1. Nuqsonlar va ularning turlari Radiatsion nuqsonlar


Download 28.44 Kb.
bet3/5
Sana10.11.2023
Hajmi28.44 Kb.
#1764938
1   2   3   4   5
Bog'liq
Materalshunoslik va KMT. mustaqil ish

Ichki yassi nuqsonlarga jism tashkil topgan bloklar, qiyofadosh tekisliklar chegaralari, taxlanish xatoliklari va chiziqli dislokatsiyalarning qatorlari kiradi. Ularning o’lchamlari faqat nuqsonlar joylashgan tekislik sirtiga o’tkazilgan normal yo’nalishidagina juda kichkina bo’lib, fazoning qolgan ikki yo’nalishida atom diametridan bir necha marta katta bo’ladi. Bloklar chegaralarida materialning zichligi, kristall panjarasi, kristalchalarning mahalliy orientatsiyalari keskin o’zgargani uchun yassi nuqsonlar ularning mexanikaviy, optikaviy, elektrofizikaviy xossalariga kuchli ta’sir etadi.

Sirtiy nuqsonlar ikki tur: tashqi va ichki bo’ladi.

Kristall sirtining boshqa muhit bilan chegaradosh bo’lganligi tashqi nuqsonlarning yuzaga kelishiga asosiy sababchidir. Muhit bilan o’zaro ta’sirlashish natijasida kristall sirtida adsorbitsiyalangan begona atomlar qatlami, oksidlangan qatlam va boshqa sirtiy nuqsonlar yuzaga keladi.

Ichki nuqsonlar kristall panjara bir xil orientatsiyadan ikkinchi xil orientatsiyaga o’tgan joylarda yuzaga keladi. Bunday nuqsonlarga qo’shmoqlanish tekisliklari, polikristall jismlar donachalarining chegaralari, kichik burchakli dislokatsiya chegaralari kiradi.

Kristallardagi hajmiy nuqsonlar

O’lchamlari fazoning uchta yo’nalishida ham mos yo’nalishdagi panjara davri A dan katta bo’lgan kristall nuqsonlari hajmiy nuqsonlar deb ataladi.

Darzlar va kovaklar, qattiq jism sirtidagi tirnalishlar va hajmda to’plangan kirishma uyumlari ana shunday nuqsonlardir. Bu nuqsonlar makroskopik nuqsonlar deb ham ataladi. Makroskopik nuqsonlar nuqtaviy, nuqtaviy va yassi nuqsonlarning (mikronuqsonlarning) birlashishi natijasida hosil bo’ladi. Bunday nuqsonlarga nuqtaviy nuqsonlar klasterlari, darzlar (chatnashlar), panjaradagi kovaklar, sirtlardagi chuqurchalar (ochiq kovaklar), kristalldan ajralgan ortiqcha elementlar va matritsa fazasidan farq qiluvchi fazalar va boshqa shu kabi nuqsonlar kiradi. 

Diffuziya jarayoni sistemasining atomlar zichligini tenglashtirishga o’z-o’zidan intilishidan iborat. Atomlar kam bo’lgan nuqsonlar diffuziyasi yo’nalishda kuchli. Sistemada atomlar kuchsiz tartibsiz daydish oqibatida yuzaga keladi. Shu yo’sinda sistemadan bir vaqtda tartibsiz — issiqlik harakati va yo’nalgan — dreyf xarakati mavjud bo’ladi. Keyingi harakat sistemada qandaydir kuch ta’sirida sodir bo’ladi. Bu kuch vazifasini zichlik, temperatura, elektr potensial yoki umumiy holda kimyoviy potentsial gradientlari bajaradi. Tartibsiz issiqlik harakatining o’zi diffuzion oqim hosil qilmaydi. Qattiq jismdagi issiqlik tebranishlari diffuziyasiga olib kelmaydi.


Download 28.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling