1. Nuqsonlar va ularning turlari Radiatsion nuqsonlar


Download 28.44 Kb.
bet5/5
Sana10.11.2023
Hajmi28.44 Kb.
#1764938
1   2   3   4   5
Bog'liq
Materalshunoslik va KMT. mustaqil ish

Radiatsion nuqsonlar

Yuqori energiyali nurlanishlar ta’sirida qattiq jismlarda hosil bo’ladigan nuqsonlarni radiatsion nuqsonlar deyiladi.

Bunday nurlanishlar qattiq rentgen nurlanishi, u nurlanish, yuqori energiyali elektronlar, neytronlar oqimidir. Radiatsion nuqsonlar nazariyasida birlamchi nuqson Frenkel jufti deb hisoblanadi, keyinchalik boshqa ikkilamchi nuqsonlar yuzaga keladi. Agar atomni tugundan urib chiqarish uchun kerak energiya Ed bo’lsa, atomga nurlanish tomonidan beriladigan Ea energiya Ed dan katta bo’lsa, atom, albatta tugundan chiqib ketadi, agarda bu atomda Ed dan ortiq energiya qolsa, u boshqa atomni urib chiqaradi va h.k.

Biroq, radiatsion nuqson hosil qilishning bo’sag’aviydan pastroq energiyaga tegishli mexanizmlari bor. Bu mexanizmlarning mohiyati shundaki, avval kristallning elektronlari sistemachasi uyg’otiladi, energiya kristall atomlariga uzatiladi va birlamchi radiatsion nuqsonlar hosil bo’ladi. Bu uyg’otish kristallning rentgen kvantlari, past energiyali elektronlar va hatto ultrabinafsha fotonlar bilan nurlash yo’li bilan amalga oshiriladi.

Qattiq jismlarda chizig’iy nuqsonlar.

Nuqsonlarni o’lchamlar jihatidan sinflarga ajratganda bir o’lchovli (chizig’iy) nuqsonlar aytib o’tilgan edi.

Bu nuqsonlarning o’lchamlari ikki yo’nalishda juda kichik Dislokatsiyalar hosil bo’lishini qaraylik. Kristallning bir qismiga tashqi kuch ta’sir qilayotgan bo’lsin.

Dislokatsiya hosil bo’lishining ketma-ket bosqichlari:
a) kristallga siljitish kuchi qo’yilishi;

b) atomlar tekisliklari bukilishi;

v) ekstratskislik hosil bo’lishi.


Kuchning qanday bo’lishiga qarab kristall elastik yoki plastik deformatsiyalanadi. Ikkinchi holda ta’sir etuvchi kuchning biror bo’sag’aviy qiymatiga – siljish kuchlanishiga erishilganda sirpanish vujudga keladi.
Kristallografik atomlar tekisligining deformatsiyalanuvchi qismi yarimtekislik o’ngga biror masofaga siljiy­di va keyin atomlar yarimtekisligini deformatsiyalaydi. Birinchi yarimtekislik kuch ta’siri ortganda oqibatda keyin yuqorigi yarimtekislik ustiga tushadi, pastki yarimtekisligidan uzib qo’yadi. Uzilgan yarimtekis­lik «ortiqcha», ozgina deformatsiyalangan ikkita oddiy atom­lar tekisliklari orasiga kiritilgan, qistirilgan bo’lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. A.S.Toraxonov. Metallshunoslik va termik ishlash – T.; O’qituvchi nashriyoti, 1968, 551b.




  1. V.A.Mirboboyev. Materialshunoslik – T; Ilm ziyo, 1980, 229b.




  1. I.Nosir. Materialshunoslik – T,;Ozbekiston nashriyoti, 2002, 237b.




  1. V.A Mirboboyev. Konstruksion materiallar texnologiyasi – T,; Ozbekiston nashriyoti, 2004 541b.




  1. A.P.Gulyaev. Metallovedenie. – M.;Alyans,2013,546b.




  1. E.O.Umarov. Materialshunoslik – T,; Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2014, 382 b.




  1. F.R.Norxodjayev. Metallshunoslik asoslari – T.; Fan va texnologiya nashriyoti 2014, 167 b.

Download 28.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling