1. oila instituti transformatsiyasi nikoh munosabatlarining zamonaviy shakllari va turlari


Download 87.13 Kb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi87.13 Kb.
#1605404
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DILHUMOR OILA VA GENDER

Manogom oila-nikoh juftining mavjudligi. Poligam oila-bu erkak kishi bir nechta ayolga ega bo`lishi mumkin. Qarindoshlik aloqalari tartibiga qarab oila oddiy, nuklear yoki murakkab kengaytirilgan oilaviy turlari mavjud. Nuklear oilada er-xotin va ularning nikohsiz (nikoh yoshida emas) oilaviy juftini tushunamiz. Agar bolalardan birontasi nikoh qilingan bo`lsa, ular kengaytirilgan yoki murakkab, ikki yoki undan ko`p avlodlarni o`z ichiga olgan oila kelib chiqadi.
Oila ijtimoiy institutlar sifatida jamiyat paydo bo`lishi, shakllanishi davrida paydo bo`ladi. Oilaning shakllanishi va faoliyati jarayoni qadriyat me‘yori o`lchagichi bilan bog‘liq. Masalan: bir odamning yoqtirish, uni turmush o`rtog‘i sifatida tanlash. Er-xotin, qarindoshurug‘, ota-ona va bolalar o`rtasidagi seksual me‘yor, intizom axloq tartiblaridan foydalanish va ularni bajarmaslik sanksiyalari. Bu qadriyatlar me‘yorlar va sanksiyalar mazkur jamiyatda o`zgaruvchan erxotin o`rtasidagi munosabatlar ko`z oldiga keladi. Bu munosabatlar ularning jinsiy hayotini tartibga soladi va oilaviy ota-onalik, qarindoshurug‘chilik majburiyatini va huquqlarini o`rgatadi.
Taraqqiyotning dastlabki bosqichida erkak va ayol o`rtasidagi munosabat, katta va kichik o`rtasidagi, avlod va ajdod an‘analari asosida sinkret me‘yor va intizom namunalariga asoslangan bo`lib, diniy va axloqiy nuqtayi nazaridan qaralgan. Davlat paydo bo`lishi bilan oilaviy hayotni boshqarish huquqiy tus oldi. Nikohni huquqiy shakllantirish nafaqat oila, balki davlatning o`ziga ham ma‘lum bir mas‘uliyatni yukladi. Ijtimoiy nazorat va sanksiyalarni jamiyat fikrigina emas, balki davlat organlari ham amalga oshiradilar. Oilaning birinchi vazifasi A.G.Xarchyovning fikricha aholini tabiiy to`ldirish bolaga bo`lgan talabni qoniqtirish, bu shaxsiy reja shu bilan bir qatorda oila bir qator quyidagi vazifalarni bajaradi:
-tarbiyaviy vazifa- yosh avlodni ijtimoiylashtirish, jamiyatning madaniyatini rivojlantirish;
-xo`jalik maishiy vazifa- jamiyat a‘zolarining jismoniy sog‘ligini saqlash, bolalar va qariyalarga mehribonlik;
-iqtisodiy vazifa- bir oila a‘zolariga ikkinchi oila a‘zolari uchun moddiy mablag‘ olish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a‘zolarini iqtisodiy qo`llash;
-birlamchi ijtimoiy nazorat muhiti- hayot faoliyatini turli muhitda oila a‘zolarining xulq-atvorini axloqiy tartibga solish, shuningdek, erxotin, ota-ona va bola, o`rta va katta avlod o`rtasida mas‘uliyat va majburiyatlarning tartibga solish;
-ma‘naviy muloqot- oila a‘zolari shaxsiyatlarining rivojlanishi, o`zaro ma‘naviy kamol topishi;
-ijtimoiy mavqye- oila a‘zolarini ma‘lum bir ijtimoiy mavqyeni taqdim qilish, ijtimoiy tarkibni qayta ishlash;
-hordiq chiqarish-samarali dam olishni tashkillashtirish, dunyoqarashlar, ehtiyojlarni o`zaro rivojlanishi;
-hissiyot-ruhiy himoya, his-tuyg‘uni qo`llab-quvvatlash, shaxslarni emotsional barqarorligi va ruhiy terapiya.
Oilani ijtimoiy institut sifatida tushunish uchun oiladagi vazifalarni tahlili katta ahamiyatga ega. Oilaviy vazifa (rol) jamiyatdagi insonning ijtimoiy rollarini ko`rinishlaridan biri. Oilaviy rol shaxsning faoliyati va o`z o`rni bilan belgilanadi. Eng avvalo, er-xotinlik roli (er-xotinning vazifasi) ota-onalik vazifasi, bolalar (o`il, qiz, aka, singil) vazifasi va hokazo. Oilaviy rolning ijrosi qator shartlarini, eng avvalo rol timsolining bajarilishidan iborat. Shaxs o`ziga berilgan rolni, ya‘ni oilada er yoki xotin bo`lish, oilaning kattasi yoki kichigi bo`lish vazifasini yaqqol ko`z oldiga keltirmoi zarur. U yoki bu vazifa unga qanday me‘yor qoidalarini yuklashini bilishi kerak. O`z intizomi obrazini shakllantirish uchun shaxs oilaviy rol tarkibida o`zining va boshqalarning o`rnini aniq belgilashi shart. Masalan: u oila boshlig‘i rolini bajara oladimi, qisman yoki butunlay oilaning moddiy tutqichi bo`la oladimi? Oilani muvaffaqiyatini shakllantirish uchun oilaviy rol talab qiluvchi vaziyatlarda o`zini tuta bilishi ham e‘tiborga ega. Masalan: u yoki bu boy odam oilaning boshqa a‘zolarini moddiy ta‘minlab kelgan. Ammo, keyinchalik u odam moddiy qiyinchilikka uchrab qoldi deylik, moliyaviy ahvol o`zgardi va vaziyatning o`zgarishi shu zahoti uning rolini o`zgartirishni taqazo etadi. Oiladagi rol munosabatlari rol kelishuvchiligi yoki rol ziddiyati bilan ham ifodalanishi mumkin.
Sotsiologlarning fikricha, rol ziddiyati ko`pincha quyidagilardan kelib chiqadi.
1. Rol obrazining ziddiyati. Bunda rollar noto`g‘ri shakllantirilgan, noto`g‘ri bo`lingan bo`lishi mumkin.
2. Rollar orasida ziddiyat, undagi qarama-qarshilik to`ri rollardan kelib chiqqan, rol yakunlaridan kelib chiqadi. Bunday ziddiyatlar ko`p avlodli oilalarda ko`proq uchraydi. Ikkinchi avlod vakillari bir vaqtning o`zida ham bola, ham ota-ona rolini bajarishlari kerak.
3. Rol ichidagi ziddiyat, bunda qarama-qarshitalablar qo`yiladi. Zamonaviy oilada, bu muammoning sababi ko`pincha ayol kishidir. Oilada ayol kishi beka bo`lishi. Bolalarni tarbiyalash, oila a‘zolariga qarshi roli ajratilgan.
Sotsial institutlar sotsial muhit bilan o`zaro ta‘sirda bo`ladi. Bu o`zaro ta‘sir normal tarzda, shuningdek, normaning buzilishi sharoitida ham bo`lishi mumkin. Amal qilish doirasi va vazifalariga qarab sotsial institularning quyidagi ko`rinishlarini ajratib ko`rsatish mumkin:
1.Relesion institutlari-bu institutlar jins va yoshdan tortib to kasb mashg‘ulot turi va qobiliyati mezonlariga asoslanib jamiyatning roliga oid tarkibini aniqlab beradi.
2.Reguliativ (idora etish) sotsial institutlar. Bu institutlar shaxsiy maqsadlarining jamiyatda amal qilib turgan normalariga daxlsiz holda amalga oshirish chegaralarini va bu chegaralardan chiqib kelganda qo`llaniladigan sanksiyalar belgilab turadi.
3.Integrativ (uyg‘unlashuvchi) sotsial institutlar. Bu institutlar bir butun tuzimga jamiyat manfaatlarini qondirishga mas‘ul bo`lgan sotsial rolni ifodalaydi...
4.An‘anaviy sotsial institut. Bu institutlar odat, marosimlar (norma bilan bog‘liqdir) va qarindosh-urug‘chilik tomonidan qat‘iy belgilangan norma bilan bog‘liqdir.
5.Madaniy sotsial institutlar. Din, san‘at, adabiyot bilan bog‘liq. Hozirgi zamon sivilizasiya tomon qadam tashlayotgan mustaqil mamlakatimizda yangi makonga monand bo`lgan sotsial institutlar shakllanishi jarayoni ro`y bermoqda. Bular iqtisodiy sohada demokratik hokimiyatning turli bo`g‘inlari faoliyatini ta‘mirlovchi sotsial institutlardir.
Demokratik tamoyillar, qadiriyatlar va institutlar hayotimizning barcha sohalariga tobora ko`proq kirib bormoqda. O`zbekistonning va mintaqaning mavjud sharoitlaridan o`z mazmuniga ega bo`lmoqda. Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy sohasida demokratik institutlarni shakllantirish siyosiy tizimidan isloh qilishiga va ijtimoiy hayotni demokratiyalash jarayonlariga jo`shqinlik baxsh etishga qaratilgandir. Ya‘ni, muhimi-bu ish islohotlarning olg‘a bosishga yo`naltirilganligidir. Birinchi navbatda, jamiyatda mavjud manfaatlari va munosabatlarining mujassam holda ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy institut bo`lmog‘i lozim bo`lgan demokratik, huquqiy davlatning qaror topishi jarayonining ko`rsatib o`tish darkor.
Zamonaviy oilalarda erkak bilan birgalikda oilani moddiy mabla bilan ta‘minlash roli ham ajratilgan. Agar ayol ijtimoiy tomonidan erga nisbatan yuqori mavqyega ega bo`lsa va o`z mavqyeini oilaviy munosabatlarda ham qo`llasa, ziddiyat yana ham jiddiylashadi. Bu vaziyatda er-xotinning sabablari ichida alohida o`rin tutadi. Masalan: qiz bola turmushga chiqqach oiladagi bekalik yoki onalik rolini bajarishni xohlamaydi, avvalgiday turmush tarzini davom ettirishga harakat qiladi. Zamonaviy jamiyatda oilaning zaiflanish jarayoni uning ijtimoiy instituti sifatida ijtimoiy faoliyatning o`zgarishi rolsiz munosabatlarini kuzatmoqda. Shaxslarning ijtimoiylashishida oila o`zining yetakchilik vazifasini yo`qotmoqda. An‘anaviy ayolga berilgan bekalik, onalik roli erkakka berilgan mulkka yagona xo`jayinlik roli, oilaning iqtisodiy mustaqilligini saqlash roli bir-biri bilan almashib borayotganligini ko`pchilik xristian va budda madaniyatiga ega oilalarda ko`rish mumkin. Mamlakatlarda oilada ayollar iqtisodiy ta‘minlanishni barcha erkak zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o`zlarining zimmalariga yuklashlari oilaviy qarorlarni, masalalarni hal qilishlari kuzatilmoqda. Bu hol oila faoliyatini o`zgartirib yuboradi va jamiyat qator potiziv va negitav oqibatlarni olib keladi. Bir tomonda ayol o`zligini oiladada teng huquqqa ega ekanligini hal qildi. Ikkinchi tomondan, ziddiyatli vaziyatni kuchaytirdi. Tug‘ilish jarayonining kamayishi va o`limning ko`payishiga olib kelgan demografik intizomiga ta‘sir qildi. Nikoh mustahkamligi, er-xotin o`rtasidagi munosabatlar uyg‘unligiga erishish muammolari sotsiologiya fani tadqiqot ob‘yektlaridan biridir. Ushbu muammoni ilmiy o`rganishda turlicha yondashuvlarning tahlili oila, jumladan, yosh oilalar hayotiy faoliyatining turfa jabhalarini tadqiq etishda tadqiqotchilar fikrlari xilma-xilligidan dalolat beradi. Ijtimoiy faylasuflar, sotsiologlar, demograf, tarixchi, etnograf va boshqa jamiyatshunos olimlar oilada sodir bo`luvchi jarayonlarni tushunish va tavsiflashda jiddiy harakatlarni amalga oshirgan. Sotsiologik fikrning klassik vakillari M.Veber, E.Dyurkgeym, O.Kont, M.Mid, T.Parsons, P.Sorokin va boshqalar oila-jamiyat munosabatlaridagi o`zaro ta‘sir va o`zaro manfaatli bog‘liqlik muammolarini chuqur tahlil etganlar, oila shakllarini turkumlaganlar. Shu bois, hozirda oila va oilaviy munosabatlarning ilmiy tafsilotlari qator yo`nalishlarni qamrab oladi. Xususan, o`tgan davrlar mutafakkirlari va faylasuflari ishlari birinchi yo`nalishga mansub bo`lib, ular oilani sotsio-madaniy hodisa va jamiyatni ijtimoiylashuviga xizmat qiluvchi asosiy omil sifatida ko`rsatganlar. Ushbu yo`nalish Platon, Aristotel, F.Bekon, T.Gobbs, I.Kant va boshqalarning ijtimoiy fikrlarida o`z aksini topgan. Bu yondashuv zamonaviy sotsiologik tadqiqotlarda ham o`z aksini topgan (L.I.Savinov, A.G.Vishnevskiy, A.G.Xarchev va boshqalar). Ikkinchi yo`nalishga oilani sotsial institut sifatidagi mohiyatini ta‘riflovchi g‘oyalarni kiritish mumkin. Ushbu konsepsiyalar M.Veber, E.Dyurkgeym, J.Medok, U.Ogbornlarning tadqiqotlarida ishlab chiqilgan. Mazkur ishlarda oilaning sotsio-madaniy funksiyalari, uning shaklan o`zgarib borishi, o`zgacha sotsial ahamiyat kasb etishining tarixiy ildizlari tahlillangan. Oila funksiyalari doirasining torayib borishi sabablari izohlangan. XIX asrning o`rtalariga qadar oila jamiyatning mikromodeli sifatida o`rganilgan. Bu davrda ijtimoiy munosabatlar bevosita oilaviy munosabatlarga qiyoslangan. Faylasuflar va tarixchilar jamiyatni kengaytirilgan oila qabilida sharhlagan. XIX asr oxirlariga kelib oila kichik guruh sifatida uchinchi yo`nalishga mansub tadiqotchi-olimlar amaliy va empirik tadqiqotlari obyekti sanalgan. Ushbu an‘ananing asoschisi R.Xill, Ch.Kuli, F.Le-Ple va boshqa olimlar bo`lib, ular oilaning qarindosh-urug‘chilik munosabatlari doirasidan «er-xotinlik» oilasi darajasigacha torayib borishi qonuniyatlarini o`rganganlar. Oila «sotsial guruhlar»ga mansublik nuqtai nazaridan «alohida xususiyatli birlamchi guruh» sifatida ta‘riflanib «nuklear oila» g‘oyasining shakllanishiga asos bo`ldi. Ushbu nazariy yondashuvni davom etgan U. Djeyms, F.Znaneskiy, U.Tomas, Z.Freydlar oilani birlamchi kichik sotsial guruh sifatida ta‘riflaganlar. Ular tomonidan shaxs va oila o`rtasidagi o`zaro aloqa birlamchi, shaxslararo munosabatlar darajasida ko`rib chiqilgan. P.Sorokin mohiyatan oilaning institusional xususiyatlarining klassik tahlilini amalga oshirgan. U tomonidan taklif etilgan metodologiyaga ko`ra oila unikal sotsial guruh, jamiyat tuzilmasining birlamchi nuqtasidir. Ushbu yondashuvga muvofiq oilaning maxsus institusional funksiyalari bo`lib, jamiyatning boshqa institutlari muqobil funksiyalari uning o`rnini to`ldirmaydi. Tuzilmali-funksional tahlilning nisbatan keyingi paradigmalari doirasida oilaning tuzilma sifatidagi funksional va mavqyeli-rolli xususiyatlari tadqiq etilgan. Oilaviy ijtimoiylashuv jarayoni bosqichlari, uning sotsial nazorat funksiyalari va shu kabi o`ziga xos jihatlari borasida fundamental nazariy yondashuvlar ishlab chiqilgan. Oilaning o`ziga xosligi xususida E.Giddensning10 ilmiy hissasini alohida ko`rsatish joiz. Uning tadqiqotlarida oila instituti turli shakllarining tarixiy dinamikasi, avlodlararo qadriyatli, sotsio-madaniy vorislikni ta‘minlanishidagi roli, nikoh istiqbollari va rivojlanish tendensiyalari, oilaviy-nikoh munosabatlarining an‘anaviy va muqobil shakllarining nisbatining nazariy-metodologik asoslari yaratilgan.



Download 87.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling