1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi
Download 1.58 Mb.
|
2 5321546225856551652
Diafragma
Diafragma ( diaphragma, m. prhrenicus) yassi, yupqa harakatchan mushakpay to'siq bo'lib, ko'krak va qorin bo'shliqlari o'rtasida yuqoriga ko'tarilgan gumbaz shakhda joylashgan. Diafragma asosiy nafas mushagi bo'lib, ko'krak qafasining pastki teshigini o'ragan suyaklardan boshlanadi. Uning boshlanish sohasiga qarab uch: bel, qovurg'a va to'sh qismlari tafovut qiladi. Mushak tolalari tashqaridan o'rtaga qarab radiar yo'nalib, pay markazni (centrum tendineum) hosil qiladi. Diafragmaning bel qismi (pars lumbalis) bel umurtqalarining oldingi yuzasidan o'ng va chap oyoqchalar (crus dextrum et crus sinistrum) bilan boshlanadi. Yuqori tomonda oyoqchalar o'zaro birikib, aorta teshigini (hiatus aorticus) hosil qiladi. U orqali aorta va ko'krak limfa yo'li o'tadi. Aorta teshigining cheti fibroz halqa bilan o'ralgan bo'lib, diafragma qisqarganida aortani siqilishdan saqlaydi. Bu teshikdan yuqoriroq va chapda diafragma oyoqchalarining mushak tolalari yana kengayib, qizilo'ngach va adashgan nerv o'tadigan qizilo'ngach teshigini (hiatus esophageus) hosil qiladi. O'ng va chap diafragma oyoqchalarining mushak tolalari o'rtasidan simpatik poya, katta va kichik ichki a’zolar nervi, o'ng tomondan toq va chap tomondan yarim toq venalar o'tadi. Diafragmaning qovurg'a qismi (pars costalis) pastki oltita qovurg'alaming ichki yuzasidan alohida mushak tolalari bo'lib boshlanadi. Har ikki tomonda diafiagmani bel va qovurg'a qismlari o'rtasida mushak tolalari bo'lmagan belqovurg'a uchburchagi (trigonum lumbocostale) bo'ladi. Bu sohani yuqori tomondan plevra, pastdan esa qorinparda va fassiyalar qoplagan bo'lib, unda diafragma churrasi hosil bo'lishi mumkin. Diafragmaning to'sh qismi (pars sternalis) to'sh suyagining orqa yuzasidan boshlanadi. To'sh va qovurg'a qismlari o'rtasida ham mushak tolalari bo'lmagan to'sh-qovurg'a uchburchagi (trigonum steraocostale) bor. Uni ham yuqori tomondan plevra, pastdan esa qorinparda va fassiyalar qoplagan bo'lib, unda diafragma churrasi hosil bo'lishi mumkin. Diafragmaning pay markazida pastki kovak vena o'tadigan teshik (foramen venae cavae) bor. Faoliyat jihatidan diafragma asosiy nafas mushagi hisoblanadi. U qisqarganida gumbazi yassilanib ko'krak qafasi kengayadi va nafas olinadi. Innervatsiyasi: n.phrenicus. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling