1. oila instituti transformatsiyasi nikoh munosabatlarining zamonaviy shakllari va turlari


Download 87.13 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi87.13 Kb.
#1605404
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DILHUMOR OILA VA GENDER


MAVZU:OILA VA OILAVIY O`ZGARISHLARNI SOTSIOLOGIK TADQIQ QILISH
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
1.OILA INSTITUTI TRANSFORMATSIYASI
2.NIKOH MUNOSABATLARINING ZAMONAVIY SHAKLLARI VA TURLARI
3.OILAVIY MUNOSABATLARDA ANDROGONISTIK YONDASHUV
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi Inson bolasi dunyoga kelar ekan, u mustaqil harakatlanish, yurish, o‘qish, yozishdan boshlab tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz kelganda nimalar qilish kerakligiga o‘rgatiladi yoki bunga maxsus o‘qitiladi. M a’lumki, hayotimizning yarmidan ko‘pini qamrab oladigan, chinakam, to‘laqonli insoniy baxtni in’om etadigan yoki aksincha, har tomonlama ta’minlanganligimizga qaramasdan, bizning baxtimizni yarimta qiladigan ham oilaviy hayotdir. Sobiq Ittifoq davrining so‘nggi bosqichlarida yoshlarni oilaviy hayotga maxsus tayyorlashga dastlabki urinish ham muvaffaqiyatsiz tugadi. Chunki u vaqtlarda masalaga ilmiy yondashilmagan, jumladan, har bir xalqning o ‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlari hisobga olinmagan, nomi psixologiya bo‘lsa-da, mazmunan pedagogikaga yaqin turgan qoilanm alar bilan o‘qitilgan edi. 0 ‘zbekiston mustaqilligi tufayli Respublikada oila muammolari davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan masalalar qatoridan rasmiy ravishda o‘rin oldi.
Oila va nikoh munosabatlarini yanada mustahkamlash sohasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi ―Jamiyatda ijtimoiy-ma‘naviy muhitni sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo`llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi PF-5938-son Farmoni hamda 2020 yil 18 fevraldagi ―O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida‖gi qarorining qabul qilinganligi ham mazkur sohadagi islohotlarni yangi bosqichga ko`taruvchi muhim qadam bo`ldi.

Download 87.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling