1. Nutq uslublarining har biriga matn tuzish


Download 65.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi65.16 Kb.
#1529607
1   2   3   4   5
Bog'liq
Akademik yozuv 1-mustaqil ish

 MISOL UCHUN MATN: Men katta leytenant Yo`ldoshev Mamaraim 
bugungi o`tkazgan xizmat tekshiruvi davomida quyidagilarni aniqladim: 
- 3ta qo`lbola pirotexnika vositalari 
- 2ta yonuvchi vosita 
ularni o`z vaqtida bartaraf etilib, tegishli choralar ko`rildi. 
4. Ommabop (publitsistik) uslub
Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni 
matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy 
so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va 
birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday 
uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar 
maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq 


gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli 
foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun 
fidokorona mеhnat qilishyapti. 
 MISOL UCHUN MATN: Oʻrta Osiyo xalklari tarixida P. ancha qadimiydir. 
P. xususiyatlari "Qobusnoma" (P-asr)da yaqqol koʻzga tashlanadi. 
Navoiyning "Majolis un-nafois", "Munshaot", "Mahbub ul-qulub" 
asarlarida P.ning tugal xususiyatlari uchraydi. Navoiyning Abdurahmon 
Jomiy, Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan Ardasher va boshqa xaqidagi 
adabiy portretlarini publitsistik ocherklar, deb atash mumkin. Navoiy 
nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni oʻzbek badiiy P.sining asoschisi, 
deb atashga imkon beradi. Publitsistik xususiyat oʻzbek mumtoz adabiyoti 
asarlari tarkibiga ham singib ketgan. Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotga doir 
dastlabki publitsistik maqolalar "Turkiston viloyatining gazeti" 
sahifalarida chop etilgan. Biroq milliy uygʻonish (jadidchilik harakati)ning 
kuchayishi natijasida yuzaga kelgan milliy mat-buot oʻsha davrdagi 
jamiyatning kamchilik va illatlarini ochiqoshkora bayon etgan, hatto 
xalqaro hayotga oid muammolarni tezkor sharhlaganligi bilan ham 
qadrlidir. 

Download 65.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling