mushaklar qo'l va oyoqdan boshlanib, tanaga birikuvehi trunkopetal (truncus—
tana, petere-intilaman) mushaklami hosil qiladi. Bularga katta va kichik ko'krak,
orqaning serbar va katta bel mushaklari kiradi.
Qo'l mushaklari V—VIII bo'yin va I ko'krak miotomlaridan, oyoq
mushaklari esa 1—V bel va I—III dumg'aza miotomlaridan hosil bo'lgan
mushaklar kurtagidan rivojlanadi. Boshlang'ich davrda qo' 1-oyoq mushaklari
oldingi va orqa tomonda joylashgan (yozuvchi va bukuvchi) bo'lib, keyinchalik
qo'l mushaklari proksimal tomonga yo'nalib (trunkopetal) tananing xususiy
mushaklarini ko'krak va orqa tomondan qoplaydi. Bundan tashqari, yelka
kamariga tananing ventral (trunkofugal) mushaklari kelib birikadi.
Bosh mushaklari qisman bosh somitlaridan, asosan, visseral ravoqlar
mezodermasidan taraqqiy etadi. Jag' ravog'idan pastki jag'ga birikuvehi chaynov
va og'iz tubi mushaklari, gioid ravoqdan esa bo'yinning teri osti va bosh
mushaklari rivojlanadi.Yangi tug'ilgan chaqaloqda barcha skelet mushaklari paydo bo'lgan
bo'lsa-da, ular nisbatan kam rivojlangan bo'ladi. Ular tana og'irligining
20—22% ini tashkil qiladi. 1—2 yoshli bolada mushaklar og'irligi 16,6%
gacha kamayadi. Bola 6 yoshga to'lganida harakati yuqori darajada faollashuvi
natijasida mushaklari tana og'irligining 21,7% ini, 8 yoshda esa 33% ini
tashkil qiladi. Erkaklarda mushak massasi 36% bo'lsa, ayollarda 33% bo'ladi.
Mushaklaming o'zgarishiga qarab bola tanasining tashqi ko'rinishi ham
o'zgaradi. Yangi tug'ilgan va yosh bolalarning qo' 1-oyoqlari silindr shaklida
bo'lsa, mushaklari o'sib, yog' to'qimasi kamayishi bilan, ular duksimon
Do'stlaringiz bilan baham: |