1. No’xat o’simligining organlari(a,b,c,d)va ularga xos dominant(I), retsessiv(II) belgilar to’g’ri berilgan
Download 111.37 Kb. Pdf ko'rish
|
DTM-6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meliboyev Javohir
Biologiya 1. No’xat o’simligining organlari(a,b,c,d)va ularga xos dominant(I), retsessiv(II) belgilar to’g’ri berilgan javobni aniqlang.a-poya; b-gul; c-meva; d-urug’; 1) silliq; 2) oq; 3) bog‘imli; 4) barg qo‘ltig‘i; 5) kalta; 6) sariq; 7) yashil; 8) burushgan; 9) poya uchidagi; 10) oddiy; 11) qizil; 12) uzun; A) I: d-1,6; b-11,4; a-12; c-10,6; II: a-5; d-7,8; b-9,2; c- 3,7; B) II: c-10,6; d-7,8; b-9,2; a-5; I: b-11,4; c-3,7; a-12; d- 1,6; C) I: a-12; d-1,6; c-10,6; b-11,9; II: b-4,2; a-5; c-3,7; d- 7,8; D) II: b-9,2; a-5; d-7,8; c-3,6; I: b-11,4; a-12; d-1,6; c- 10,7; 2. Quyidagi sixema asosida X, Z ni aniqlang. Koroll poliplari X gidrasimonlar Z A) X-soxta oyoqlilar; Z-aktiniya B) X-koloniyali, bir hujayrali xivchinlilar; Z-aktiniya C) X-koloniyali, bir hujayrali xivchinlilar; Z-meduza D) X-yakka yashaydigan xivchinlilar; Z-meduza 3. Mitoz bosqichlari hujayraning hayot siklini qancha qismini(%) tashkil etadi? A) 10% B) 90% C) 80% D) 20% 4. Biriktiruvchi to’qimada uchraydigan transport vazifasini bajaradigan oqsilni aniqlang? A) kollagen B) keratin C) mioglabin D) gemoglabin 5. Quyidagi olimlarning o’z fikirlari bilan birlashtiring. a) Karl Ber; b) Rudolf Virxov; c) Jorj Kyuve; 1) hujayra faqat avval mavjud hujayralarning bo‘linishidan paydo bo’ladi; 2) ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishi bitta tuxum hujayradan boshlanadi; 3) hujayraning asosiy struktura elementi protoplazma va yadro; 4) har qanday tirik mavjudot bir butun sistema bo‘lib, uning organlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq; 5) sinf, turkum, avlod, tur kabi sistematik kategoriyalar sun’iy, real emas; A) a-1; b-3; c-4 B) a-2; b-1; c-5; C) a-2; b-3,1; c-5; D) a-2; b-1,3; c-4; 6. Halqali chuvalchanglarda paydo bo’lgan sistema? A) nerv, jinsiy B) hazm, nerv C) qon aylanish D) nerv, qon aylanish 7. Tuhumdan chiqqan lichinkalari ho`jayin oxtaradigan parazitlarni aniqlang. 1) askarida 2) exinokokk 3) gijja 4) jigar qurti 5) nerida 6) baqachanoq 7) qoramol tasmasimon chuvalchangi A) 1,2,6,4 B) 7,2,4 C) 6,4 D) 2,1,4 8. Og’iz (a), halqum (b), qizilo’ngach (c) birinchi bor rivojlangan organizmlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) a-tufelka; b-tufelka; c-askarida B) a-gidra; b-tufelka; c-askarida C) a-oq planariya; b-oq planariya; c-askarida D) a-tufelka; b-oq planariya; c-askarida 9. Qaysi organizmlarda normal holda erkakda urg’ochisiga nisbatan xromosoma bittaga ko’p(a) va kam(b) bo’ladi. 1) protenor; 2) chigirtka; 3) ninachi; 4) kuyakapalagi; 5) tovuq; 6) odam; A) a-2; b-1; B) a-3; b-2; C) b-4; a-2 D) b-1; a-4 10. Yorug'lik energiyasi hisobiga kungaboqar o'simligi hujayrasida 420 ta ATF sintezlangan bo'lsa, shu vaqtning o'zida aerob sharoitda sintezlangan ATF molekulasiga yig'ilgan energiya miqdorini aniqlang(kj). A) 14 B) 560 C) 28 D) 12600 11. Makkajo`rini bitta somatik hujayrasining mitoz postsintetik davrida jami nechta xromatida bo`ladi? A) 10 B) 20 C) 40 D) 30 12. Sista (a), ilmoqli tuxum (b), ilmoqli lichinka (c), dumli lichinka (d), finaga (e) ega organizmlar berilgan javobni aniqlang. A) a-jigar qurti; e-exinokokk; c-qoramol tasmasimon chuvalchangi; d-jigar qurti; b-qoramol tasmasimon chuvalchangi B) e-qoramol tasmasimon chuvalchangi; a-evglena; d- ko’l baqa; b-qoramol tasmasimon chuvalchangi; c- qoramol tasmasimon chuvalchangi; C) a-amyoba; b-qoramol tasmasimon chuvalchangi; e- exino-kokk; c-qoramol tasmasimon chuvalchangi; d- rishta D) A, B 13. Nereida(a), nematoda(b), rishta(c), exinakokk(d), jigar qurti(e)ni sistematik birliglari to’g’ri berilgan javobning aniqlang. A) a-ko’p tullilar sinfi; b-hayvonot dunyosi; c-to’garak ch. tipi; d-tasmasimon ch. sinfi; e-yassi ch. tipi; B) a-halqali ch. tipi; b-to’garak ch. tipi; c-hayvonot olami; d-yassi ch. tipi; e-so’rg’ichlilar C) a-ko’p tullilar sinfi; b-to’garak ch. tipi; c-to’garak ch. tipi; d-tasmasimon ch. sinfi; e-so’rg’ichlilar D) A, B, C 14. Qilichsimon qovurg`aga ega hayvonni ko`rsating? A) suqsun B) rkidon C) forel D) gekkon 15. Rezus mafiy II-qon guruh eritrotsitlarida uchraydigan oqsil? 1) geparin; 2) tromboplastin; 3) fibrin; 4) girudin; 5) fibri-nogen; 6) trombin; 7) protrombin; 8) antitelo 9) antigen; 10) antitoksin; 11) agglutinogen A; 12) agglutinogen B; 13) agglutinogen α; 14) agglutinogen β; 15) agglutinin α; 16) agglutinin β; 17) yog’; 18) karbonsuv; 19) tuzlar; 20) natri xlor; 21) glukoza; 22) gemoglobin; A) 22,12; B) 11,16; C) 22,11; D) 9,14; 16. Na’matakning (a) va xolmonning (b) murtakdagi boshlang’ich ildizchasidan dastlab qaysi ildiz rivojlanadi? A) a-asosiy; b-qo’shimcha B) a-qo’shimcha; b-asosiy C) a-qo’shimcha; b-qo’shimcha D) a-asosiy; b-asosiy 17. O’smirlik davrida ovoz paylari ko’proq o’zgaradigan odamlarga xos xususiyatlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) geterogametali; 2) gomogametali; 3) jinsiy xromo-somasi XX holda bo’ladi; 4) jinsiy xromosomasi XY holda bo’ladi; 5) o’smirlik davrida ovozi do’rillab qoladi; A) 1, 4, 5; B) 2, 3; C) 2, 4, 5; D) 1, 3, 5; 18. Agar ona rezus manfiy homila rezus musbat bo’lsa, ularning rezus omili mos bo’lmaganligi tufayli bolada qanday kasalli yuzaga keladi? A) gemofiliya B) gemolitik C) daltanizm D) karli 19. Qorachiq orqasida ikki tomonlama qavariq shaffof linza ……. turadi. A) qorachiq B) oqsil parda C) gavhar D) shishasimon tana 20. Xrokokkga xos xususiyat va jarayonlar noto’g’ri ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1) tallomga ega yuksak o’simlik; 2) mitoxondriyada ATF sintezi amalga oshadi; 3) amitoz bo’linishda mitotik ip hosil qiladi; 4) mezosomaga ega; 5) aerosomga ega; 6) oqsil sintezi ribosomada amalga oshadi; 7) tallomga ega tuban o’simli; A) 4, 5, 6; B) 2, 3, 7; C) 1, 2, 6; D) 4, 5, 7 21. Transkripsiya jarayoni sitoplazmada kechadigan organizmlarni berilgan javobni aniqlang. 1) ko’k-yashil suvo’tlar; 2) hayvonlar; 3) bakteriya; 4) zamburug’; 5) eukariotlar; 6) prokariotlar; A) 1, 2, 3; B) 1, 3, 6; C) 1, 3, 4; D) 2, 4, 5; 22. Quyidagilardan volfiya(a) va volvoks(b) ga xos xususiyatlar noto’g’ri berilgan javobni anqilang. 1) hayotiy jarayonlar organlar, to’qima va hujayralarda amalga oshadi; 2) taksis; 3) sista; 4) sodda hayvon; 5) to’ban suvo’t; 6) geterotrof; 7) avtotrof; 8) eukariot; 9) plazmatik menbran; 10) yuksak o’simlik; A) a-1,7,8; b-2,7,9; B) a-7,8,9; b-6,9,2; C) a-1,5,7; b-10,8,9; D) a-8,10,6; b-3,9,6; 23. Lishayniklar tarkibida qanday organik birikmalar mavjud? 1) lixenin; 2) amilaza; 3) aminokislatalar; 4) vitamin K; 5) vitamin C; 6) dzoksiriboza; 7) saxaroza; 8) murein; 9) laktoza; 10) vitamin B12; 11) maltoza; 12) fermentlar; A) 2,3,5,6,10,12 B) 1,3,4,5,9,10 C) 1,2,5,9,10,11 D) 1,2,7,8,11,12 24. Zarg’aldoq turi(a) va "zarg’aldoq" navi(b)ga xos xusu-siyatlarni aniqlang. 1) o’roqsim golji majmuasiga ega; 2) G 2 davrida hujayra markazidagi mikronaychalar son 108 ta; 3) golji majmuasi murakab to’r shaklida; 4) bo’linish urchug’i maxsus fermentlar orqali hosil bo’ladi; 5) vakuolaga ega tuban o’simlik; 6) silliq endoplazmatik to’rida glikogen sintezlaydi; 7) plastidaga ega; 8) silliq endoplazmatik to’ri moy sintezlaydi; 9) sentriolaga ega A) a-1,8,7,4; b-3,2,6,9; B) a-2,6,9,3; b-4,8,1,5; C) a-3,2,8,9; b-4,1,7,8; D) a-9,3,6,2; b-7,4,8,1; 25. O’roqsimon golji majmuasiga ega organizmlar berilgan to’g’ri javobni anqilang? 1) amyoba; 2) nereida; 3) bitiniya; 4) foraminifera; 5) midiya; 6) volvoks; 7) leyshmaniya; 8) zaxkash; 9) nursimonlar; 10) qoraqurt; A) 4,6,7; B) 2,5,8; C) 1,3,4; D) 9,10,5; 26. Gen tarkibini o`zgarishi har doim ham oqsil tarkibidagi aminokislotalarni o`zgarishiga sabab bo`lavermasligini sababini aniqlang. A) bitta triplet kod faqat bitta aminokislotani kodlagani uchun B) bitta triplet kod ikki va undan ortiq aminokislotani kodlagani uchun C) nukleotidlarni mutatsiyaga uchrash tezligi 10-6-10-8 bo`lganligi uchun D) bitta aminokislotani ikki va undan ortiq triplet kod bilan ifodalaganligi uchun 27. Bug’doy donining rangi 2 juft kumulyativ polimer genlar bilan belgilanadi. 4 ta dominant gen donning to’q qizil, 3 tasi donning och qizil, 2 tasi pushti, 1 tasi och pushti, 4 ta retsessiv gen donning oq bo’lishini ta’minlaydi. Rangni yuzaga chiqishi modifikator genga bog’liq bo’lib, dominant holatda u donning rangiga ta’sir qilmaydi, geterozigota holatda donning rangini bitta bosqichga tushishiga (geterozigota holatda modifikator gen 4 ta dominant genga ega o’simlikni doni rangini och qizil bo’lishiga) olib keladi. Trigeterozigota organizm ustida tahliliy chatishtirish o’tkazish natijasida 800 ta o’simlik olindi. Olingan nasllarda pushti o’simliklar sonini aniqlang. A) 200 B) 100 C) 400 D) 0 28. Oziqlanish usuliga ko’ra avtotrof organizmlar keltirilgan qatorni aniqlang. A) elodeya, parmeliya, tugunak bakteriya B) tradeskansiya, batat, shumg’iya C) lola, rafleziya, qarag’ay D) zarpechak, qamish, suv qaroqchisi 29. Dumli (a) va dumsiz (b) umurtqali organizmlarni juftlab ko’rsating. 1) qurbaqa; 2) o’rdakburun; 3) orangutan; 4) askarida; 5) kaputsin; 6) chayon; 7) yumronqoziq A) a- 5, 7; b- 2, 3 B) a- 2, 7; b- 3, 5 C) a- 4, 5; b- 1, 6 D) a- 2, 5; b- 1, 3 30. Xlorofil pigmenti xromotoforda joylashgan rizoidli organizmni aniqlang. 1) yapon laminariyasi; 2) funariya; 3) nemalion; 4) spirogira; 5) xrokokk; 6) ulotriks; 7) volvoks; 8) kladafora A) 2, 6, 8 B) 3, 4, 6 C) 5, 7, 8 D) 1, 3, 6 Meliboyev Javohir Download 111.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling