12- Bilet.
Bosh miya bo`limlarining tuzilishi
1.Bosh miya va uning rivojlanishi.
2.Bosh miya bo’limlari: uzunchoq miya, Voroliev ko’prigi va miyacha tuzilishi.
3.O’rta miya, oraliq miya, ularning morfologiyasi, ahamiyati.
4.Bosh miya nerv.
5.Bosh miya yarim sharlarining mirkoskopik tuzilishi.
6.Orqa miya tuzilishi
7.Orqa miya nervlari
8.Vegetativ asab tuzilishi
BOSH MIYA
Umumiy m a’lum otlar
Bosh miya (encephalon) uni 0‘ragan pardalari bilan birga kallaning
miya qismi ichida joylashgan. Uning ustki yon yuzasi kalla qopqog'i ichki
yuzasiga mos ravishda gumbaz hosil qiladi. Pastki yuzasi kallaning ichki
asosidagi chuqurchalaiga mos murakkab relefga ega. Bosh miyaning og'irligi
katta odamlarda 1100 dan 2000 g gacha, o'rtacha: erkaklarda 1394, ayollarida
1245 g. Bosh miya uch yirik qismdan: katta miya yarimsharlari, miyacha va
miya so'g'onidan iborat.
Katta miya (cerebrum) markaziy nerv tizimining odamda kuchli
taraqqiy etgan eng katta va faoliyat jihatidan ahamiyatga ega qismi. Katta miyaning
bo'ylama yorig'i (fissura longitudinalis cerebri)
uni o'ng va chap
yarimsharlarga ajratadi. Yarimsharlar o'zaro qadoq tana (corpus coUosum)
vositasida qo'shilgan. Yarimsharlar orqa tomonda ko'ndalang yorig' (fissura
transversa cerebri) vositasida miyachadan ajrab turadi. Miya yarimsharlarining tashqi yuzasi turli chuqurlikdagi egatlar (sulci cerebri)
joylashgan. Chuqur egatlar yarimshariami bo'laklarga Gobi cerebri) ajratsa,
mayda egatlar pushtalami (gyri cerebri) chegaralaydi.
Bosh miyaning pastki yuzasi yoki asosi (105-rasm) yarimsharlar, miyacha
Do'stlaringiz bilan baham: |