va miya so'g'oning ventral qismlaridan hosil bo'lgan. Uning oldingi qismlarida
peshona bo'lagining ostki yuzasida hidlov piyozchalari (bulbi otfactori)
joylashgan. Uning ventral yuzasiga burun bo'shlig'idan g'alvir suyakning
ilma-teshik plastinkasidagi teshiklardan o'tuvchi 15-20 hidlov nervlari (nn.
olfactorii) I juft bosh miya nervi keladi. Hidlov piyozchasidan orqaga qarab
hidlov yo'li (tractus olfactorius) yo'naladi. Uning orqa qismlari kengayib
hidlov uchburchagini (trigonum olfactorium) hosil qiladi. Hidlov
uchburchagjning orqa tomonida oldingi ilma-teshik modda (substantia perforata
anterior) joylashib, bu teshiklar orqali miya ichiga arteriyalar kiradi. Ilmateshik modda oralig'ida ko'ruv nervi kesishmasi (chiasma opticum) joylashgan.
U ko'ruv nervi (n. orticus) II juft bosh miya nervi tolalaridan hosil bo'ladi.
Ko'ruv nervi orqa tomonga ko'ruv trakti (tractus opticus) bo'lib davom
etadi. Ko'ruv nervi kesishmasining orqa tomonida kulrang tepacha (tuber
cinereum) yotadi. Uning pastki qismi torayib quyg'ichni (infundibulum)
hosil qiladi. Quyg'ichning uchidaichki sekretsiya bezi gipofiz (hypophysis)
turadi. Kulrang tepachaning orqa tomonida oq shaisimon shakldagi ikkita oq
so'rg'ichsimon tana (corpora mamillaria) bor.
So'rg'ichsimon tananing ikki yon tomonida bo'ylamasiga joylashgan ikkita
yo'g'on oq to'sinlar singari miya oyoqchalari joylashgan. Ular o'rtasida oyoqchalararo chuqurcha (fossa interpedincularis) bo'lib, uning tubini
orqa ilma-teshik modda (substantia perforata posterior) hosil qiladi. Bu
teshiklar orqali miya ichiga qon tomirlar kiradi. Miya oyoqchalarining ichki
Do'stlaringiz bilan baham: |