1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi
hamda tashqi muhitdagi har xil hidlami sezadi. O'pka suyuqlik almashinuvida
Download 1.58 Mb.
|
2 5321546225856551652
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas olish jarayoni quyidagicha kechadi: nafas olgan vaqtda kokrak qafasi boshligi, diafiagma va qovuigalami kotaruvchi mushaklaming qisqarishi natijasida
hamda tashqi muhitdagi har xil hidlami sezadi. O'pka suyuqlik almashinuvida
katta rol o'ynaydi va tananing doimiy haroratini saqlab turishda ishtirok etadi, chunki ular orqali suv parlari ajraladi. Bundan tashqari o'pkada juda ko'p erkin makrofaglar bo'lib, ular himoya vazifasini bajaradi. Nafas olish jarayoni quyidagicha kechadi: nafas olgan vaqtda ko'krak qafasi bo'shlig'i, diafiagma va qovuig'alami ko'taruvchi mushaklaming qisqarishi natijasida kengayadi. O'pka esa elastik devorii ichi bo'sh a’zo sifatida ko'krak qafasi devori orqasidan kengayadi va havoni so'rib oladi. Alveolalarda gaz almashganidan keyin ko'krak qafasi devori nafas chiqarish harakatini bajarib o'z holiga qaytadi va o'pkadagi havo siqib chiqariladi Nafas olg^nda va chiqaiganda o'pka o'zini qoplagan visseral plevra vositasida ko'krak qafasini qoplagan pariyetal plevra ustida sirpanadi. Nafas a’zolari devori tog'aylardan tuzilgan. Shuning uchun ulaming bo'shlig'i har doim ochiq bo'lib, ulardan havo bemalol o'tadi. Nafas a’zolarining taraqqiyoti Tashqi burun va burun bo'shlig'i taraqqiyoti kalla suyaklari va hidlov a’zosi taraqqiyoti bilan bog'liq. Pastki nafas yo'li homila hayotining 3-haftasida oldingi ichak ventral devorining o'simtasi shaklida paydo bo'ladi. Bu kurtak bo'ylama egatga o'xshash Nafas a’zolarining taraqqiyoti Tashqi burun va burun bo'shlig'i taraqqiyoti kalla suyaklari va hidlov a’zosi taraqqiyoti bilan bog'liq. Pastki nafas yo'li homila hayotining 3-haftasida oldingi ichak ventral devorining o'simtasi shaklida paydo bo'ladi. Bu kurtak bo'ylama egatga o'xshash bo'lib, sekin-asta nay shaklini oladi. Keyinchalik bu naychadan hiqildoq va kekirdak hosil bo'ladi. Uning yopiq tugagan distal uchi ikkita pufakchaga ajrab o'pka kurtagini hosil qiladi. Bu pufakchalar kekirdak asosidan uzoqlashadi va bronxlar hosil bo'ladi. Taraqqiyotning boshlang'ich davrida birlamchi hiqildoq, kekirdak, bronx va o'pka pufakchalarining devori entoderma hujayralaridan tuzilgan bo'lib, keyinchalik ularga mezenxima elementlari qo'shiladi. Entodermadan nafas yo'li va o'pka alveolalarini qoplagan epiteliy va bezlar epiteliyasi hosil bo'ladi. Mezenximadan esa nafas yo'lini hosil qiluvchi boshqa to'qimalar paydo bo'ladi. Homila hayotining birinchi oyi oxirida hiqildoq kurtagi mezemrimaning juft kengaymasi shaklida paydo bo'ladi. Hiqildoq tog'aylari 2—3 jabra ravoqlaridan rivojlanadi. Eng awal uzuksimon tpg'ay, so'ng cho'michsimon, ponasimon, shoxsimon, boshqalardan kechroq qalqonsimon tog'ay paydo bo'ladi. Hiqildoq mushaklari 3—4 jabra ravoqlarining oldingi uchidan taraqqiy etadi. Traxeya taraqqiyotning dastlabki davrida epiteliy nayidan iborat bo'lib, uning atrofida mezenxima quyuqlashadi. Homila hayotining 8-9-haftasida traxeya tog'aylari va mushaklari hosil bo'ladi. Dastlab uning bo'shlig'i silindr shaklida bo'ladi.
O'pka murakkab alveolar bezlaiga o'xshab rivojlanadi. Ikkala o'pka kurtaklari bir xil bo'lmaydi. O'ng o'pka kurtagi chapiga nisbatan katta bo'ladi. Homila hayotining 5-haitasida har bir kurtakda bo'lajak o'pka bo'laklanga mos shaisimon bo'itmalar hosil bo'ladi. Ular o'ng o'pka kurtagida uchta, chap o'pkada ikkita bo'ladi. Bu bo'rtmalar, o'z navbatida, har bir o'pkada 10 tadan segmentar bronxlar bo'rtmalarini hosil qiladi. Shunday qilib 2—4 oylik homilada bronx daraxti paydo bo'ladi. 4 oydan 6 oygacha bo'lgan davrda bronxiolalar, 6 oydan 9 oygacha esa alveola yo'llaii va alveola qopchalari paydo bo'ladi. O'pka asosi homila hayotining 6-haftasida ko'krak bo'shlig'iga tushadi. Bu davrda birlamchi tana bo'shlig'i (celom) ikkita plevra va bitta perikard bo'shlig'iga bo'lingan va diafiagma vositasida qorin bo'shlig'idan ajragan bo'ladi. Splanxnoplevradan visseral plevra, somatoplevradan esa pariyetal plevra hosil bo'ladi. Burun Burun sohasi tashqi burun va burun bo'shlig'idan iborat. Tashqi burunda (nasus extern os) burun ildizi, orqasi, uchi va qanotlari tafovut qilinadi. Burun ildizi (radix nasi) yuzning yuqori qismida joylashib peshonadan o'yma bilan ajrab turadi. Tashqi burunning yon tomonlari o'zaro o'rta chiziqda birikib burun orqasini (dorsum nasi) hosil qiladi. Yon tomonlaming pastki qismi esa burun qanotlarini (alae nasi) hosil qilsa, burun orqasi past tomonda burun uchiga (apex nasi) o'tadi. Burun qanotlarining pastki chekkalari burunga kirish teshigini (nares) chegaralab turadi. Tashqi burun asosini burun suyagi, yuqori jag' suyagining burun o'simtasi va bir nechta gialin tog'aylar hosil qiladi. Burunning yon devorini hosil qiluvchi uchburchak shaklidagi lateral tog'ayi (cartOago nasi lateralis)bevosita burun suyagi ostida joylashib, burunning yon devorini hosil qilishda qatnashadi. Burun qanotini hosil qiluvchi juft burun qanotining katta tog'ayi (cartilage alaris nasi major) burun bo'shlig'iga kirish teshigini old va yon tomondan chegaralab turadi. 2—3 ta burun qanotining kichik tog'aylari (cartilagines alares minores) oldingi tog'ay bilan noksimon teshik o'rtasida yotadi. Goho bir nechta turli kattalikdagi burunning qo'shimcha tog'aylari (cartilagines nasales accessoriae) ham uchraydi. Burun to'sig'i tog'ayi (cartilago septi nasi) toq to'rtburchak shaklida bo'lib, burun to'sig'ining oldingi qismini hosil qiladi. Burun to'sig'i tog'ayi yuqori va orqa tomondan g'alvirsimon suyakning perpendikular plastinkasi bilan, past va orqa tomondan dimog' suyagi va oldingi burun o'simtasi bilan birikadi. Tashqi burun yangi tug'ilgan chaqaloqda qisqa, yassi va keng bo'lib, ildizi tor, orqasi va uchi yaxshi bilinmaydi. Burun qanotlari kichik, tog'aylari qoldiq holatida bo'ladi. Burun teshiklari oval shaklida bo'lib, gorizontal joylashgan. Burun teshigining oldingi qirrasi ko'pincha oldinga va yuqoriga qaragan bo'ladi, bu qirra burun ustining o'sishi bilan pastga tushib, burun uchini hosil qiladi. Bola 5 yoshga borganida burun teshigi yumaloq shaklni oladi. 10—14 yoshda peshona bilan chegarada egarsimon chuqurlik paydo bo'ladi. Burun bo'shlig'i (cavitas nasi) old tomondan burun teshigi vositasida yuzga, orqa tomondan xoanalar orqali halqumning burun qismiga ochiladi. Burun bo'shlig'ini burun to'sig'i (septum nasi) ikki bo'lakka ajratib turadi. Burun to'sig'ini oldingi qismi parda (pars membranacea) va tog'ay (pars cartilaginea), orqa qismi esa suyakdan (pars ossea) iborat. Parda va tog'ay qismlari burun to'sig'ining harakatchan qismini (pars mobilis septi nasi) hosil qiladi. Burun bo'shlig'ining har bir yarmida yuqoridan burun qanotining katta tog'ayi ustki chekkasi bilan chegaralangan burun dahlizi (vestibulum nasi) ajratiladi. U ich tomondan teri bilan qoplangan bo'lib yog', ter bezlari va tuklari bo'ladi. Burun bo'shlig'i burun chig'anoqlari (72-rasm) yordamida burun yo'llariga bo'linadi. Burunda yuqori, o'rta va pastki burun chig'anoqlari (concha nasales superior, media et inferior) tafovut qilinadi. Ulaming o'rtasida yuqori, o'rta va pastki burun yo'llari joylashadi. Yuqori burun yo'li (meatus nasi superior) burunning yuqori va o'rta chig'anoqlari o'rtasida, o'rta burun yo'li (meatus nasi media) o'rta va pastki burun chig'anoqlari o'rtasida, pastki burun yo'li (meatus nasi inferior) pastki buran chig'anog'i bilan burun bo'shlig'ining pastki devori o'rtasida joylashgan. Burun to'sig'i va chig'anoqlarining medial yuzalari o'rtasida ingichka vertikal yo'nalgan yoriq shaklidagi umumiy burun yo'li (meatus nasi communis) joylashgan. Bu yo'l burun-halqum yo'liga (meatus nasopharyngeus) davom etadi. Buran yo'llarmi qoplagan shilliq pardakiprikli epiteliy bilan qoplangan bo'lib, kiprikchalar havo tarkibidagi changni ushlab qoladi. Shilliq pardadagi shilliq bezlari ishlab chiqargan shilliq suyuqlik havo yo'llariga kirgan changni qamrab oladi. Burun bo'shlig'ining shilliq osti asosida ko'p qon tomirlar bo'lib o'rta va pastki burun chig'anoqlari sohasida g'ovaksimon vena chigallarini hosil qiladi. Ushilliq pardaga ma’lum bir harorat berib, o'tayotgan havoni ihtib beradi. Burun bo'shlig'ining shilliq pardasi burun yon bo'shliqlari, ko‘z yoshi qopi, halqumning burun qismi va yumshoq tanglay shilliq pardasiga birikib ketadi. U burun bo‘shlig‘i suyak usti va tog'ay usti pardasi bilan zich birikkan. Burun bo'shlig'i atrofidagi suyaklarda havo saqlovchi bo'shliqlar yoki burunning yon bo'shliqlari bo'lib, ular burun yo'llariga ochiladi. Yuqori burun yo'liga ponasimon suyak bo'shlig'i va g'alvirsimon suyakning orqa katakchalari, o'rta burun yo'liga yuqori jag' suyagi bo'shlig'i, peshona suyagi bo'shlig'i, g'alvirsimon suyakning o'rta va oldingi katakchalari, pastki burun yo'liga burun-ko'z yoshi kanali ochiladi. Burun bo'shlig'i shilliq pardasida ikki: hidlov (regio olfactoria) va nafas sohasi (regio respiratoria) tafovut qilinadi. Hidlov sohasiga yuqori burun, qisman o'rta burun chig'anoqlarini va burun to'sig'ining yuqori qismini qoplagan shilliq parda kirib, unda hid bilish hujayralari joylashgan. Burun bo'shlig'i shilliq pardasining qolgan qismi nafas qismini hosil qiladi. Burun bo'shlig'i yangi tug'ilgan chaqaloqda past (17,5 mm) va tor, chig'anoqlari gorizontal joylashgan bo'lib, chekkalari qalinlashgan bo'ladi. Yuqori burun yo'li bo'lmaydi, o'rta va pastki burun yo'li yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Burun chig'anoqlari burun to'sig'iga yetib bormagani uchun umumiy burun yo'li hosil bo'ladi va u orqali chaqaloq nafas oladi. Burun to'sig'i va xoanalar past bo'ladi. Burunning qo'shimcha bo'shliqlari yaxshi taraqqiy etmagan bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda burun chig'anog'i to'rtta: pastki, o'rta, yuqori va eng yuqori. Pastki burun chig'anog'i burun bo'shlig'i tubiga tegib turgani uchun pastki burun yo'li bo'lmaydi. Bu yo'l bola hayotining ikkinchi yilida asta-sekin kattalashadi va balog'at yoshida o'z shaklini oladi. Bola 6 oylik bo'lganida o'rta burun yo'li hosil bo'ladi. Yuqori burun yo'li yangi tug'ilgan chaqaloqda faqat 30% holatda uchraydi. Bu yo'l ikki yoshdan keyin sekin o'sib uncha katta bo'lmaydi. Bola hayotining 7 yoshigachachig'anoqlar, burun yo'llari va burun bo'shlig'i uzunasiga va balandligiga asta-sekin o'sadi. 10 yoshda burun bo'shlig'i 1,5 marta, 20 yoshda 2 marta kattalashadi. Bola 6 oylik bo'lganida burun bo'shlig'ining balandligi 22 mm gacha o'sadi. Burun shilliq pardasi yangi tug'ilgan chaqaloqda yupqa bo'lib, qon tomirlarga boy bo'lgani bilan havo bilan uchrashadigan joylarda g'ovak tana shaklidagi qon tomir chigallari bo'lmaydi. Shuning uchun shilliq parda yallig'langanda shishib nafas olish qiyinlashadi. Bola 9 yoshga to'lganida burun bo'shlig'i shilliq pardasi g'ovak to'qimalarga boy, nafas olish sohasi shilliq pardasini qoplagan epiteliy kattalamikiga nisbatan yupqa bo'ladi. Epiteliy osti limfoid to'qima bo'lmay u 7-oylarda paydo bo'ladi. Hid bilish sohasi shilliq qavati tez o'zgarib, unda 7-oylarda hid bilish piyozchalari yaxshi rivojlanadi. Burunning qo'shimcha bo'shliqlaridan yangi tug'ilgan chaqaloqda faqat biroz rivojlangan yuqori jag' suyagi bo'shlig'i bo'ladi. Bola tug'ilganidan keyin bu bo'shliq sezilarli o'sib, 8—9 yoshlarda suyak tanasini egallaydi. Uning teshigi 2 yoshda oval shaklida bo'lsa, 7 yoshda yumaloq bo'ladi. Peshona suyagi bo'shlig'i 2 yoshdan boshlab taraqqiy etib, taraqqiyoti 11—12 yoshlarda tugaydi. Ponasimon suyak bo'shlig'i taraqqiyoti 3—4 yoshlarda boshlanib, 12—15 yoshlarda tugaydi. G'alvirsimon suyak katakchalari yangi tug'ilgan chaqaloqda kurtak shaklida bo'lib, ulaming taraqqiyoti bola hayotining birinchi yilida tez kechib, 14 yoshlarda kattalamikiga o'xshash bo'ladi Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling