5- BILET.
Gavda muskullarning joylashishi va ahamiyati
1.Gavda va muskullarning joylashishi, ahamiyati.
2.Orqaning yuza va chuqur muskullari.
3.Ko’krak va qorin muskullari funkstiyalari va tanada joylashishi.
4.Gavda muskullarining fasstiyalari, birikishi va boylamlari.
5.Nafas olish muskullari. Diafragma.
M ushaklar taraqqiyoti
Tana mushaklari orqa tor va nerv nayi yonida joylashgan mezodermaning
dorsal qismidan rivojlanadi. Homila hayotining uchinchi haftasida bu mezoderma
birlamchi segmentlar yoki somitlaiga bo'linadi. 6-haftada homilada 39 juft: 4 ta
ensa, 8 ta bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 5 ta dum somitlari
tafovut qilinadi. Somitning sklerotom ajrab chiqib umurtqa pog'onasi paydo
bo'lganidan qolgan tashqi orqa qismi miotomni hosil qiladi. Miotom hujayralari
(mioblastlar) bo'yiga cho'zilib, ko'ndalang-targ'il mushak tolalariga aylanadi.
Miotomlar ventral tomonga o'sib, dorsal va ventral qismlarga bo'linadi. Uning
dorsal qismidan tananing orqa qismi mushaklari taraqqiy etsa, ventral qismidan
tananing oldingi va yon tomon mushaklari taraqqiy etadi. Tana mushaklarining
bir qismi o'zi taraqqiy etgan joyida qolib o'ziga xos, autoxton mushaklami
(autos—o'zi), (chton—joy) hosil qiladi. Bularga orqaning, ko'krakning chuqur
va qorin mushaklari kiradi. Boshqa bir guruh mushaklar tanadan qo'l va oyoqlaiga
o'tib tunkofugal (truncus—tana, fiigere—qochaman) mushaklami hosil qiladi.
Bularga trapetsiyasimon, to'sh-o'mrov-so'ig'ichsimon, katta va kichik rombsimon,
oldingi tishsimon, kurakni ko'taruvchi mushaklar kiradi. Uchunchi guruh
Do'stlaringiz bilan baham: |