1. oila instituti transformatsiyasi nikoh munosabatlarining zamonaviy shakllari va turlari
Download 87.13 Kb.
|
DILHUMOR OILA VA GENDER
1998-yilni «Oila» yili deb e’lon qilinishi, «Oila» ilmiyamaliy Markazining tashkil etilishi, Respublikada oila manfaatiga qaratilgan maxsus Davlat dasturining qabul qilinishi, uning mantiqiy davomi sifatida 1999-yilni «Ayollar yili» deb e’lon qilinishi, viloyatlarda oilaga xizmat qiluvchi turli maslahatxonalaming tashkil etilishi, oila muammolarini ilmiy tadqiq etish maqsadida 0 ‘zbekiston tarixida birinchi bor oila psixologiyasi muammolari bo'yicha tadqiqotlar olib boradigan ilmiy kadrlami tayyorlash maqsadida aspirantura tashkil etilishi, ularga aspirantlaming qabul qilinishi yuqoridagi fikrimizning dalilidir.
Oilalarning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi, hal qiluvchi omil hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz uchun, insoniyat taraqqiyoti uchun, mustaqilligimiz is tiqbollari uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ichki va tashqi omillarning tahdidi ortib borayotgan ayni vaqtda oilalar mustahkamligini ta’minlash va bu masalani to‘g‘ri hal etilishining asosiy yo‘li boim ish yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi hech kechiktirib boim aydigan, sustkashlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan, o‘ta jiddiy yondashishlarni talab etuvchi davlat, hukumat miqyosidagi dolzarb masaladir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 2 fevraldagi ―Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish choratadbirlari to`g`risida‖gi PF-5325-sonli Farmoni ham oila mustahkamligini ta‘minlash, xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi rolini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Hozirgi vaqtda nikoh tuzish shartlari haqida to`xtalib o`tadigan bo`lsak, O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 14 va 15- moddalariga muvofiq, nikoh ixtiyoriy ravishda nikoh yoshiga (erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham 18 yosh) etgandan so`ng tuziladi.Buning muvaffaqiyatli amalga oshishiga jamiyatimizning har bir fuqarosi, Siz o ‘quvchilar, ota-onalar hamma birdek mas’uldir. Bu masala hech qachon kun tartibidan tushmaydigan, o‘z dolzarbligini hech qachon yo‘qotmaydigan o‘ta nozik, nihoyatda jiddiy masaladir. Chunki insoniyat va jamiyatimiz taraqqiyoti shu masalani biz bugun qanday hal qilishimizga bogiiq. Oila insonlarning eng qadimiy birliklaridan biridir. Oila sinflar, xalqlar va davlatlardan ancha oldin paydo bo`lgan. Oilaning ijtimoiy muhimligi va unga bo`lgan qiziqishning so`nmasligi, avvalo, oilaning hayotni – inson zotini ishlab chiqarish, farzandlarni tarbiyalash, inson ehtiyojlarini eng qulay shaklda qondirilishiga asoslanadi. Oila nikoh, qarindoshlik, ma‘naviy, iqtisodiy, huquqiy munosabatlar asosida insonlarni biriktiruvchi jamiyatning kichik bir bo`lagidir. Oila va jamiyat bir-biriga chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Insonning dunyoga kelishi yangi avlodning paydo bo`lishi – avlodlar almashinuvi asosan oilada sodir bo`ladi. Farzand tug‘ilib, kamolga yetib, shaxs sifatida shakllanishiga qadar lozim bo`lgan barcha ta‘lim-tarbiya oila muhitida beriladi. Insonning ota-ona, qarindosh urug‘iga, qariyalarga, umuman atrof muhitga bo`lgan munosabatlari dastlab oilada shakllanadi. Shu bilan birga oila urf-odatlarni, qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazuvchi sotsial institut hisoblanadi. Oila asosini erkak-ayol munosabati emas, balki er bilan xotin, ota-ona bilan bolalar munosabatlari ifodalaydi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar oila taraqqiyotiga bevosita ta‘sir ko`rsatadi. Oiladagi ta‘lim tarbiya xususiyatlari esa jamiyatda o`z aksini topadi. Shuning uchun oila va jamiyat o`zaro bog‘liq holda rivojlanadi. Oila jamiyat mahsuli sifatida o`zini tashkil topishi, mavjudligi va rivojlanishi bilan jamiyat oldida qarzdordir. Oila va gender sotsiologiyasi endi rivojlanib kelayotgan fan bo`lib hozirda rus va chet el olimlarining ushbu soha bo`yicha nikoh va oila munosabatlari haqidagi asarlarida keng ko`lamda foydalanilmoqda. Oila va gender sotsiologiyasining shakllanishi va rivojlanishi turli davlatlarda uzoq vaqt va ko`p qirrali bo`lgan. Download 87.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling