1. Nutq uslublarining har biriga matn tuzish


Download 65.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi65.16 Kb.
#1529607
1   2   3   4   5
Bog'liq
Akademik yozuv 1-mustaqil ish

MISOL UCHUN MATN: e qalesan. Nma gapla. Shu disen kecha toqqa 
borimmizde bolla bilan. Addushi dam olduu. Boru vashshe mazza 
qivorimmiz. San ne ko`rinmadin o`zi… davay bopti gaplashamiza. 
2. Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy 
uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy 
xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq 
qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining 
diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi. Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy 
atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, 
qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan 
bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan 
ko’proq foydalaniladi.
MISOL UCHUN MATN: Oksidlar, tabiiy oksidlar (yun. oxys — nordon) — 
elementlarning kislorod bilan tabiiy kimyoviy birik-malari, minerallar sinfi. 
300 tacha mineralni oʻz ichiga oladi. Tabiatda eng koʻp uchraydigan O.dan 
biri — suv (vodorod oksidi). Silikat angidrid (SiO2) koʻpgina togʻ jinslari 
tarkibiga kiradi. Eng keng tarqalgan O. hosil qiluvchi elementlar: Si, Fe, 
Mn, Al, kamroq miqsorida — Cu, U. O.ning aksariyati — ion aloqali 
birikmalar, ammo kremnezyom (Si), nemetall (As, Se, Te) va xalkofil (Si, 


Pb, Zn, Sn, Hg, Cd, In, Bi, Sb) elementlar minerallari kovalentli aloqalar 
bilan tavsiflanadi. Odatda, O. tarkibida gid-roksid va oksigidratlar (bir 
paytda O2~ va ON~) birlashmalari mavjud. 
3. Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, 
xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, 
ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, 
e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. 
Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib 
tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil 
shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, 
ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir 
sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda 
ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa 
buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining 
odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiistе'mol 
qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin. 

Download 65.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling