim deb, oʻzaro kelishuvga muvofiq, ashyolar yoki pulni topshirish paytida huquq va majburiyatni vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Real bitimlarga qarz, omonat, yuk tashish shartnomalarini misol qilib koʻrsatsa boʻladi. 4. Bitimlar asosining mohiyati va ularning amal qilishiga koʻra kauzal va abstrakt (mavhum) bitimlarga boʻlinadi. 1 “Konsensual” soʻzi lotincha “consensus”soʻzidan olingan boʻlib, “kelishuv” ma’nosini bildiradi. 2 “Real” soʻzi lotincha “res” soʻzidan olingan boʻlib, “ashyo” ma’nosini bildiradi. 115 5. Fidustiar bitimlar. Bunday bitimlar oʻzaro ishonchga asoslanadi. Topshiriq, vositachilik, mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berish kabi bitimlar tomonlarning shaxsiy ishonchi bilan bogʻliqdi Download 101.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling