1. Nutq uslublarining har biriga matn tuzish
Download 65.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Akademik yozuv 1-mustaqil ish
BUVIJON
“Ota-ona”, ”do’st”, ”ustoz” kabi insonlar juda ko’p tilga olinadi, juda ko’p madh etiladi. Lekin, men doimo buvijonlarimiz ham mana shunday tillarda doston bo’lishlarini xohlardim. Chunki, mening buvim ana shunday bebaho so’zlarga arzigulik ayol edilar. Ko’pchilikning fikricha, buvi bu – ertak aytib beruvchi, shirin taomlar tayyorlovchi, pand-nasihat beruvchi, yaxshilikka yetaklovchi inson. Lekin mening nazarimda, buvi bu – mehr, uzoq o’tmish va kelajak timsoli. Balki, bu so’zlarim ko’pchilikka yoqmas, ammo men uchun buvi nomi aziz va mo’tabar. Bolalik chog’larimni yaxshi eslayman. Juda ko’p vaqtim, yozgi ta’tilning deyarli har kuni buvimnikida, qishloqda o’tardi. Bolaligim buvijonimning keng va qaynoq bag’rida yayrab, yashnash bilan o’tdi. Men kundan-kunga ulg’ayib, o’sib borardim. Buvijonimning ko’zidan nuri, tanidan kuchi ketib, nurli yuzlari esa ajin bilan to’libborardi. Buvim men yangi chaqaloq paytimda qandli diabet kasalligiga chalingan edilar. Ular shu kasallik bilan o‘n olti yil kurashdilar. Ne-ne og‘riqlar, ne-ne dardlar buvimdagi irodani, ulardagi matonatni, tuzalib ketishga bo‘lgan ishonchni sindira olmadi. Buvimning oyimga aytgan juda ko‘p gaplarini eslab qolganman. ’’Hayot qanchalar shirin ekanligini bilmaysanda, bolam. Unda qancha yashasang ham to‘ymaysan, yana yashaging kelaveradi.’’ Buvimning bu gaplari tez- tez qo‘log‘imga chalingan. Buvijonim hamma ayollar kabi pazanda, orasta, chevar edilar. Ammo ularda insoniylik, rostgo‘ylik, ochiq ko‘ngillik, mehmondo‘stlik, yumshoqfe’llik kabi pokiza xislatlar bor edi. Men ulardagi mana shu xislatlarni e’zozlardim. Mehmondo‘stliklari uchun keng, ammo oddiygina fayzli xonadonlaridan mehmonlarning qadami uzilmas edi. Goho o‘zlarini unutib qo‘ysalarda ammo meni, o‘sha ’’Nima olib keldingiz?’’ deya qarab turuvchi nigohni unutmas edilar. O‘tgan yili men ham 8-sinfni tugatdim. Imtihonlardan so‘ng qishloqqa yo‘l oldim. Buvim endi avvalgilardan-da qarib qolgan edilar. Endi meni ko‘targan o’sha qo‘llarga o‘zim tirgak, nuri ketgan ko‘zlarga o‘zim nur bo‘ldim. Buvijonim yuzlarida tabassum ko‘rish uchun ularga turli sovg‘alar hadya qilardim. Tunlari buvim ikkimiz supa ustida yulduzlarni tomosha qilib yotardik. Men ularni oyoqlarini uqalardim, ular esa menga yoshlik chog‘larini gapirib berardilar. Buvimning qaynoq pinjiga kirib olib, tong qanday otganini ham bilmay qolardim. Yozgi ta‘til ham tugab, yangi o‘quv yili boshlanish arafasida edi. Endi shaharga ketishim kerak, ammo ko‘nglim g‘ash, yuragim bezovta edi. Xohlasam ham, xohlamasam ham ketishim kerak. Xayrlashish vaqtlari og‘ir. Buvim o’sha kuni meni shunchalar boshqacha kuzatdilarki, qo‘llari titrar, ko‘zlaridan yosh oqar, tillari esa menga faqat oq yo‘l tilardi. Shaharga keldim. Oradan uch kun o‘tdi. Negadir bu kun men uchun juda og‘ir, qiyin edi. Qo‘lim hech ishga bormas, kun bo‘yi jizzaki bo‘lib yurdim. Vaqt o‘tib yarim tun bo‘ldi. Lekin uyqum kelmas, ko‘nglim nimadandir xijil edi, go‘yo. Tungi soat o‘n ikkida to‘satdan telefon jiringlab qoldi. Yuragim borgan sari tez urardi. Telefon go‘shagini ko‘tardim. Hech qancha vaqt o‘tmay telefon qo‘limdan tushib ketdi. Shovqinni eshitgan ota-onam, akam ’’nima bo‘ldi?’’ deya yugurib chiqishdi. Zum o‘tmay’’Buvijoooon’’ deya yig‘lay boshladim. Ha, mening eng aziz insonim bu olamni, meni tark etgan edilar. Ammo, men ishonmadim. Qalbim ishonmadi, to qishloqqa borgunga qadar. Juma kuni masjidda janoza nomozi o’qildi. Masjidga tumonat odam yig’ildiki, hatto ko’pchilik bu yerga sig’madi. Shunda bildimki, buvijonim faqatgina men uchun emas, balki, butun qishloq ahli uchun qadrli ekanlar. “Yaxshi insonlar bu dunyoni tark etganlaridan keyin ham yashaydi” degan so’zlari men uchun isbot bo’ldi. Endi bu dunyo menga qorong’u, hayot ma’nosini yo’qotgan edi. Kunlarning birida bir tush ko’rdim. Tushimda buvijonim oppoq kiyimda men tomonga qarab kelardi. So’ng qo’llarimdan tutdi-yu, oldiga chorladi, peshonamdan o’pib, menga uzoq qarab turdi. Qo’limga ikkita non tutqazdi-yu, ”sen qol, men endi ketay, lekin shuni unutmaki, men doim sen bilanman”. Shu so’zlarni aytdi-yu , bir zumda g’oyib bo’ldi. Ana shunda buvimning menga bo’lgan mehrlari qanchalik kuchli ekanligiga guvoh bo’ldim. Buvimning hayotlari men uchun ko’z ochib yumguncha o’tib ketdi. Buvijonim muslima ayol edilar. Ularni bilar-bilmas ko’p xafa qilganman. Qani endi vaqtni ortga qaytarolsam, qani endi ayblarim uchun uzr so’rasam, o’sha og’rigan oyoqlarini tinim bilmay uqalasam, hidlarini yana bir bor to’yib-to’yib hidlasam, hech bo’lmasa bir kun yana avvalgidek supa ustida buvim bilan uxlasam. Qani endi shularni loaqal bittasini qilolsam. Ammo, endi bularni orqaga qaytarib bo’lmaydi. Mana, buvimni qora tuproqqa qo’yganimizga ham o’n oy bo’libdi. Agar hozir hayot bo’lganlarida oltmish oltinchi bahorni qarshilagan bo’lardilar. Shu so’zlarni yozyapman-u, xayolimdan buvim bilan o’tgan eng yorqin damlarim esimga tushyapti. Yo’q, bu damlarni unutish gunoh, u insonni unutish gunoh. Hayotim malikasi, qalbim quyoshi, malaksiymoyim, mo’tabar insonim, aziz buvijonim! Yotgan joylaringiz nurlarga to’lsin! Siz mening qalbimda, yuragimda mudom barhayotsiz! Sizning o’sha nurli nigohingizni har oynaga boqqanimda o’zimda ko’raman. Mening qadri osmonim, hali siz istagandek muslima inson bo’laman. Buvijon!!! 4. Sohadagi yangiliklar mavzusida matn tuzish. Yangi avlod “O`yin maydonlari” haqida Orqaga moslik, funksionallik va yangi xususiyatlar - PS5 haqida ko'proq bilib oling Sony-ning yangi avlod konsollari yaqinda sotuvga chiqarilishi kerak va PlayStation 5-ning ishga tushirish sanasi qanchalik yaqin bo'lsa, foydalanuvchilar ushbu gadjetga ko'proq savollar berishadi. Yangi PlayStation modeli qanday o'yinlarni qo'llab-quvvatlay oladi, o'yin jarayonida nima o'zgaradi va ushbu yangi mahsulotdan nimani kutish kerak? Comfy blogida yangi PS5 o'yin konsolining qanday bo'lishini va qanday xususiyatlarga ega bo'lishini aniqlashga yordam berish uchun konsol geymerlari uchun yangi gadjetning ishlashi va mosligi to'g'risida barcha eng dolzarb savollarga javoblar to'plandi. PS5 mosligi Va biz, ehtimol, foydalanuvchilar uchun eng muhim masala - o'yinlarning orqaga qarab muvofiqligi bilan boshlaymiz. Kelgusi oyda sotuvga chiqariladigan PS5 konsol ishga tushirilishida PS4 o'yinlarining 99 foizini qo'llab- quvvatlaydi. Va agar siz Sony-ning to'rtinchi avlod o'yin konsollari tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan o'yinlarning soni allaqachon 4000 dan oshgan deb hisoblasangiz, unda tanlov haqiqatan ham ta'sirchan bo'lib tuyuladi. Sony vakillari PlayStation 5 savdosining boshidanoq o'yinchilar nafaqat PS4 uchun ibodat qiladigan barcha o'yinchoqlarga, balki, boshqacha qilib aytganda, o'ziga xos o'yinlarga ham kirishlari mumkin - bu taniqli bo'lmagan, ammo juda sifatli loyihalar. tanqidchilarning yuqori reytinglari. Raqamli o'yin nashrlari va Ultra HD Blu-ray disklari O'yinlarning raqamli nashrlariga kelsak, PS4-dan PS5-ga o'tgan foydalanuvchilar farqni sezmaydilar - PS4 uchun PS5-ga mos keladigan o'yinlarning raqamli versiyalari gadjetlarning ikkala versiyasida ham bir xil darajada qo'llab-quvvatlanadi. Ikkala PlayStation 5 konsoliga ega bo'lgan o'yinchilar ikkala mos keladigan o'yinlarning ilgari sotib olingan raqamli nashrlariga, shuningdek sotib olishni rejalashtirgan o'yinlariga kirish huquqiga ega bo'lishadi. Shunday qilib, PS5 konsolning yangi versiyasiga mos keladigan o'yinlarni ishga tushiradi, ular keyinchalik PlayStation do'konlarining har qanday rasmiy versiyalari orqali sotib olinadi - brauzer versiyasi orqali, PS4 va PS5-dagi o'yin do'konlari orqali, masalan shuningdek, PlayStation dasturining mobil versiyasi orqali. O'yinlarning ushbu raqamli nusxalari har ikkala PS5 o'yin konsollarida ham qo'llab-quvvatlanadi - PS5 Digital Edition va Blu- ray Disc modeli. Disk bilan birga keladigan PS4 o'yinlariga kelsak, bunday nusxalarni faqat PS5 Blu-ray versiyasida ijro etish mumkin. Raqamli nashrda ular ishlamaydi. PS4 va PS5-dagi o'yinlar orasidagi grafikadagi farq To'rtinchi PS uchun ishlab chiqilgan barcha o'yinlar, o'yin konsollarining beshinchi avlodida ishga tushirilganda, o'yinlarni yaxshilash uchun funktsional imkoniyatlardan foydalanishi mumkin va bu FPS sifati va barqarorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ba'zi o'yinlarda grafikalar 4K ga ko'tariladi va yangi PS5 konsollarining barcha UX xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Ammo bu erda ta'kidlash joizki, PS5 uchun moslashtirilmagan, faqat oldingi avlod konsollarida ishlash uchun charxlangan o'yinchoqlar, beshinchi PS-da xatolardan boshlash mumkin. O'yin PS5-da mavjud bo'lgan barcha grafikalarni takomillashtirish texnologiyalaridan foydalanishi uchun o'yinni yaratuvchilarning o'zi tegishli yangilanishni ishlab chiqishi kerak. Bunday yangilanish foydalanuvchilar uchun bepul bo'ladimi, faqat har bir aniq o'yin loyihasi mualliflarining qaroriga bog'liq. Masalan, PS5 uchun FIFA 21 yangilanishi abonentlarga bepul taqdim etilishi allaqachon ma'lum bo'lgan. Ammo, har qanday holatda, barcha PS4 o'yinlari PS5-da eski grafik sozlamalari bilan ishlaydi, ya'ni PS4-da bo'lgani kabi emas. Download 65.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling